O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


ASOSIY QISM III.BOB. TADQIQOT NATIJALARI



Download 2,92 Mb.
bet13/27
Sana20.07.2022
Hajmi2,92 Mb.
#825648
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
Dissertatsiya Dilmurodov G\'

ASOSIY QISM
III.BOB. TADQIQOT NATIJALARI
3.1. Samarqand shahrida tibbiyot chiqindilarining hosil bo’lishi, turlari, ularni saqlash, zararsizlantirish va foydalanish muammosi.
Hozirgi kunda ham ekologik muammolarning yechimi nihoyatda og‘ir qolmoqda. Ular chegara bilmaydi. Muammolarning asosiy qismi odamzotning mehnati faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Zero, insonning xo‘jalik faoliyatida dunyoda har yili 30-40 milliard tonnadan ortiq chiqindi biosferaga chiqarilmoqda, bunda tibbiyot chiqindilarning ham ulushi kattadir[5].
Yuqoridagi ko‘rsatkich XXI asrda umumiy chiqindilar 100 milliard tonnaga yetib, kelajakda yanada oshishi va 2022- yillarda 2,5 marta ortishi bashorat qilinmoqda. Yillar davomida to‘plangan chiqindilar inson hayoti uchun nihoyatda xavfli moddalarni hosil qilishi tadqiqotlarda to‘liq o‘z ifodasini topmoqda [16].
Ekologik muammolar va xususan tibbiyot chiqindilarning hosil bo‘lishi, ularni saralash, morfologik tarkibini aniqlash, klassifikatsiya qilish, mufel pechlarda yoqish, zararli qismlarini tashish va poligonlarga joylashtirish, ko‘mish va ulardan ikkilamchi mahsulot sifatida qayta ishlab, foyda olish Samarqand viloyatlarida o’rganish ushbu mavzuning o‘ta dolzarbligini aniqlaydi.
Shu yerda ushbuni maxsus aytish lozimki, 2017-2021 yillarda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 21-apreldagi “Ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” gi PF- sonli farmoniga muvofiq hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish, munosib yashash sharoitlarni yaratish, respublikada sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, shuningdek, Respublika va viloyatlarning Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari huzuridagi “Toza hudud” davlat unitar korxonalarining samarali faoliyatini tashkil etish maqsadida 15 punktdan iborat chora-tadbirlarni bajarish yuklatildi[39].
Quyida ularning ayrimlarini izohlaymiz:
* 2017-2021 yillarda tibbiy chiqindilarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va utilizatsiya qilish tizimini takomillashtirishga doir tadbirlarni o‘tkazish;
* 2017-2021 yillarda “Toza hudud” DIK ni mahsus texnik va uskunalar bilan qo‘shimcha jihozlash;
* 2017-2021 yillarda xalqaro moliya tashkilotlarining mablag‘larini jalb qilgan holda shaharlarda tibbiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish va qayta ishlash tizimini rivojlantirish investitsiya loyihalarining ro‘yxati tuzish;
* chiqindilarni yig‘ish, tashash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish tizimini, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlarini keng jalb etgan holda rivojlantirish, ularning faoliyatini rag‘batlantirish yo‘li orqali chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi to‘liq shaklni qamrab olishni ta’minlash;
* chiqindilar bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan tadbirlar manzilli dasturlar investitsiya loyihalari va bashorat parametrlarini amalga oshirish jarayonini har chorakda ko‘rib chiqish kabi masalalar Prezident qarorida o‘z aksini topgan.
Yana e’tiborlisi shuki, mamlakatimizda 2018 yilning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi har sohada olib borilayotgan izchil islohatlarning uzviy davomi hisoblanadi.
Bugungi kunda jamiyatimizda farovonlikni ta’minlash, iqtisodiy jihatdan taraqqiyotga erishishda tadbirkorlik sub’ektlariga keng imkoniyat yaratish asosiy va zaruriy shartdir. O‘z navbatida bugungi zamon talablariga mos keladigan zamonaviy fikrlash, mazkur yo‘nalishdagi innovatsion g‘oyalar, mavjud texnologiyalarga ahamiyat qaratish ham taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi[15].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab - quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi PF – 5308 sonli farmonining qabul qilinishi esa, xalq orzularining haqiqiy ma’nodagi huquqiy asosi bo‘ldi deb yozadi Respublika Ekologiya xabarnomasi jurnali korrespondenti S.Muxtoraliev [26]
Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda “Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun” va “Halq davlat idoralari halqqa xizmat qilinishi kerak” degan ezgu g‘oya va tamoyiliga alohida e’tibor qaratilgan.
2018-2021-yillarda ushbu g‘oyalar asosida yurtimizda barcha sohalar qatori ekologiya sohasida keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirildi, eng avvalo mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish borasida ishlar bajarildi, shu bilan birgalikda Ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat bosharuvi tizimining tubdan takomillashtirilganligini mahsus qayd etish joizdir. Ekologik vaziyatni barqarorlashtirish va aholi salomatligini muhofazalash, aholiga arzon va sifatli dori-darmonlar yetkazib berildi[33].
Respublika Prezidentining Farmoni bilan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini” “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab - quvvatlash yili” da amalga oshirishga taalluqli davlat dasturi tasdiqlandi. Biz ekologlar uchun ushbu dasturning ahamiyatli tomoni shundan iboratki, Davlat dasturida Ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish sohasiga oid, bevosita mazkur sohani rivojlantirish bosqichlarini belgilab beruvchi 10 yaqin tadbirlar belgilandi va ular hozir kunda amalga joriy etilmoqda. “Toza hudud” davlat unitar korxonasi orqali chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish uchun, joylashtirishni takomillashtirish, ko‘mish ishlariga davlat byudjetidan qariyb 163,2 milliard so‘m mablag‘ ajratilganligi bunga misoldir. Bu mablag‘ga yil oxirigacha 462 dona chiqindi tashuvchi mahsus texnika xarid qilish, 212 chiqindi to‘plash shahobchalarini qurish va 96 ta mavjud chiqindixonalarni jihozlash va tashkil etish ko‘zda tutilgan edi, endilikda bu ishlar amalga oshirildi[20].
Davlat dasturining 214 – bandiga nigoh qaratsak, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va aholining ekologik madaniyatni oshirish borasida ta’sirchan choralar ko‘rishga oid salmoqli tadbirni ko‘ramiz. Ushbu bandga e’tiborni qaratsak, 2018 yilning 1 avgustigacha O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida 2019 - 2023 yillarga mo‘ljallangan konsepsiya tasdiqlandi va unga asosan Ekologik tizimlarni saqlash va yaxshilash, aholining ekologik xavfsiz hayot kechirishini ta’minlashga erishishga bog‘liq chora-tadbirlarga alohida e’tibor berilgan[36].
Shunday qilib, yuqorida bayon etilganlardan ushbu ma’lum bo‘ldiki, chiqindilarni saralash, ularning zararlilarini o‘z vaqtida ko‘mish, utilizatsiya qilish va qayta ikkilamchi mahsulot sifatida ishlatish davr talabidir. Ushbularni inobatga olib, biz quyida mavjud chiqindixonalar to‘g‘risida ma’lumot va 2019-2022-yillarda yig‘ilgan va yoqib yo’q qilingan chiqindilar va zararli turlarini poligonlarda joylashtirish va ko‘mish xususida ma’lumotlar keltiramiz.

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish