O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev


iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti — iqtisodiy



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/202
Sana09.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#487037
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   202
iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti — iqtisodiy 
resurslar cheklangap sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida 
moddiy ne'matlarpi (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol 
qilish jaraspida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo'jalikni samarali 
yuritish qonun — qoidalarini o'rganishdan iborat, deb aytish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarning turli shart-sharoitlarda, zamon va 
makonda shaklan va mazmunan o'zgaruvchanligini, ularni ifoda etuvchi ilmiy tushunchalar, qonun-
qoidalarning ham o'zgarib turishini, ularning doimo harakatda, rivojlanishda bo'lishini o'rganadi. 
Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi turli iqtisodiy voqyea hodisalar va jarayonlarning mazmuni 
hamda mohiyatini o'rganibgina qolmay, ularning o'zaro aloqadorligini, bir-biriga ta'sirini ham taxlil 
qiladi. 
Iqtisodiyot nazariyasi o'rganishi lozim bo'lgan muhim yo'nalishlardan biri cheklangan 
iqtisodiy resurslardan unumli foydalanish, ijtimoiy xo'jalikni samarali yuritish va boshqarish, milliy 
iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning omillari, qonuniyatlari va yo'llarini o'rganish va ko'rsatib 
berishdan iboratdir. Bu esa fanning predmeti, uning maqsadi va vazifalarida yanada oydinroq 
ko'rinadi. 


Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya'ni ham amaliy va 
ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. 
Amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi iqtisodiy o'sishni ta'minlash va shu asosda o'sib 
boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. Uning vazifasi shu maqsaddan kelib chiqib, 
cheklangan turli xil resurslardai samarali foydalanib, uning har bir birligi evaziga ko'proq tovarlar 
ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishni ta'minlash, har bir faoliyat turi bo'yicha xarajatlar miqdori 
bilan erishilgan samara, ya'ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq 
foydalanish yo'llarini topishdan iboratdir. Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi aholini ish bilan 
ta'minlash, pulning qadrsizlanishi oldini olish, aholini ijtimoiy ijtimoiy himoya qilish yo'llarini 
ko'rsatib berish lozim. Iqtisodiyot nazariyasi fani makroiqtisodiyot darajasida tahlil qilib, uning 
sohalari, ko'rsatkichlari, omillari o'rtasidagi bog'lanishlarni, iqtisodiy o'sish yo'llarini aniqlab 
ko'rsatadi va davlatning ichki va tashqi iqtisodiy siyosatida ilmiy asos bo'lib xizmat qiladi. 
Iqtisodiyotning nazariy maqsadi esa, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. Shundan kelib 
chiqadiki, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni kuzatish, ulardagi shakl va mazmun o'zgarishlarini, 
ichki bog'lanish va aloqalarni, ziddiyatlarni, qonun-qoidalarni, tushunchalarni bilib, birinchi 
navbatda, talabalarga, iqtisodchi mutaxassislarga va iqtisodiyot bilan qiziquvchi boshqa xodimlarga 
o'rgatishdan iboratdir. 
Iqtisodiyot nazariyasining biz qayd qilgan amaliy va nazariy tomonlari bir biri bilan 
chambarchas bog'liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga ega bo'lishni, u bilan qurollanish 
zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy bilim esa oldindan ko'ra bilish va amaliy harakat yo'lini to'g'ri 
belgilash imkonini beradi.
Umuman olganda, iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlar, voqyea va hodisalar sirini 
bilishda ilmiy qo'llanmadir. 
Iqtisodiyot nazariyasi fani «Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning 
dunyoqarashini o'zgartirish...» vazifasini ham bajaradiki, bu iqtisodiyotni isloh qilish sohasidagi 
strategik maqsadlardan biri hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun Iqtisodiyot nazariyasi fani 
Prezidentimiz I.A.Karimovning so'zlagan nutq va ma'ruzalarida, asarlarida ko'rsatib berilgan bozor 
iqtisodiyotiga o'tish davri prinsiplarini, o'tishning o'ziga xos yo'lini, o'zining iqtisodiy qonunlarini, 
yo'l-yo'riqlarini, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan qarorlar asosida mamlakatimiz 
oldida turgan iqtisodiy muammolar va vazifalarinng chuqur tahlilini, uni yechish yo'llarini 
yoritmog'i o'tish davri iqtisodiyotining xususiyatlari, ko'p ukladli iqtisodning, turli shakldagi 
mulkchilikning vujudga kelish yo'llari, usullarini ko'rsatib bermog'i lozim. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish