O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi



Download 2,92 Mb.
bet6/27
Sana20.07.2022
Hajmi2,92 Mb.
#825648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Dissertatsiya Dilmurodov G\'

Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi
Dissertatsiya mavzusi bo’yicha quyidagi ilmiy ishlar chop etilgan:
1. Иззатуллаев З.И., Дилмуродов Г. “К изучению медицинских отходов и их влияния на окружающую среду (на примере г.Самарканда)’’// Актуальные проблемы экологии и природопользования. Сборник трудов XXII международной научно-практической конференции. Москва, 22-24 апреля 2021 г. Том 2. Москва : РУДН. 2021. C.55-59.
2. Izzatullayev Z.I., Dilmurodov G’. Tibbiy chiqindilar va ularning atrof-muhitga ta'sirini o'rganish (Samarqand shahri misolida)// Academic Research in educational sciences (ARES), March, 2022. Multidisciplinary Scientific Journal, 2022 : 361-367 bet.
3. Dilmurodov G‘ofurjon. COVID-19 koronavirus infeksiyasi kasalligi pandemiyasi. “Research and education” scientific journal volume 1, issue
1, april, 2022, 1(1), 176–185 bet.
Dissertatsiya mavzusi natijalari Geografiya va ekologiya fakulteti Ekolgiya
va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasining 2019-2022 yillardagi yig’ilishlarida prezentatsiyadan hamda 2022-yil 24-mayda muhokamadan o’tgan.
Dissertatsya tuzilmasining tavsifi
Dissertatsiya 74 betdan iborat bo’lib, u kirish, 4 bob, 6 ta xulosalar va 6 ta tavsiyalar, 39 ta foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Dissertatsiya matnida 8 ta jadval va 19 ta rasm mavjud.

UMUMIY QISM
I.BOB. ADABIYOTLAR SHARHI

    1. Tibbiy chiqindilarning o’rganilish tarixi

Atrof-muhitni himoya qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanish, chiqindilarni to’plash va ularni utilizatsiya qilish muammosi bilan chambarchas bog’liqdir.
Chiqindilarni hosil bo’lishi, ularni saqlash, tashish, ishlov berish va yo’qotish, sog’liqni saqlashda, atrof-muhitni muhofaza qilishda, tabiiy resurslardan samarali foydalanishda va barqaror rivojlanishini ta’minlashda eng muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Chiqindilar muammosini xal qilishda, uning alohida elementlarini o’rganmasdan balki, kompleks boshqarishni amalga oshirish lozim. Kompleks boshqarish, xavfli chiqindilarning tarqalishini oldini olish, imkon boricha, uni minimum miqdorga olib kelish hamda qayta ishlash, ularni atrof-muhitga zarar yetkazmasligini ta’minlashdan iborat.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida chiqindilarni boshqarish sohasida asosan: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat boshqarmasi; Sog’liqni saqlash vazirligi; “O’zkommunxizmat” vazirligi kabi yirik tashkilotlar faoliyat ko’rsatadi.
Ushbu tashkilotlar o’z faoliyatini chiqindilarni boshqarish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi [38-modda], O’zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofza qilish to’g’risida”gi [39-modda] va “Chiqindilar to’g’risida”gi qonunlari hamda “Xavfli chiqindilarni transchegaraviy tashish va ularni yo’qotishni nazorat qilish to’g’risida”gi Bazel konferensiyasining talablariga asoslangan Respublika milliy strategiyasining shartlar va qoidasiga asosan olib boradilar.
XX asrda tibbiy chiqindilar alohida muhim toifada ajralib chiqa boshladi, chunki bir martali ishlatiladigan shpritslar, tomchilar, qon quyish tizimlari, bemorlarni parvarish qilish vositalari (qo'lqop, tagliklar, xalatlar, choyshablar va boshqalar) tibbiyot muassasalarida keng qo'llanila boshlandi, va u yoki bu sabablarga ko'ra foydalanilmaydigan (yaroqlilik muddati o'tgan, soxta, musodara qilingan va hokazo) fabrikada ishlab chiqarilgan dori-darmonlarning soni shu vaqtdan boshlab tibbiy chiqindilar hajmi sezilarli darajada oshdi va o'sishda davom etmoqda va ular nafaqat ekologik, balki epidemik va toksik xavfga ega ekanligi sababli ularni maxsus usulda davolash zarurligi ayon bo'ldi (inson salomatligi uchun xavfli). Asta-sekin ushbu masala bo'yicha maxsus qonunchilik va dunyoning turli mamlakatlarida ushbu turdagi chiqindilar bilan ishlash usullari ishlab chiqila boshlandi.
Hozirgi kunda dunyo bo’yicha chiqindilarning 800 dan ortiq turi qayd etilgan bo‘lib, ular sonining kelgusida yanada ortishi bashorat qilinmoqda. Energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish industriyasi ob’ekt­lari chiqindi hosil qiluvchi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalar hi­soblanadi[19]. Aytish joizki, atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilaridan muhofaza qilish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ham­da ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari bilan uzviy bog‘liqdir. Ko‘p asrlar davomida chiqindilarni noto‘g‘ri bosh­qarish tabiiy resurslarning o‘zgarishiga, tabiatning kutilmagan o‘zgarishlariga sabab bo‘lmoqda. Tibbiyot chiqindilari atrof-muhit va uning deyarli barcha elementlari — suv, havo, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishi sababli aholi orasida na­faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri, balki, bilvosita infeksion va noinfeksion kasalliklarning tarqalishi xavfini tug‘diradi[24]. Shuning uchun mazkur muam­moga jiddiy yondashish taqozo etilmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, bu chiqindilarning 80 foizini organik moddalar tashkil qi­ladi va ularni qayta ishlash natijasida katta miqdordagi energiya va energiya tashuvchilarni ishlab chiqarish mumkin.
XX asrda tibbiy chiqindilar alohida muhim toifada ajralib chiqa boshladi, chunki bir martali ishlatiladigan shpritslar, tomchilar, qon quyish tizimlari, bemorlarni parvarish qilish vositalari (qo'lqop, tagliklar, xalatlar, choyshablar va boshqalar) tibbiyot muassasalarida keng qo'llanila boshlandi va u yoki bu sabablarga ko'ra foydalanilmaydigan (yaroqlilik muddati o'tgan, soxta, musodara qilingan va hokazo) fabrikada ishlab chiqarilgan dori-darmonlarning soni. Shu vaqtdan boshlab tibbiy chiqindilar hajmi sezilarli darajada oshdi va o'sishda davom etmoqda va ular nafaqat ekologik, balki epidemik va toksik xavfga ega ekanligi sababli ularni maxsus usulda davolash zarurligi ayon bo'ldi (inson salomatligi uchun xavfli). Asta-sekin ushbu masala bo'yicha maxsus qonunchilik va dunyoning turli mamlakatlarida ushbu turdagi chiqindilar bilan ishlash usullari ishlab chiqila boshlandi. Tibbiy chiqindilar uchun beshta xavfli sinf mavjud :"A" klassi: bu atrof-muhit va inson uchun xavf tug'dirmaydigan tibbiyot muassasalarining chiqindilari. Bunga qog'oz, oziq-ovqat chiqindilari va boshqalar kiradi. Bularning barchasi odatdagi axlat qutisiga tashlanishi mumkin.
"B" klassi:ushbu guruhga kasal odamlar bilan aloqada bo'lgan narsalar, shuningdek davolash va operatsiyalar natijasida chiqadigan chiqindilar kiradi. Ular maxsus chiqindixonalarga olib ketilmoqda.
"C" klassi: bu bemorlar bilan aloqada bo'lgan, har qanday infektsiyani yuqtirish kafolatlangan narsalar. Bunga laboratoriyalar chiqindilari ham kiradi, chunki ular ifloslangan bo'lishi mumkin. Bunday "axlat" hisobga olinishi va maxsus yo'q qilinishi kerak.
"D" klassi: bu yerda - turli xil sanoat chiqindilari. Masalan: termometrlar, dorilar, dezinfektsiyalash vositalari va boshqalar. Ular bemorlar bilan umuman aloqada bo'lmasligi mumkin, ammo o'zlari xavfli. Ular maxsus o'qitilgan xodimlar tomonidan tashiladi va yo'q qilinadi.
"D" klassi: ushbu guruhga nurlanish darajasi oshgan tibbiy moddalar va materiallar kiradi. Bunday chiqindilar, hatto vaqtincha saqlash paytida ham, metall muhrlangan idishlarga joylashtirilishi kerak. Bundan tashqari, shuni ta'kidlash kerakki, shahar tipidagi aholi punktlari va qishloqlar aholisida tibbiyot chiqindilari juda ko'p bo'lib, ular hisobga olinmaydi, ular polietilen paketlarga solingan maishiy chiqindilar bilan birga axlatxonalarga tashlanadi va tabiatga tarqalib, shu bilan atrof muhitni ifloslantiradi[18]. Ularning inson salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan turli yuqumli kasalliklarning yangi o'choqlarini paydo bo'lishiga olib kelishi mumkinligiga kafolat yo'q. Bu yerda ta'kidlash kerakki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miramonovich Mirziyoyev 2018-yil 2-fevraldagi nutqida "Atrof-muhitni muhofaza qilish - odamlar sog'lig'ini himoya qilishning asosiy vositasi" deb ta'kidlagan [2]. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, tibbiy chiqindilar muammosini har tomonlama o'rganish, ularni o'z vaqtida zararsizlantirish va ularni keng tarqalish yo'lini to'sib qo'yish hozirgi zamonning eng muhim vazifalaridan biridir.
O’zbekistonda yiliga davolash profilaktika muassasalarida 1 koyka uchun o’rtacha 416 kg chiqindilar hosil qilinadi.
Shundan : 20-30 % i xavfli chiqindilar hisoblanadi.
- Stafilokokkli flora – 30,7 %
- Ichak tayoqchasi guruhi bakteriyalari – 26,7 %
- Grammanfiy fermentlanmaydigan bakteriya – 21,3 %
- Grammusbat sporali tayoqchalari – 14,7 % bilan zararlanishi isbotlangan.
Ushbularni inobatga olsak, chiqindilarning salbiy ta’sirini tasavvur etish qiyin emas. Alohida ta’kidlash lozimki, atrof-muhitni ishlab chiqarish va iste’mol qilish chiqindilaridan muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari bilan uzviy bog’liqdir. Shu yerda ushbuni maxsus qayd etish lozimki, Respublikamiz prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlisga murojaatnomasida [1] mamlakatimizning 2020 yil va kelgusi 5 yilda rivojlantirish bo’yicha, ustuvor yo’nalish va vazifalari haqida ma’ruza qilib, “Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik holatni yaxshilashga e’tiborni kuchaytirishimiz kerak”ligi zarurligi takidlandi. Shu bilan birgalikda hukumat sanoat rivojining ekologiyaga ta’sirining oldini olish bo’yicha 2025-yilgacha mo’ljallangan kompleks chora tadbirlar dasturini va Ekologiya kodeksi loyihasini ishlab chiqish lozimligi vazifalarini qo’ydi. Prezident 2020-yil 7-martda atrof-muhitni asrash va chiqindilarni boshqarish tartibini takomillashtirish masalasiga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazib, unda 2030- yilgacha bo’lgan davrda O’zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi hamda 2019-2028-yillarda O’zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar (QMCH) bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish strategiyasi ijrosi qoniqarsiz deb takidladi. Xususan, atrof-muhitga salbiy ta’sirlar saqlanib qolmoqda. Atmosferaga katta miqdorda ifloslantiruvchi moddalar chiqarilmoqda. Fauna va floraga xavf ortib borayapti[4].
O’zbekistonda umumiy miqdorda tibbiy chiqindilar oqimi nisbiy bo’lsada, nisbatan kichik ( dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, yiliga 125,0 ming tonna), ammo bu tashvish tug’diradi. Chunki, bu tibbiy chiqindilar infektsiya, kasalliklar va artof-muhitning ifloslanishiga olib keladi.
Ilk bor hududimiz farzandi Zardushtning 3100 yil miloddan oldin “Avesto” nomli kitobida tabiat qonunlari, uning unsurlarini: havo, suv, tuproq, o’simlik va hayvonlarini muhofaza qilish kabi tushunchalarni keltirgan [6]. Bu yerda keltirilgan ma’lumotlar va chiqindilarning foydasi, zarari xususida, xalqimizning bu boradagi urf-odatlari S.A. Muxammadiyevning kitoblarida ham keltirilgan [13,14].
Эргашев А., Руденко И., Давлетов С., Азизов А., Акиншина Н., Эшчанов Р., Каримов Б., Царук О., Волков А., Ботман Е., Рахимов А., Салихов П., Мамбетуллаева С., Ходжаева Г., Бегдуллаева Т.larning “Основы Устойчивого Развития и Природопользования” nomli kitobida tibbiyot chiqindilari haqida umumiy ma'lumotlar, tibbiyot chiqindilarining hosil bo'lishi va guruhlari keltirilgan[23].
Н. М. Умарова ning “Национальный доклад О состоянии окружающей среды и использовании природных ресурсов в Республике Узбекистан (2008 – 2011 гг.)” nomli kitobida, tibbiyot chiqindilari,miqdori,ta’sirini kamaytirish chora-tadbirlar haqida tavsiyalar berib o’tilgan[12].
Mirziyoyev Sh.M. “Atrof – muhitni muhofaza qilish- aholi salomatligini saqlashning muhim omili” 2018. 2 -fevral. Ekologik holatni yaxshilash va atrof muhitni muhofaza qilish eng dolzarb vazifalarni belgilab olishga bag’ishlangan yig’ilishdagi ma’ruzasi[3]. Bunda chiqindilarning atrof-muhitga,barcha tirik organizmlarga ta’sirali haqida ham bayon etilgan.
I. Muhammedov,E. Eshboyev, N.Zokirov, M.Zokirov “Mikrobiologiya ImmunologiyaVirusologiya”(2006)kitobida ham infeksion chiqindilar orqali kelib chiqadigan kasalliklar va ularning oldini olish chora-tadbirlari haqida ma’lumotlar keltirishgan [16].
Sh.A.Shirinboyev, M.G.Safin [22] “Atrof-muhitni muhofaza qilish” darsligida atmosfera havosini muhofaza qilish muammolari, uni ifloslantiruvchi manbalar, sanoat va maishiy chiqindi ishlab chiqarish muassasalarining faoliyati natijasida hosil bo’lgan zararli moddalarning biologik xilma-xillikka ta’siri va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlari atroflicha tahlil qilingan.
Ma’lumki, ekologik inqirozlar tabiatga maqsadsiz ta’sir ko’rsatganda yuz beradi. Keyingi chorak asr orasida ayniqsa, o’tgan asrning 80-yillaridan boshlab shaharsozlik, qurilish va suv havzalarini barpo qilish, yerlarni o’zlashtirish va o’rmonlarni kesish borasidagi ekologik o’zgarishlar, ana shunday maqsadsiz ta’sir tufayli yuz berdi. Hozirgi kunda shahar va hatto tumanlarimizda ko’plab sanoat va mahalliy chiqindilar utilizatsiya qilinmasligi va tibbiyot chiqindilarining haddan ziyot ko’payib ketganligi bois atrof-muhitga xavf tug’dirmoqda. Zero, tabiatda xar bir jonivor, o’simlik yoki hayvon turi besamar vujudga kelmaydi va ular ekotizim muvozanatini saqlashdagi xizmatlari bois, ularni ko’z-qorachig’imizdek asrashimiz lozim bo’ladi.
Samarqand shahrida 2015-yildan e’tiboran shahar mamuriyati va Fransiyaning poytaxti Parij bilan hamkorlikda “Maroqand obod” utilizatsiya qilish sistemasini joriy qilish bo’yicha 2015-2019 yillarga rejalashtirilgan loyiha bajarildi [17]. Loyihaning asosiy maqsadi shaharda chiqindilar sistemasini rekonstruksiya qilish. Samarqandda ekologik va sanitary-epidemiologik muhitni, salomatlik va hayot sharoitlarini yaxshilashdan iborat edi. Xullas, ushbu ishlarni bajarishga 37 million 167 ming 611 yevro sarflanib loyiha yakunlandi.
Yuqorida keltirilganlardan ma’lum bo’ldiki, chiqindilarni yo’q qilish va undan foydalanish hozirgi kunning dolzarb muammolaridir. Xullas, tibbiy chiqindilarni xavlilik darajalariga qarab saralash, ularni ta’sir darajalarini kamaytirish, yo’q qilish, ekologik muhitni va inson salomatligini asrashning eng muhim omili bo’lib xizmat qiladi.

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish