O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti o’zbek tili va professional ta’limkafedrasi kt22-08 guruhi 4-kurs talabasi: Ilhomov Nodirsho Ismoil o’glining



Download 41,52 Kb.
bet1/6
Sana11.02.2023
Hajmi41,52 Kb.
#910088
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xizmat xati


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI O’ZBEK TILI VA PROFESSIONAL TA’LIMKAFEDRASI
KT22-08 guruhi 4-kurs talabasi:
Ilhomov Nodirsho Ismoil o’glining

O’ZBEK TILIDA AKADEMIK VA TEXNIK MULOQOT”


fanidan “ “ mavzusiga yozgan
M U S T A Q I L I S H I


Tekshirdi: F.f.n., dotsent B.X.ABDULXAYROV
Toshkent-2023
REJA:



  1. Kirish

  2. Xizmat xatlari turlari

  3. Xizmat xatlarini yozish tartibi



1. Xizmat yozishmalari hozirgi zamon hujjatchiligida xizmat yozishmalari alohida o'rin egallaydi va juda keng miqyosda qo‘llanadigan hujjatlar oqimini o‘ziga qamrab olgan.
Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil, chunki u tashkilot faoiiyatining turli masalalari bilan bog‘liq. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari, sohalari o'ziga xos xususiyatga ega, tartiboti mavjud. Ish yuritish ham sohaning faoliyatidan kelib chiqqan holda olib boriladi. Ular, asosan, rasmiy xarakterdaligi bilan har bir soha, yo‘nalish uchun xos bo‘lgan hujjat turlariga egaligi bilan ma’lumot-axborot, tashkiliy farmoish guruhiga mansub tiujjatlardan farq qiladi. Til xususiyati jihatidan, ayniqsa, sohalarga oid so‘z va so‘z birikmalarining qo‘llanishi bilan ham o'ziga xoslikka ega.

Xizmat yozishmalariga xizmat xatlari, xodimlar faoliyatiga doir hujjatlar, diplomatik va tijorat yozishmalari, shuningdek, moliya, hisob-kitob, aloqa tizimi pochta xizmatini o‘zida ifodalovchi)da olib boriladigan yozishma, xatlarni kiritish to‘g‘ri bo‘ladi.


Xizmat xatlari tashkilot, korxona muassasa o‘rtasida xizmat aloqalari hujjatlar orqali taiga oshiriladi. Hujjatlar qamrovi keng bo'lib, u turli xildagi mazmunga, iltimos, so‘rov, xabar, tasdiq, taklif, da’vo, ko‘rsatma, javob xarakteriga a bo'lishi mumkin. Bunday xatlar xizmat xatlari deb yuritiladi va ular barcha tashkilotlarda yuritiladigan hujjatlaming deyarli 80 foizini tashkil qiladi.


Xizmat xatlari xususiyatiga ko‘ra o‘zaro farqlanadilar.


Bajariladigan vazifasiga ko‘ra xatlarni:


1) javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo, so‘rov, iltimos xatlar);


2) javobni talab qilmaydigan xatlar (ilova, tasdiq, eslatma, axborot, kafolat itlar va .h.k).


Shunday xatlar borki, ularda ham iltimos, ham eslatish, ham kafolat berish a’nolari mujassamlangan bo‘ladi. Ammo xatlar asosan, bir maqsadga iratilgan bo'ladi, masalan, kafolat xatida kafolat berish ma’nosi ifodalanadi.


Xizmat xatlari tayyor bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Ular oddiy qog‘ozga iziladi, uning chap tomonidagi yuqori burchagiga tashkilot nomi qayd qilingan ‘rtburchak muhr qo‘yiladi.


Har qanday xizmat xati mantiqiy jihatdan o‘zaro bog'liq bo'lgan 3 qismdan orat bo'ladi. Birinchi (kirish) qismida xat bilan tegishli muassasaga murojaat ishga asosiy sabab bayon qilinadi. Ikkinchi qismda dalillar asosida xatda qo'yilayotgan masalani hal qilish zarurligi ko‘rsatiladi. Xatning xulosa (uchinchi) qismida asosiy maqsad ifodalanadi.


Xizmat xatlari qisqa, ammo mazmunan aniq va ravshan boMishi kerak. Hajmi jihatdan katta bo'lmasligi, ya'ni bir betdan ortib ketmasligi kerak. Juda muhim masalalar yozilgan taqdirda, istisno tariqasida 3 betgacha bo'lishi, mufassal bayon qilinishi mumkin.


Xizmat xatlari 2 nusxada yozilib, bir nusxa tashkilotda qoldirilib, bir nusxa jo'natiladi. Xat agarda 2 va undan ortiq joyga yoMlanadigan bo‘Isa, uni oluvchilar 4 tadan oshmasligi kerak. Xizmat xatlari odatda tashkilot nomiga, agarda masalani hal qilinishi rahbar bilan bog'liq bo‘lsa, xat rahbar nomiga jo‘natiladi.


Sarlavha xizmat xatlarida katta ahamiyatga ega. Ular hujjatning qisqacha mazmuni nima haqda ekanligini ko‘rsatib beriladi. Sarlavha qisqa, aniq berilishi qulaylik yaratadi. Sarlavha matndan oldin chap tomonda beriladi.


Xatlar tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi. Rahbar bo‘lmagan hollarda esa uning vazifasini bajaruvchi yoki o'rinbosari imzo chekishi mumkin. Bunday vaqtda lavozim aniq ko‘rsatiladi.


Moiiyaviy, hisob-kitob to‘lov kafolatnomalarida imzo chekuvchilar soni 2 yoki undan ortiq boMishn mumkin. Imzolar lavozimlar tartibiga ko'ra qo'yiladi. Imzodan so‘ng imzo chekkan shaxsning ism-sharifi yoziladi.


Xizmat xatlarining nomi qo'yilmaydi, uning mazmunidan qanday xat ekanligi bilib olinadi.


2. Xizmat yozishmalari muassasa faoliyatiga oid turli masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan talab, iltimos, taklif, kafolat mazmunida amalga oshiriladi. Ularga telefonogrammalar, faksogrammalar, taklifnomalar, xatlar, diplomatik yozishmalar, tijorat yozishmalari kiradi. Xizmat yozishmalarining eng ko‘p tarqalgan turi xatlardir. Xatlar vazirlik, idora, tashkilot va muassasalar orasida xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy hujjat hisoblanadi. Ular vositasida turli ko‘rsatmalar, so‘rovlar, javoblar, tushintirishlar, xabarlar, takliflar, iltimoslar, kafolatlar beriladi yoki qabul qilinadi. Bu hujjatlar umumlashtirilgan holda xizmat xatlari deb yuritiladi. Bajaradigan vazifasiga qarab xizmat xatlari quyidagi turlarga bo‘linadi:

1) javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo xat, so‘rov xat, iltimos xat);


2) javob xatni talab qilmaydigan xatlar (ilova xat, tasdiq xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat, farmoyish xat, taklif xat va boshqalar).
Shuningdek, mazmunida bir necha (kafolat berish, iltimos, eslatish) ma’no ifodalanadigan xatlar ham bo‘ladi. Xizmat xatlari asosan xatlar blanklariga, blank bo‘lmagan hollarda oq qog‘ozga yoziladi. Xat oddiy varaqqa yozilsa, uning yuqori chap burchagiga xatni jo‘natayotgan muassasa nomi ko‘rsatilgan to‘rtburchak muhr qo‘yiladi. Xizmat xatlarining matnini uch qismga bo‘lish mumkin. Birinchi (kirish) qismda xat bilan murojaat qilishga asos yoki sabab ko‘rsatiladi. Ikkinchi qismda xatda qo‘yilayotgan masalani hal qilish zarurligi asoslab beriladi. Uchinchi (xulosa) qismda xat yozishdan ko‘zlangan asosiy maqsad bayon etiladi. Xizmat xatlarining matni imkon qadar qisqa bo‘lishi, shu bilan birga aniq va ravshan tushunilishi kerak. Ularning matnida ko‘chma ma’nodagi so‘z va iboralarni qo‘llamaslik tavsiya etiladi. Xizmat xatlarining asl nusxasi jo‘natilib, ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida saqlanadi. Da’vo xatlari uch nusxada tayyorlanib, 1-nusxasi aybdorga, 2-nusxasi da’vogarga beriladi, 3-nusxasi esa sud idoralariga topshiriladi. Xizmat xatlarining turiga qarab ularni rasmiylashtirishda ba’zi farqlar bo‘ladi. Masalan, axborot va da’vo xatlariga ularning mazmunidan kelib chiqqan holda sarlavha qo‘yiladi. Ilova xat, iltimos xat, ba’zi kafolat xatlarining matnida adresatga uning ismi va otasining ismi bilan murojaat qilinadi. Murojaat “hurmatli”, “muhtaram” so‘zlaridan boshlanadi, “Siz” olmoshi bosh harf bilan yoziladi. Farmoyish xatlari bir necha rahbar, muassasa va bo‘linmalarga yo‘llanadi va ularning adresatlari odatda ko‘plik shaklida yoziladi.Xizmat xatlarida ularning mazmuniga ko‘ra turli jumlalar ishlatiladi. Chunonchi, ilova xatida “yo‘llaymiz”, “yo‘llanadi”, iltimos va so‘rov xatlarida “so‘raymiz”, “so‘raydi”, kafolat xatida “kafolat beradi”, “o‘z zimmasiga oladi”, tasdiq xatida “tasdiqlaymiz”, “oldik”, eslatma xatda “eslatib o‘tamiz”, “yana bir bor iltimos qilamiz” kabi so‘zlar qo‘llanadi. Xizmat xatlari muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Rahbar bo‘lmagan hollarda shunday vakolatga ega bo‘lgan shaxs, ya’ni uning vazifasini bajaruvchi yoki o‘rinbosari, lavozimi aniq ko‘rsatilgan holda imzo chekadi.
Xizmat xatlari quyidagi zaruriy qismlarni o ‘z ichiga oladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi gerbi.
2. Muassasaning ramziy belgi (emblema)si.
3. Mukofotlar.
4. Vazirlik, boshqarma nomi.
5. Tashkilot nomi.
6. Bo'linma nomi.
7. Tasniflagich bo'yicha hujjatning xos raqami.
8. Muassasaning xos raqami.
9. Pochta, telegraf manzili, bankdagi hisob- kitob raqami.
10. Sana.
11. Shartli raqam.
12. Kelgan hujjat shartli raqami.
13. Hujjatning kelish sanasi.
14. Hujjat jo'natiladigan manzil (xatni oluvchi muassasaning nomi).
15. Munosabat belgisi (rezolyutsiya).
16. Nazorat haqida belgi.
17. Matn sarlavhasi (xatning qisqacha mazmuni).
18. Matn.
19. Ilovalar haqida belgi.
20. Imzo.
21. Rozilik belgisi (viza).
22. Kelishuv haqida belgi.
23. Bajaruvchi haqida belgi va uning telefon raqami.
24. Bajarilganlik haqida belgi.
Har qanday xizmat xati mantiqiy jihatdan o ‘zaro bog‘liq bo‘lgan uch qismdan iborat bo‘ladi. Xatning birinchi (kirish) qismida, odatda, xat bilan tegishli muassasaga murojaat qilishga majbur etuvchi asosiy sabab ko‘rsatiladi. Ikkinchi qismida xatda qo‘yilayotgan masalani hal qilish zarurligi dalillar asosida bayon qilinadi.

Download 41,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish