O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev


Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, oila



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/202
Sana09.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#487037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   202
Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, oila 
ixtiyorida to'plangan va ayni vaqtda mavjud bo'lgan va tovar ishlab chiqarish, xizmat 
ko'rsatish, ularni iste'molchiga yetkazib berishda va iste'mol jarayonlarida foydalanish 
mumkin bo'lgan imkoniyatlar, qo'r-qutlar va manbalar tushuniladi. 
Tabiiy resurslar (yer, suv, 
o'rmon, yer osti boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar, stanoklar, mashinalar, 
asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, ularning qo'r-qutlari, pul 
mablag'lari va boshqalari) ana shular jumlasidandir. Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish 
omillaridan farqi shundaki, bunda ularga ishlab chiqarishda qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy 
resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, tovar va pul resurslari 
kiradi. Iqtisodiy resurslar cheklanganligi tufayli hamma odamlar xoxlagan iste'mol buyumlarini, 
transport vositalarini va boshqa narsalarni darhol sotib ololmaydi va xohlagancha iste'mol qila 
olmaydi. Har bir kishi, hatto eng ko'zga ko'ringan davlat arbobi, sahna yoki sport yulduzi ham bu 
muammoga duch keladi. Resurslar cheklanganligi faqatgina iste'molni emas, shu bilan birga ishlab 
chiqarish va xizmat ko'rsatishni ham cheklab qo'yadi. Buning natijasida har bir korxona, mamlakat 
o'z imkoniyatlarini xisobga olib, tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishning hamma turini 
birdaniga emas, uning shu davr uchun eng kerakli bo'lgan sohalarini tanlab kengaytirish va 
rivojlantirishga e'tibor beradi, resurslarni birinchi navbatda ularga jalb qiladi. Masalan, O'zbekiston 
endi mustaqillikka erishilgan dastlabki paytda respublikamiziing energiya mustaqilligini ta'minlash 
uchun neft' qazib olish va gaz kondensati ishlab chiqarishga nisbatan qo'proq mablag' ajratishga 
majbur bo'ldi. 
Ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida Davlat mavjud pul va valuta zahiralarini chetdan 
iste'mol buyumlarini sotib olib kelishga emas, ularni cheklab, investitsiya tovarlarini, ya'ni yangi 
texnika va texnologiyalarni sotib olib kelishga qaratadi. Bunday ayrim sohalarga e'tibor va mablag' 
sarflash kuchaytirilgan sharoitda boshqa sohalarga ajratiladigan mablag'larni obyektiv ravishda 
nisbatan kamaytirishga to'g'ri keladi. 
Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi extiyojni qondiriishing muxim yo'li bo'lgan 
ishlab chiqarish imkoniyatlarini xam cheklab qo'yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo'lib 
turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Yangi texnikalar va 
texnologiyalar, bir tomondan, mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini oshirishi, energiya, 
yonilsh, mexnat va boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, yangi 
material, xom ashyo, energiya va boshqa resurslar manbalarini topib, hayotga jalb etish imkonini 
beradi: jumladan, yerning chuqur qatlamlaridagi boyliklarni topish va ishga tushirish, jahon 
okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslaridan foydalanish, quyosh energiyasidan foydalanish 
va h. k Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va extiyojlarni qondirish darajasi o'rtasidagi doimiy va 
mustax,kam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin: 


2-chizma bayoni 
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish imkoniyatlarini va 
binobarin ehtiyojlarni qondirishning darajasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga quyidagi 
muammolarni qo'yadi. 
1. Ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishning optimal variantlarini (eng zarur va tejamli 
turlarini) tanlab olish va resurslarni ko'proq ishlab chiqarishga jalb qilish; 
2. Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab — tergab, samarali foydalanish
3. Fan — texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, material, 
xom-ashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligining 
oshishiga erishish; 
Bu muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo'lishni 
taqozo qiladi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish