O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


Samarqand viloyatining tabiiy-geografik tasnifi



Download 2,92 Mb.
bet7/27
Sana20.07.2022
Hajmi2,92 Mb.
#825648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
Dissertatsiya Dilmurodov G\'

1.2. Samarqand viloyatining tabiiy-geografik tasnifi
Samarqand viloyati - Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlaridan hisoblanadi. U 1938-yil 15 yanvarda tashkil topgan. Ushbu viloyat respublika hududining markaziy qismida, Zarafshon daryosining oʻrta oqimi havzasida joylashgan. Uning chegaralari gʻarb va shimoli-gʻarbda Navoiy viloyati, shimol va shimoli- sharqda Jizzax va janubda Qashqadaryo viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston bilan tutash.
Viloyatning markaziy qismi goʻzal vohadan iborat boʻlib, bu voha uncha keng boʻlmay sharqdan-gʻarbga tomon Zarafshon va Turkiston togʻ tizmalari orasini egallagan. Viloyatning asosiy sugʻoriladigan yerlari xuddi ana shu maydonlarni egallagan.
Maydoni 16,8 ming km.kv. Aholisi 3 million 790 ming 900 kishidan ortiq (2019-yil 1-yanvar holati). Samarqand viloyatida 16 ta tuman, 11 ta shahar va 88 ta shaharcha mavjud.
Viloyat hududi 16,8 ming km² Samarqand viloyati qishloq tumanlari soni boʻyicha Qoraqolpogʻiston Respublikasi va viloyatlar orasida birinchi oʻrinni egalaydi. Bu viloyatda bunday tumanlar soni 16 ta. Ular quyidagilar: Bulungʻur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdargʻom, Paxtachi, Samarqand, Toyloq, Urgut, va Qoʻshrabot tumanlari. Shaharlar soni 2 ta, bular (Samarqand va Kattaqoʻrgʻon). Koʻhna, noyob tarixiy obidalarga boy boʻlgan Samarqand shahri viloyatning markaziy shahri boʻlib, u 1924–1930-yillarda Oʻzbekiston poytaxti vazifasini bajargan.
Asosiy daryosi — Zarafshon. Viloyat hududidagi qismining uz. 193 km. Tevarakatrofdagi togʻlardan oqib tushgan soylar sugʻorishga sarflangani uchun Zarafshonga yetmasdan tugaydi. Dargʻom, Narpay (54 km), Oʻng qirgʻoq (64 km), Chap qirgʻoq (169,3 km), Markaziy magistral (39,5 km), Zarafshon, Eski Anhor kanallari va Kattaqoʻrgʻon suv omboridan ham ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi. Viloyatning jan. gʻarbiy qismida oqadigan soylar yezda qurib qoladi. Tuprogʻi asosan, boʻz tuproq. Tekisliklar va 500 m gacha balandliklardagi togʻ etaklarida surqoʻngʻir och boʻz tuproklar (sugʻoriladigan yerlarda oʻtloqi boʻz tuproqlar), 1500—1700 m balandlikda toʻq boʻz tuproklar, choʻl zonasida qumoq, taqir, boʻzkoʻngʻir tuproklar va shoʻrxoklar tarqalgan. Yongʻoqzorlar va archazorlarda qoʻngʻir tuproklar, yanada balandroq qoramtir tuproklar boʻlib, undan yukrrida togʻoʻtloki tuproklar uchraydi.
Viloyat hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon­ daryosi suvni muz va qorlardan oladi. Shunga ko‘ra Zarafshon daryosi sug‘orishga ehtiyoj katta bo‘lgan yoz oylarida to‘lib oqadi. Suvdan yanada samarali foydalanishni ko‘zlab, daryoning o‘rta oqimida Kattaqo‘rg‘on suv ombori barpo etilgan.
Shu bilan birga Eski Anhor kanali orqali Zarafshon suvi (Darg‘om kanalidan) Qashqadaryo viloyatiga oqizilmoqda. Xullas, suvdan xo‘jalikda to‘la foydalanish bo‘yicha O‘rta Osiyoning birorta daryosi Zarafshonga tenglasha olmaydi. Uning 90 foiz suvi sug‘orishga sarflanadi. Adirlar qisman haydalgan, unga g‘alla ekiladi. Tog‘larda yog‘ingarchilik yetarliligidan o‘tloqlar ham ko‘p. Chorva yozda shu yerlarda boqiladi. O‘simliklarning o‘sish davri cho‘l bilan adirda bir vaqtga to‘g‘ri kelmasligidan qorako‘l qo‘ylarini yil bo‘yi yaylovda boqish mumkin. Viloyatning tabiiy sharoiti mevali daraxtlar o‘stirish uchun ham qulay. Bu yerda shirindan shakar gilos, o‘rik, shaftoli erta pishadi.
Viloyatda mineral boyliklar ham ko‘p. Bu yerda nodir­metallar, binokorlik­ materiallari (marmar, ohak, granit, mergel, grafit), mineralbo‘yoqlar,­asbest­konlari topilgan. Xullas, viloyatning yuksalishida uning tabiiy va iqtisodiy geografik o‘rnidagi qulayliklar qatori
tabiiy sharoiti va boyliklari ham talay imkoniyatlar yaratadi.

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish