O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/202
Sana09.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#487037
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   202
 
Ilmiy abstraksiya usuli 
— taxlil paytida xalal berishi chumkin bo'lgan ikkinchi darajali 
narsalar, voqyea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o'rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga 
e'tiborni qaratishdir. Bu usul yordamida o'rganilayotgan voqyea va hodisaning ichki, ko'zga 
ko'rinmaydigan mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi. 
Tahlil va sintez usuli. 
Tahlil — bu o'rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va 
ularni izchillik bilan tahlil qilish. Sintez — bu o'rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni 
bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. Murakkab iqtisodiy tizimlar ana shu 
yo'l bilan o'rganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab beriladi. 
 
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. 
Iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik dalili tarixiy 
rivojlanish nuqtai-nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini taqozo qiladi. Chunki iqtisodiy 
jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy 
nuqtai-nazardan emas, shu bilan birga asosiy ichki zarur qonuniy bog'lanishlar bo'yicha ham tahlil 
qilinadi. 
Foydalanilayotgan usullar ichida 
eksperiment 
ma'lum o'rin egallaydi, iqtisodiy o'sishning 
keskin o'zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida 
eksperimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish paytida eksperiment 
alohida o'ringa ega. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko'rish, ya'ni 
ilmiy tajriba, eksperiment o'tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo'nalishlarni ishlab 
chiqish talab etiladi. 
Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo'shib olib borish. Mikroiqtisodiy taxlidda 
iqtisodiyotning boshlang'ich bo'g'ini bo'lmish korxona va firmalarning ichki jarayonlarini alohida 
iqtisodiy subyektlarning xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu taxlilda alohida olingan 
tovarlarning xarajatlari, kapital va boshqa resurslardan foydalanishning, baho tashkil topishining, 
ish haqi to'lashning, talab va taklif tarkib topishining shakl va mexanizmlarini o'rganish markaziy 
o'rin tutadi. 
Makroiqtisodiy taxlil makromutanosiblikni ta'minlash asosida milliy iqtisodiyotning 
to'laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug'ullanadi. Milliy mahsulot, bahoning umumiy 
darajasi, inflatsiya, ishchi kuchining ish bilan bandligi masalalari bu taxlil obyekti bo'lib 
hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot o'zaro bog'langan va bir-birn bilan o'zaro ta'sirda 
bo'ladi. 
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, matematik va 
grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik usulni keng o'zlashtirish va 
qo'llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini ifodalashda vositachi bo'lib xizmat qiladi. Aniqroq 
qilib aytganda, grafik usul o'zgaruvchi miqdorlar o'rtasidaga bog'liqlikni ko'rgazmali qilib 


tasvirlaydi. 
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini, ulardagi 
o'zgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin bo'ladi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish