O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/202
Sana09.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#487037
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   202
 
 

bu yerda Ur-real ish haqi ; Un-nominal ish haqi; 
R-iste'mol buyumlari va xizmatlarga baho darajasi. 
Nominal ish haqi-ishlab topilgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa xodimlarning 
iste'moli va farovonlik darajasini xarakterlaydi. 
Respublikamizda nominal ish haqining o'rtacha darajasi 1998 yil 1997 yilga nisbatan 147,4 
% ga (3681 so'mdan 5424 so'mga), real ish haqi esa 153,0 % ga ortgan. 
 
3-§. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari
 
Ish haqining shakllari va turlari. 
Ishlab chiqarishning texnik asoslarvdagi, ishchilar 
mehnatining mazmunidagi, ularga bilim berish va kasb-korlikka o'rgatish borasidagi o'zgarishlar 
munosabati bilan ish haqi shakli va tizimlari ham o'zgarib boradi. Ish haqini tashkil etishda uning 
ikkita asosiy shakli: vaqgbay va ishbay shakllari farqlanadi. 
Vaqgbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatniig sifati va ishlagan vaqtiga qarab 
to'lanadigan ish haqidir. 
U odatda mehnatning natijalarini aniq hisoblab bo'lmaydigan, balki yaar 
aniq vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (masalan, injener-texnik xodimlar va 
xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlar va shu kabilarga haq o'lashda) yoki mahsulot ishlab 
chiqarish texnologik jarayoniing borishi bilan belgilanadigan va bevosita ishchiga bog'liq bo'lmagan 
paytlarda (masalan konveyerlar va avtomat iniyalarida ishlash) qo'llaniladi. 
Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot nqdori yoki bajargai iishning 


miqdoriga qarab beriladigan ish haqidir. 
Mahsulot birligi uchun ratsenka (to'lov), ta'rif 
gavkasidagi haqni ishlab chiqarish normasiga taqsimlash yo'li bilan aniqlanadi. Haq to'lash 
shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish haqining nzimini tashkil qiladi. 
Chunonchi, ishchilarning bir ismiga to'g'ri ishbay tizimi bo'yicha haq to'lanadi. Bunda ishlab 
chiqarish normasi qay darajada bajarilishidan qat'iy razar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun 
belgilangan ratsenka bo'yicha to'lanadi. 
Ishbay-mukofot tizimi bir qancha qo'rsatkichlar uchun mukofot berishni nazarda tutadi. 
Ishbay-progressiv haq go'lashda ishchining belgilab qo'yilgan norma doirasida ishlab chiqargan 
mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan ratsenka bo'yicha ish haqi beriladi, normadan 
yuqorisiga esa oshirilgan haq (ratsenka) bo'yicha pul to'lanadi. Ishbay-ish xaqining tizimida yakka 
tartibdagi, jamoa va ijara pudratida qo'llaniladigan mehnatga haq to'lash farqlanadi. Bunda olingan 
tayyor mahsulot uchun uning sifati va ishlab chiqarish chiqimlarini hisobga olib haq to'lanadi. Haq 
to'lashning jamoa shaklida ish haqi brigada, sex va boshqa bo'linmaning pirovard mehnat 
natijalariga boshiq qilib (qo'yiladi. Bunda har bir xodim faqat o'ziga berilgan shaxsiy 
topshiriqlargagina emas, balki shu bilan birga bo'linmaning butun ish hajmini ham bajarishdan 
manfaatdor bo'ladi. 
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi yordamida amalga 
oshiriladi. Tarif tizimi gajmui yordamida tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo'yicha, ular ichida esa 
ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va 
xizmatchilarning ish haqi darajasi tartibga solib turiladi. 
Tarif tizimi tarif-malaka spravochniklarini va ish haqiga har xil koeffitsiyentlarini o'z ichiga 
oladi. 
Tarif-malaka spravochniklari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil ta'rifi, u yoki bu 
aniq ishni bajaruvchining bilim va ko'nikmalariga qo'yiladigan talablardan iborat bo'ladi, 
shuningdek, unda bu ishni tariflash uchun qo'yiladigan razradlar ham ko'rsatiladi. Tarif setkasida 
razradlardan tashqari ta'rif koeffitsiyentlari ham bo'lib, ular birinchi razradli ishchiga haq to'lash 
bilan keyingi razradli ishchilar mehnatiga haq to'lashning o'zaro nisbatini qo'rsatadi (birinchi 
razradning tarif koeffitsiyenti hamma vaqt birga teng). 
Tarif stavkalari tegishli razradga ega bo'lgan ishchining mehnatiga to'lanadigan haq 
miqdorini belgilab beradi. 
Mehnat qilish sharoiti og'ir va zararli bo'lgan ishchilarga tarif stavkasiga qo'shimcha haqlar 
belgilanadi. Tarif stavkalariga ustamalar shaklidagi haq (razradlar bo'yicha farqlantirilgan) 
professional mahorat uchun belgilanadi. 
Alohida tarmoqning xalq xo'jalik ahamiyatiga qarab amalda ish haqini va mansab 
maoshlarini farqlantirish ishlari amalga oshiriladi. Bunda mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega 
bo'lgan yetakchi tarmoqlarga tajribali, malakali kadrlarni jalb etish, bu tarmoqlarda ishchi va 
xizmatchilar tarkibi barqaror bo'lishini ta'minlaydigan sharoitlarni vujudga keltirish maqsadi 
ko'zlanadi. 
Respublikamizda ham ta'rif tizimi orqali ish haqi tabaqalashtirilib, turli kasblar va ish turlari 
uchun ish haqi to'lashning yagona razradlari aniqlangan. Narxlar o'sishi bilan minimal ish haqi 
darajasi (1-razrad) hamda barcha razradlar ular o'rtasidagi nisbat saqlangan holda oshirib boriladi. 
Masalan, 2000 yil 1 avgustdan boshlab Respublikamizda ish haqining minimal darajasi 2450 so'm 
qilib belgilanib, boshqa razradlarga to'g'ri keladigan ish haqi summasi ham shunga mos ravishda 
oshiriladi. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish