O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


Iqtisodiy geografik o‘rni va tabiiy-boyliklari



Download 2,92 Mb.
bet8/27
Sana20.07.2022
Hajmi2,92 Mb.
#825648
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
Dissertatsiya Dilmurodov G\'

Iqtisodiy geografik o‘rni va tabiiy-boyliklari. Bu viloyat O‘zbekistonning markaziy qismida joylashgan. Aholi soni hamda yalpi sanoat mahsuloti bo‘yicha Samarqand viloyati mamlakatimizda yetakchi o‘rinlardan birida turadi. Tabiiy geografik o‘rniga ko‘ra Zarafshon vodiysining o‘rta qismiga to‘g‘ri keladi, uch tomondan Nurota, Turkiston va Zarafshon tizma tog‘lari bilan o‘ralgan. Tog‘ tizmalari shimoldan esadigan sovuq havo oqimini birmuncha to‘sadi. Yog‘in ko‘proq (250–800 mm) yog‘adi. Sho‘rxok maydonlar deyarli yo‘q. Bo‘z va o‘tloq-allyuvial tuproqli yerlar kattagina maydonni tashkil etadi.
Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari : donchilik, paxtachilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, go‘sht-sut chorvachiligi, qorako‘lchilik, ipakchilik.
Sanoatning asosiy tarmoqlari : rangli metallurgiya, mashinasozlik (avtomobilsozlik), yengil va oziq-ovqat.
Xo‘jaligi. Samarqand viloyati hududida aholi qadimdan obikor dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Dehqonchilik bilan birga savdo va hunarmandchilik ham taraqqiy etgan. Viloyat yalpi ichki mahsulot hajmi boʻyicha Toshkent sh., Fargʻona, Toshkent va Andijon viloyatlaridan keyin 5-oʻrinni egallaydi. Samarqand viloyati Oʻzbekiston sanoati mahsulotining 5%, q. x. mahsulotlarining 1,3%, mol aylanishining 8,6%, pullik xizmat koʻrsatish hajmining 7,9% ni beradi.
Viloyatda sanoat yetakchilik qiladi. Og‘ir sanoat tarmoqlaridan mashinasozlik va metallsozlik, kimyo tez rivojlanmoqda. Samarqand shahrida 1999-yilda yuk tashish va sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan 4 turdagi mashinalarni ishlab chiqaruvchi «SamKochavto» zavodi ish boshlagan edi. Hozirda mazkur zavod «SamAvto» deb ataladi.
Samarqanddagi «SamAvto»­ zavodida «Isuzu» rusumli mikroavtobuslar hamda yuk avtomashinalari ishlab chiqarilmoqda. Yengil sanoatning 50 ga yaqin korxonasi ishlab turibdi. Oziq-ovqat sanoati mahalliy xomashyolardan konserva va sharob, o‘simlik moyi, tamaki, sut va go‘sht, qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqaradi.
Samarqand hududiy ishlab chiqarish majmuyida qishloq­ xo‘jalik alohida o‘rin tutadi. Dehqonchilik qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 75 foizini beradi. Dehqonchilikning yetakchi tarmog‘i bu rayonda ham paxtachilik va g‘allachilikdir. Boshqa texnik ekinlardan tamaki, kunjut, zig‘ir va safsar (maxsar) yetishtiriladi. Urgut tumani tamaki yetishtirishga ixtisoslashgan. Bahorikor yerlarda bug‘doy va arpa ekiladi. Bog‘dorchilik va uzumchilik
tarmoqlari yuksak taraqqiy etgan. Shaharlar atrofidagi xo‘jaliklarda, aholining tomorqa yerlarida ko‘plab turli xil sabzavot va poliz ekinlari yetishtiriladi.
Bu viloyatda mevali daraxtzorlar va tokzorlar ko‘p. Chorvachilik agrosanoat majmuyining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Qoramollar soni jihatidan viloyat mamlakatda birinchi o‘rinni egallaydi, qorako‘lchilikda esa uchinchi o‘rinda turadi. Bu yerda qorako‘lchilikni rivojlantirish choralarini tadqiq etuvchi ilmiy tadqiqot instituti bor.

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish