O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti



Download 2,92 Mb.
bet9/27
Sana20.07.2022
Hajmi2,92 Mb.
#825648
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
Dissertatsiya Dilmurodov G\'

Transporti. Samarqand viloyati hududidan ikkita temiryo‘l o‘tadi. Toshkent–Turkmanboshi, Toshkent–Dushanbe temiryo‘lida, asosan, tranzit yuklar tashiladi. Viloyatda avtomobil yo‘llari ko‘p, ular orqali temiryo‘lga va bir viloyatdan boshqa viloyatga yuklar tashiladi. Havo transporti mamlakatning barcha yirik shaharlarini hamda xorijiy davlatlarni bog‘laydi. Quvur transporti va elektr uzatkich liniyalari ko‘p tarmoqli. Rossiyaga paxta tolasi, paxta moyi, ho‘l meva, uzum, mayiz va qorako‘l terilari yuboriladi. Mineral o‘g‘it, tamaki, choy, poyabzal, shoyi va boshqa iste’mol mollari barcha qo‘shni viloyatlarga va O‘rta Osiyo davlatlariga ham chiqariladi. Viloyat, asosan, yog‘och-taxta, g‘alla, shakar-qand, mashinalar, ko‘mir, neft, neft mahsulotlari hamda keng iste’mol mollari oladi. Viloyatda Samarqand, Kattaqo‘rg‘on sanoat tugunlari tarkib topgan.
Shaharlari. Samarqand Zarafshon daryosining o‘rta qismida joylashgan. Samarqand dunyodagi juda qadimiy shaharlardan hisoblanadi. Arxeologik izlanishlar natijasida shaharning yoshi 2750 da ekanligi aniqlangan. XIV-XV asrlarda Movarounnahrning ilmiy tafakkur markazi bo‘lgan. Geografik o‘rnining qulayligidan Samarqand o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoning muhim savdo markazlaridan biriga aylandi. Hindiston, Eron va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan olib borilgan savdo aloqalari shaharning iqtisodiy hamda madaniy jihatdan yuksalishiga ta’sir ko‘rsatdi. O‘sha davrlardayoq zargarlik buyumlari, kulolchilik bo‘yoqlari, ipak va ip-gazlamalar ishlab chiqarish va kashtachilik yaxshi rivojlandi. Qog‘oz va duxobalar ishlab chiqarishni samarqandliklar bundan ming yil burun keng yo‘lga qo‘ygan edilar.
Amir Temur va temuriylar davri (XV–XVII asrlar)da Samarqandda hashamatli machit, madrasa, maqbara va saroylar qurildi. Ular Hindiston, Misr, qadimgi Yunoniston va Rim me’morchiligining noyob yodgorliklari qatorida umumjahon ahamiyatiga egadir. O‘rta asr shoir va olimlari Samarqandni «sayqali ro‘yi zamin» deb ulug‘laganlar. 1924–1930-yillarda Samarqand shahri O‘zbekistonning poytaxti bo‘lgan. Hozirda ham Samarqand mamlakatning yirik sanoat tuguni, madaniyat markazlaridan biri sifatida ahamiyatlidir.
Samarqand bilan Jomboy, Juma va boshqa shaharchalar ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan. Shahar qishloq xo‘jaligi rivojlangan hudud markazida joylashganidan unda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan ulkan korxonalar ko‘p. 1999-yilda Samarqanddan shimoldagi Chelak shahri yaqinida buyuk hadisshunos olim imom al-Buxoriyga bag‘ishlab me’moriy majmua barpo qilindi.
Samarqand mamlakat ilm-fanining yerik markazidir. Shaharda Samarqand davlat universiteti, Xalqaro turizm universiteti, tibbiyot universiteti(2022.aprel), arxitektura-qurilish, chet tillar, iqtisodiyot va servis, veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti (2022.aprel), Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali faoliyat yuritmoqda.
Shahar tarixi Rudakiy, Navoiy, Xo‘ja Ahror, Bobur, Jomiy, Ulug‘bek, Ahmad Donish, Abu Lays Samarqandiy singari olimlar, yozuvchilar, mutafakkirlar nomlari bilan bog‘liq. Shahar xo‘jaligining yuksalishi bilan aholisi ham tez ko‘paymoqda.
Kattaqo‘rg‘on shahri viloyatda Samarqanddan keyingi ikkinchi o‘rinni egallagan sanoat tuguni va madaniyat markazidir. Shahar yonidan Samarqand–Buxoro temiryo‘li o‘tadi. Shaharda Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash mashinasozligi zavodi, motor tuzatish, paxta va g‘isht zavodlari hamda mahalliy sanoat korxonalari bor. Moy eritish va go‘sht kombinatlari hamda yiliga 2 million jo‘ja ochiriladigan broyler fabrikasi oziqovqat sanoatining respublikadagi yirik korxonalari hisoblanadi. Moy eritish kombinati mamlakatdagi eng yirik korxonalardan biridir. Sanoat korxonalarini katta IEM elektr energiya bilan ta’minlaydi.





Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish