O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev


-§. iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/202
Sana09.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#487037
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   202
2-§. iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti 
Iqtisodiyot nazariyasi fani ijtimoiy fan bo'lib, falsafa, sotsiologiya, psixologiya, xuquq, 
siyosatshunoslik, tarix kabi ijtimoiy fanlar bilan ham chambarchas bog'liqdir, ulardan uslubiy va 
ilmiy ozuqa oladi va ularga ham manba bo'lib xizmat qiladi. Lekin ularning hyech biri iqtisodiyot 
nazariyasi fanining o'rnini bosolmaydi, bu fanning o'z vazifasi va predmeti bor. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini aniqlashni turli nazariy qarashlarni o'rganib, 
sintez qilishdan boshlasak ma'qul bo'lar deb hisoblaymiz. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nima? Bu fan asosan nimani tadqiq qilib, odamlarga 
nimani o'rgatadi? — degan savolning yechimi juda murakkab bo'lib, bu haqda o'tmishda xam, hozir 
ham turli olimlar har xil fikrlar bildirib kelmoqdalar. 
Masalan, Aristotel bu fanni uy xo'jaligini boshqarish qonunlari to'g'risidagi fan deb qaragan 
bo'lsa, merkantelistlar, fiziokratlar va ingliz klassik iqtisodiy maktabi vakillari unga boylik 
to'g'risidaga, uning manbalari va ko'paytirish yo'llari, boylikni ishlab chiqarish, taqsimlash, 
ayirboshlash va iste'mol qilish to'g'risidaga fan deb qaradilar. Keyingi paytda mazkur fanni xalq 
xo'jaligi, ijtimoiy xo'jalik to'g'risidaga fan deb ham hisoblamoqdalar. Ayrimlar iqtisodiyot 
nazariyasi fanini moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqarish qonunlari 
to'g'risidagi fan deb ko'rsatadilar. A. Marshal esa iqtisodiyot nazariyasi (siyosiy iqtisod) fanining 
predmeti insoniyat, jamiyatning normal hayotiy faoliyagani tadqiq qilishdan iborat deb yozadi. 
Iqtisodiyot nazariyasi fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan davrda qator darsliklarda va 
ayrim asarlarda uning predmeti moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish jarayonida kishilar o'rtasida 
sodir bo'ladigan munosabatlarni o'rganishdan iborat deb ko'rsatilgan edi. 
AQShdan, boshqa ba'zi bir mamlakatlardan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklarida 
(iqtisodiyot nazariyasi «Ekonomiks» deb yuritilgan darsliklarda) bu fanning predmeti kishilarning 
moddiy talablarini to'laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan samarali foydalanish 
muammolarini taxlil qilish, kishilarning iqtisodiy hulq-atvorini o'rganishdan iborat deb qo'rsatilgan. 
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o'tilayotgan davrda Rossiya Federatsiyasining turli shaharlarida 
chiqarilayotgan iqtisodiyot nazariyasi darsliklarida bu fanning predmeti bo'yicha bir-biriga yaqin 
bo'lgan ta'riflar berilmoqda. 
Masalan, iqtisod fanlari doktorlari, professorlar L.S. Tarasevich va A.I. Dobrininlar 
boshchiligida chiqarilgan «iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu fan «Ratsional xo'jalik yuritish 
tizimining tarkibiy evolutsiyasini, haqiqiy boylikni va jamiyatning ayrim a'zolari va guruxlarining 
farovonligi, iqtisodiy o'sishning omillari va qonuniyatlarini o'rganadi», deb ko'rsatilgan. 
Akademiklar G.P. Juravleva va V.I. Vidyapinlar boshchiligida chiqarilgan «Umumiy 
iqtisodiyot nazariyasi» nomln darsliqsa professor A.I. Dobrininning fikriga asoslangan holda: 


«Umumiy iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo'lib, cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni 
qondirshi maqsadida moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste'mol 
qilish jarayonlarida kishilar va guruxlarning xulq-atvorini o'rganadi», deyilgan. 
Prof.VD. Kamayev boshchiligidagi mualliflar tomonidan yozilgan «iqtisodiyot nazariyasi 
asoslari bo'yicha darslik» degan kitobda iqtisodiyot fanining predmeti - cheklangan resurslar 
dunyosida ne'matlarni ishlab chiqarishdagi kishilarning xulq-atvori va uni boshqarishni 
o'rganishdan iborat deb ta'kidlanadi. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to'g'risida bildirilgan bu barcha fikrlardan ko'rinib 
turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darslik va boshqa kitoblarda ishlab chiqarish jarayonida kipshlar 
o'rtasida sodir bo'ladigan munosabatlarni o'rganishga aloxdda e'tibor berilgan bo'lsa, 
«Ekonomiks»da va Rossiyada bozor iqtisodiyotiga doir chiqarilgan darsliklarning ko'pchiligida 
asosan kishilarning resurslarga, moddiy ashyo va buyumlarga bo'lgan munosabatini, xatti-harakatini 
o'rganishga, cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanishlariga aloxida e'bor berilgan. 
Bizning fikrimizcha, iqtisodiyot nazariyasi fani masalaning u tomonini ham, bu tomonini 
ham chetda qoldirmasligi, masalaga bir tomonlama yondoshuvga yo'l qo'ymasligi lozim. Chunki har 
qanday mehnat, har qanday ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, eng avvalo, tabiat ashyolari, moddiy 
vositalar, pul mablag'lari orqali amalga oshiriladi va ulardan foydalaniladi. Shuning uchun mavjud 
resurslarga, ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga, ulardan unumli foydalanishga bo'lgan 
munosabat, ishlab chiqarish omillarining o'zaro bog'liqligi va bir-biriga ta'sirida o'rganilishi lozim. 
Boshqa tarafdan, hyech qanday mehnat yoki ishlab chiqarish alohida olingan kishi yoki guruh 
tomonidan, boshqalar bilan aloqalarsiz, munosabatlarsiz amalga oshirilmaydi. Ular ishlab chiqarish 
va xizmat ko'rsatish jarayonida bir-birlari bilan albatta o'zaro munosabatda bo'ladilar va shu 
munosabatga qarab harakat qiladilar, o'z xulq-atvorlarini, xatti-harakatlarini belgilaydilar. Demak, 
iqtisodiyot nazariyasi fani shu munosabatlarning ikki tomonini qamrab olgan bo'lishi, ularni 
o'rganishi lozim. Bundan tashqari mazkur munosabatlar, xatti-harakatlar ishlab chiqarish 
jarayonining o'zidagina emas, balki takror ishlab chiqarishning barcha fazalarida ishlab chiqarish, 
pul orqali ayirboshlash (sotib olish, sotish), taqsimlash va foydalanish, ya'ni iste'mol qilish 
jarayonlarida ham sodir bo'ladi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini aniqlashda shu narsani 
esdan chiqarmaslik kerakki, iqtisodiyotning ko'pgina tomonlari aniq iqtisodiy fanlar tomonidan, 
ya'ni sanoat iqtisodiyoti, savdo iqtisodiyoti, agroiqtisodiyot va agrobiznes, iqtisodiy axborot, mikro 
iqtisodiyot, makroiqtisodiyot, menejment kabi fanlar tomonidan o'rganiladi. 
Iqtisodiyotning ayrim tomonlari esa moliya, soliq va soliqqa tortish, kredit, pul muomalasi, 
bank ishi, bojxona ishi, statistika, ekonomegrika, tashqi iqtisodiy aloqalar, buxgalgeriya hisobi
xo'jalik faoliyati taxlili kabi fanlarda o'rganiladi. 
Iqtisodiyot nazariyasi bu fanlar bilan chambarchas bog'liq holda amal qiladi, ulardan ayrim 
aniq tomonlarni oladi, o'rganadi. Lekin iqtisodiyot nazariyasi fani aniq iqtisodiy fanlarning nazariy 
asosi, ya'ni poydevori hisoblanadi, ularga uslubiy, nazariy yo'nalish beradi. Ularning hammasi 
uchun umumiy bo'lgan ilmiy tushunchalarni, qonun-qoidalarni, iqtisodiyotning turli tarmoqlari, 
sohalari, tomonlari o'rtasidagi aloqadorlikni va o'zaro ta'sirni o'rganadi va aniqlab beradi. 
Mana shularni hisobga olib

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish