Boshqaruv stili (uslubi) deganda menejer xulqining odatiy kо‘rinishi va о‘zini tutish usullari tushuniladi.
Qabul qilinadigan qarorlar - boshqaruvchilarning ishtirokiga kо‘ra boshqaruvning ideal-tipik avtoritar, aloqadorlik va avtonom (muxtor) uslublari ajratiladi.
Boshqaruvning avtoritar uslubi menejer uchun hokimiyat mavjud bо‘lganda irodaning yakkashaxsliligi va markazlashganligini namoyon bо‘lishi bilan ajralib turadi. Menejer hal qiladi va buyuradi, xodimlar bu farmoyishlarni bajarishlari lozim.
Buyruqbozlik uslubi - menejer boshqariluvchilarning ishtirokisiz hal qiladi va kat’iy buyuradi, xodimlar jazolar xavfi ostida unga ergashishga majburlar;
Avtokratik uslub - menejer ixtiyorida hokimiyat uchun katta apparat mavjud;
Byurokratik uslub - menejer obrо‘si bu yerda rasmiy tabaqaviy tartiblardan kelib chiqadi. Menejerlar va xodimlar bitta batafsil qoidalar tizimiga bо‘ysinadilar;
Patriarhal (matriarhal) uslub - menejer “oila boshlig‘i” obrо‘si yordamida qayg‘urib va butun javobgarlikni о‘z zimmasiga olib, qarorni tushuntiradi va buyuradi, xodimlar unga bо‘lgan cheksiz ishonch asosida buysunadilar;
Xushmoyillik uslubi - menejer о‘z obrо‘sini shaxsning eng yaxshi takrorlanmas sifatlari asosida qaror toptiradi va shunga yarasha yuqori shaxsiy mavqega erishadi, xodimlap uning qarorlari ortidan ergashadilar, chunki uning ichki ijobiy hislatlariga ishonadilar.
Boshqaruvning aloqadorlik uslubi - qarorlar qabul qilish jarayonida xodimlarning ishtiroki bilan ajralib turadi.
Kommunikasiya uslubi - menejer о‘z qarorini qabul qilinganini aytishga kiynaladi va shuning uchun xodimlarga ma’lum qilgandan keyingina qaror chiqaradi, xodimlar savollar berishi, о‘z fikrini bildirishi mumkin, biroq farmoyishlarga rioya qilishlari kerak;
Maslaxat uslubi - menejer qarorlarni faqat batafsil axborot va baxslashuvdan sо‘nggina qabul qiladi, shuningdek xodimlar tomonidan qaror va muammoning optimal yechimlari tо‘g‘risida kiritilgan takliflarni inobatga oladi. Xodimlar, muhokamaviy ishtirok etib, qabul qilingan qarorlarni bajaradilar;
Qо‘shma qarorli boshqarish uslubi - bunda menejer muammoni о‘rtaga qо‘yadi va uni hal qilish uchun cheklangan shart-sharoitlarni о‘rnatadi, xodimlar kelishilgan chegaralarda о‘tkaziladigan tadbirlar tо‘g‘risida mustaqil qaror chiqaradilar, menejer ruxsat beradi, lekin veto (ta’qiqlash) huquqini saqlab qoladi;
Avtonom uslubi - menejer hal qilish jarayonida о‘z zimmasiga moderator (ya’ni о‘zini chetga oluvchi) rolini oladi va yechimlarni jamlashga kiynaladi, xodimlar mustaqil chegaralar belgilanmagan holda, odatda kо‘pchilik bilan qaror qabul qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |