O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Download 1,55 Mb.
bet32/101
Sana14.02.2023
Hajmi1,55 Mb.
#910927
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   101
Bog'liq
Inson resurslari

Faoliyat qо‘lamining kengaytirilishi — tashkilotda vazifa taksimlashda, butun ish faoliyatlari uchun xizmatchilarning zimmasiga yuklanadigan ma’suliyat.
XX asrning boshlarida kam malakali ishchilarning ma’lum yо‘nalishda ixtisoslashtirilishi ancha samarali bо‘lgan bо‘lsada, hozirgi kunda uning hech qanday ahamiyati qolmadi. Birinchidan, ishning texnik tarafini rahbariyatdan kо‘ra yaxshiroq biladigan, yanada ma’lumotli bо‘lgan odamlar qoniqtirmay qolgan. Ikkinchidan, ilgari inson tomonidan bajariladigan ba’zi ixtisoslashtirilgan vazifalar, hozir mashinalar yordamida bajarilmoqda. Ana shunday о‘zgarishlar oldida kо‘pgina kompaniyalar ishni tashkillashtirishning yangi usullarini joriy etish orqali mehnat unumdorligini oshirmoqdalar. Bunday qayta tashkillashtirishning bir turi — bu ishchilarning faoliyat kо‘lamini kengaytirish, ya’ni bunda, ishning maxsus ixtisoslashtirilishi kam bо‘lib, xizmatchilarga, ular о‘z ish joylarining umumiy tarkibda ahamiyatli ekanligini his etadigan, ma’suliyatli va muhim vazifalar topshiriladi.
Masalan, Livoniyadagi (Michigan shtati) "kadillaklar" ishlab chiqaradigan korxona rahbarlari, zerikarli ishni qiziqarliga aylantirish uchun "jamoa kuchi"dan foydalandilar. Ishchilarga yangi kasblarni egallab, yanada kо‘proq daromad topish va shu asosda, о‘z mutaxassisliklarini kengaytirish uchun qiziqtirish imkoniyatlari berildi. Har haftada bо‘lib о‘tadigan majlislarda esa bu "komandalar" korxona ishi borasida egallagan bilimlarini, ilgari faqat rahbariyat tomonidan hal etiladigan sohalardagi muammolarni yechishda ham qо‘llash imkoniyatiga ega bо‘ldilar.
Sperrouz Poynt (Merilend shtati) shahridagi "Batlehem Still" zavodida faoliyat kо‘lami kengaytirilishining о‘zgacha usulini qо‘llashdi. Haftada bir marta butun korxona ishchilariga metall ishlab chiqarishga ta’sir etadigan iqtisodiy kuchlarni tо‘la anglashga yordam beruvchi ma’lumotlar tarqatiladi. Bundan tashqari, yо‘nalishdagi operatorlarga, vaqti-vaqti bilan "Batlehem Still" mahsulotining xaridorlaridan xabar olib turish vazifasi beriladi.
Ishchilardan biri: "Endi biz nima ishlab chiqarayotganimizni bilamiz, ilgari esa biz faqat pо‘lat quyishni bilar edik xolos", - deb gapirdi.
Ishi tarkibiy qayta qurilishga duchor bо‘lib, butunlay yangi vazifalari paydo bо‘lgan odamlar о‘zlarini qanday his etadilar? "Gulf Oil" kompaniyasida 28 yil temir quyish bilan mashg‘ul bо‘lgan bir ishchiga, boshqa kasb yо‘nalishidagi ishchilarga yordam berish vazifasi yuklanganda, u norozi bо‘lib: "Senga hech qachon о‘rgatilmagan ishni bajarishni talab etish asabingni buzadi", - dedi. Mana bu misolda esa, buning aksini kо‘ramiz: 17 yil davomida Chikago bankida faqat cheklarni tekshirish bilan mashg‘ul bо‘lgan ayolga, yangi maxsus ixtisos bо‘yicha vazifa yukladilar. Bunda bank avtomatlashtirish sohasidagi yutuqlardan foydalanib, uni kompyuter oldiga biriktirib, cheklarga ishlov berib, ularni hisobga olish bilan bog‘liq operasiyalarni bajarishni topshirdi. "Butun jarayonni boshidan oxirigacha kuzatish imkoniyatiga ega bо‘lganim uchun bu ish menga juda yoqdi. О‘zimni yaxlit butunlikning bir qismi etib his etish, men uchun maroqliroqdir. Har bir inson hayotida qandaydir о‘zgarishlar sodir bо‘lishi kerak", - dedi ayol.
Ishning qulay grafigi
Ishning qulay grafigi — ishchi-xodimlar ish boshi va yakunini mustaqil belgilay oladigan ish tartibi.
Mehnat resurslarining о‘zgarishi bilan insonlar turmush tarzi va ehtiyojlari ham о‘zgarib qoldi. Ishlayotgan er-xotinlar, farzandlari о‘z vaqtida maktabga yoki enaga oldiga, о‘zlari esa ishga yetib borishlari uchun aniqlik mо‘jizalarini sodir etishlari kerak. Yoki ota, yoki onasi bor oilalarda esa, imkoniyatlar ikki hissa kam, muammolar ikki hissa kо‘pdir. Kо‘p odamlar о‘ziga uy yoki avtomashina olishlari uchun qо‘shimcha ishda ishlashga majburlar. Shuning uchun, kо‘pchilikka qulay ish grafigi zarurdir. Hammaga о‘xshab, haftada besh kun ertalab tо‘qqizdan kech soat beshgacha ishlamay, ishchi imkoniyatlariga qarab о‘ziga qulay vaqtni belgilab oladi. Masalan, kompaniya hamma xizmatchilaridan soat 10 dan 14 gacha ishda bо‘lib, ishlab berish vaqtlari 8 soatni tashkil etsa bо‘ldi, qolgan vaqtda ular о‘zlari xoxlagan narsalar bilan mashg‘ul bо‘lishlari mumkin. Bunday qulaylik, odamlarga о‘zlarining mushqul hayotlarini osonlashtirish imkoniyatini beradi. О‘z ish vaqtlarini mustaqil rejalashtirganliklari tufayli nazoratdan halos bо‘lganlik hissi kо‘p insonlar uchun asoslanishning muhim omili hisoblanadi.
Milliy sо‘rovnoma natijalaridan shu narsa ma’lum bо‘ldiki, keksa yoshdagi 78% ishchi xizmat zinasidan ilgarilash qadamlarini sustlashtirish evaziga oila bilan birga bо‘lish vaqtlarini kо‘proq qoldirish imkoniyatini beradigan bunday grafiklar ularni qoniqtirishini aytdilar. Xizmatchilarning bu takliflariga javoban tobora kо‘proq kompaniyalar qulay ish grafigini taqdim etyaptilar. О‘tkazilgan sо‘rovnomalardan 259 ta yirik firmalarning 42% xizmatchilar uchun qulay ish grafigini taqdim etganliklari ma’lum bо‘ldi. Bunday grafiklar, mijozlarga xizmat kо‘rsatish uchun ma’lum vaqt ajratish zarur bо‘lmagan, "oq yoqachalar" ishlaydigan firmalarda kengroq tarqalgan. "Kо‘k" yoki "pushti yoqachalar" ishlaydigan: iste’molchilarni kutib olish va kuzatish, ularning kо‘ng‘iroqlariga javob berish uchun xodim doimo joyida bо‘lishi shart bо‘lgan firmalarda esa, bu grafik kam uchraydi. Qulay grafikning boshqa kamchiliklari ham bor: 1) rahbarlar boshqaruvda ba’zi noqulayliklar his etib, qо‘l ostidagilarining kelib-ketishini kuzatish va nazorat qilishi qiyinroq bо‘ladi; 2) ularning kasbdoshlari kо‘pincha bunday xodimlardan norozi bо‘lib, ularni ishiga nisbatan ma’suliyatsizlikda ayblaydilar.
Telekommunikasiya va uy ofislari.

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish