O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Download 1,55 Mb.
bet33/101
Sana14.02.2023
Hajmi1,55 Mb.
#910927
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   101
Bog'liq
Inson resurslari

Telekommunikasiya — uy sharoitida ofisga ulangan telefon, kompyuter modemi va faks orqali ish yuritish.
Aholi zich joylashgan shaharlarda ertalabki "tig‘iz" paytda ishga yetib borish — og‘ir va chidab bо‘lmaydigan sinovdir. Bu vaqtni uyda, markaziy ofisga kompyuter orqali ulangan holda, unumliroq о‘tkazish mumkin. Telekommunikasiyaning kо‘pgina afzalliklari bor: xodimning ish unumdorligi 15-20% ga oshadi, ofisni saqlash uchun ketadigan mablag‘lar birmuncha qisqaradi, firmadan ketib qolishi mumkin bо‘lgan xodim saqlanadi, nogironlar mehnatidan foydalanish yengillashtiriladi. Uyda ishlash odamlarga yoqadi, negaki ular ish tartibini о‘zlari tuzadilar, transportga ketadigan xarajatlarni qisqartirib, kо‘proq oila davrasida bо‘lish imkoniyatiga ega bо‘ladilar. Albatta har qanday ishni ham uyda о‘tirib bajarib bо‘lmaydi, bundan tashqari, xodim ishlagan vaqtni ham nazorat qilib bо‘lmaydi. Buning ustiga, uy ofisini jihozlash ham juda qimmatga tushadi, ayniqsa - faks apparatlari qо‘llanib, telekengashlar о‘tkazish uchun maxsus jihozlansa va hokazo.
"Sheersow Leman Brothers" kompaniyasi ijrochi direktorining о‘rinbosari, Elen Garsarelli, uch yil davomida о‘zining Grinvich Villidjdagi xonadonini tark etmay, Nyu-Yorkning dallollik firmasida ishlagan. Ishining afzalligi shunda bо‘ldiki, u о‘zining eng muhim ishlarini qilishga ulgurar, uni hech kim chalg‘itmas edi. Lekin, oqibatda, u shovqin-suronni sog‘inib, ofisga qaytib keldi. Uyda ishlaydigan boshqa xizmatchilar, ish kuni uzayganligidan, uyda ularni bolalar chalg‘itib, halaqit berishlaridan norozi bо‘ladilar. Lekin, umuman olganda, kо‘pchilik xodimlarning fikricha, telekommunikasion tizim kamchilikdan kо‘ra kо‘p afzalliklarga ega.
Ish vaqtining qisqarishi va vazifadagi о‘rindoshlik.
Ish vaqtining qisqartirilishi — kerakli miqdorda ish haqi tо‘lanishining pasayib, ish haftasining kichrayishi, ya’ni ishdan bо‘shatish hollarini kamaytirish usullaridan biri.
Vazifa miqdorining bо‘linishi (о‘rindoshlik) — bir ish joyidagi tо‘liq ish vaqtining, qulaylik uchun, ikki xizmatchiga bо‘lib berilishi.
Bajarilishi kerak bо‘lgan ish hajmi bilan, ma’lum bir xodim bajarishi mumkin va qulay bо‘lgan ish hajmi о‘rtasidagi tafovutlarni, hamda tashkilotdagi ma’naviy muhitni yaxshilash uchun, boshqa ikkita "qurol"dan foydalansa bо‘ladi. Iqtisodiy tanazzul vaqtida kо‘pincha qо‘llanadigan usul — ish vaqtini qisqartirish, har bir xodimning ish haftasidan "kesib olish" va shunga asosan, ish haqini bir oz kamaytirish — kompaniyaga mehnat zaxiralaridan foydalanishdagi ehtiyojlarining kamayib ketmasligi uchun xizmat qiladi. Vazifadagi о‘rindoshlik, ikki xodimga bir ish vaqtini, bir ish joyidagi ish haqi va mukofotni о‘zaro teng bо‘lish imkoniyatini beradi.
Norvokvdagi (Konnektikut shtati) "Hiller Real Estate Associates" kompaniyasi - tijorat, ishbilarmonlik operasiyalari va xususiy mulkni boshqarish ishlari bilan shug‘ullanadi. Uyda ishlayotgan Pol Xills, о‘z ofisi va mijozlari bilan haftada 4 marta kompyuter, faks va telefon orqali bog‘lanib turadi.
Ishchilarni ishdan bо‘shatish о‘rniga, kompaniya ish vaqtini qisqartirish usulidan foydalansa, natijada hamma yutgan bо‘ladi, xodimlar ishsiz qolib ketishlaridan chо‘chimay kо‘proq pul sarf qilishga tayyor bо‘ladilar. Kо‘p odamlar ishdan-ishga sakrash о‘rniga о‘z ish joylarida tinch ishlab yursalar, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotning sifat darajasi ancha vaqtgacha yuqori bо‘ladi. Haftalik ish vaqtini qisqartirgan va ishi yurisha boshlagan firmalar, iste’molchilarning tobora о‘sayotgan talablariga tayyor turadilar, negaki ular ish miqdori kengaygani uchun yangi xodimlar taklif etib, ularni ish о‘rgatishga majbur bо‘lmaydilar. Bundan tashqari, iqtisodiy yuksalish rо‘y bergan davrda ishchilar ularning og‘ir kunida yordam bergan firmaning, "ish kunini uzaytirish" taklifini minnatdorchilik bilan qabul qiladilar. Bundan avvalgi uslubdan farqli о‘laroq, vazifadagi о‘rindoshlik uslubi, iqtisodiy sharoitga bog‘lanmagan holda, ya’ni ishlayotgan ota-onalar, о‘qiyotgan xodimlar va h.k. uchun kerak bо‘lganda qо‘llanishi mumkin. Bu usul, asosan, ma’lum bir davr mobaynida kompaniyada ishlab kelib, ish vaqtining kamaytirilishiga muhtoj bо‘lgan xodimlarga nisbatan qо‘llanadi, negaki, yaxshi xizmatchini yо‘qotib, yangisini olib о‘qitish bilan bog‘liq bо‘lgan qiyinchilikdan kо‘ra, о‘sha ish vaqtini ikkita ishchi о‘rtasida taqsimlab bergan afzalroqdir.
Ofis mebellarini ishlab chiqarish bilan hammaga mashhur bо‘lgan, eng yirik kompaniyalardan biri - "Stillcase" kompaniyasida, bunday usul 1982 yildan beri qо‘llanib kelinadi. Mazkur kompaniya xizmatchilari, о‘z vazifalarini о‘rindoshlik bilan bо‘lib ishlash huquqiga, bir yil davomida tо‘liq ish kunida ishlab berganlaridan keyingina ega bо‘ladilar, bunda ularning vazifasi nazorat va moliyaviy ma’suliyatga bog‘liq bо‘lmasligi lozim. Bunday xodimlar, birgalikda haftasiga 40 soat ishlab berishlari kerak, bunda ularning har biri oylik ish haqining 50% ni oladi. Masalan, о‘rindoshlik vazifasidagi ikkita ayol, haftasiga ikki yarim kun ishlab, har chorshanba kuni tushlik vaqtida uchrashib, о‘z ma’lumotlari bilan о‘rtoqlashadilar.
Hozirgi kunda, vazifadagi о‘rindoshlik uslubi xususiy biznesdan kо‘ra, davlat muassasalari va oliy о‘quv yurtlarida keng tarqalgan. 1984 yilda, federal davlat xizmatchilarining nizomida ushbu "qurol"ga ilk bor alohida paragraf ajratilgan edi. Boshqa sohalarda bu usulning tarqalishi kuzatilmaydi.
Tashkillashtirishga yо‘naltirilgan usullar.

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish