O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti qo’lyozma huquqida


Jamiyatda tarbiyachi kompetensiyasini shakllantirishda, ijtimoiy psixologik asoslari



Download 155,07 Kb.
bet13/19
Sana17.07.2022
Hajmi155,07 Kb.
#817027
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
dissertatsiya

2.2 Jamiyatda tarbiyachi kompetensiyasini shakllantirishda, ijtimoiy psixologik asoslari.
Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiyat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang’ich bilim va tushunchalar beradi,ularga madaniy axloq, o’z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli munosabatda bo’lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo’ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiyatga qiziqish kuzatuvchanlik, o’simlik va hayvonlarga g’amhorlik bilan qarash , mexnatsevarlik, kattalarning mexnatini qadrlash kabi axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi.
Xalq sana’ti, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san’atni bilish, san’atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boriladigan ishda yordam beradi va jamiyatda ijtimoiylashuviga ko’maklashadi. Tarbiyachi kerakli bilim, ko’nikma , malakalarni ma’lum bir izchillik bilan egallab borsagina o’z shaxsini shakllantiradi hamda bolalrni tarbiyalash va ularga ta’lim berfishda yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi kompetensiyasini shakllantirishda va jamiyatda o’z ijtimoiy psixologik jihatlarining samaradorligini oshirishda o’z kasbining moxir ustasi bo’lish uchun maxsus tayyorgarlik ko’rishi shart. U quyidagi shartlarga amal qilishi kerak:

  1. Tarbiyachi yosh avlodni tarbiyalashi uchun yuqori ma’lumotli, kerakli bilimlarnni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan , ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan ilg’or tajribali pedagoklarning tajribasini o’rganib o’z ishiga tadbiq eta oladigan bo’lishi;

  2. Tarbiyachi bolalarni kuzata oladigan ularning hulqi, hati harkati, sabablarini to’g’ri tahlil qilib unga ijobiy ta’sir etuvchi vositalarni topa olishi;

  3. Yosh avlodni kerakli bilim , malaka , ko’nikmalardan xabardor qilish uchun pedagokning nutqi ravon, aniq, mantiqiy ixcham bo’lishi lozim.

  4. Ta’lim berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak.

  5. Bolalar ilim , malaka, ko’nikmalarini yaxshi o’zlashtirib olishlari uchun ularni faollashtirib savollardan foydalanishi;

  6. Tarbiyachi o’ziga yuklangan vazifani bajarishi uchun bolalarda o’sha faoliyatga nisbatan qiziqish uyg’ota olish, ularning diqqatini jalb qilib, faolligini o’stirish, bolalarning hulqini hatti harakatin haqqoniy baxolay olishi;

  7. Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qo’yishi;

  8. Kun tartibinito’g’ri tashkil eta bilishi, bolalar jamosiga undagi har bir a’zoni e’tiborga olgan holda raxbarlik qila bilish;

  9. Bollarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan birga aamlga oshiriladigan ta’lim tarbiyoviy ishlarda e’tiborga ola bilishi;

  10. Tarbiyachi ota- onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o’tkazib axborot almashtirib turishi;

  11. Pedagok bollarga nisbatan xayrihohlik munosabatda bo’lishi, har bir bola uchu qulay sharoit yaratishi, hafa bo’sa ovuntira olishi;

  12. Kun tartibida olib brogan ta’lim tarbiya ishini taxlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo’llarini topa bilishi kerak.

Eng muhimi – tarbiyachi bolalrga ishonch bilan qarashi, ularning mexnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to’g’ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat qilishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. Bunday shaxsiy sifatlar tarbiyachi shaxsini shakllantiradi va jamiyatda ijtimoiy pedagogik jarayonlarning rivojlanishiga yaqindan yordam beradi.
M.G.Davletshin o’z izlanishlarida tarbiyachi qiyofasida aks etishi zarur bo’lgan shaxsiy va kasbiy sifatlarni yaxlit majmuo tarzida quydagicha ifodalaydi:
1.Tarbiyachining shaxsiy xususiyatlari (bolalrni yaxshi ko’rish, amliy psixologik, aql farosatlilik, mexnatsevarlik, jamoat ishlarida faollik, mehribonlik, kamtarinlik, odamiylik, dilkashlik, uddaburonlik, mustahkam harakterga ega bo’lish, o’z bilimini oshirishga intilish).
Kasbga xos bilimlarga egalik (ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad vazifalarini tushunishi, psixalogiya asoslarini, yosh psixalogisini bilishi zarur maktabgacha yoshidagi bolalarning psixalogik – pedagogik xususiyatlarini tushunishi, o’z faninio’qitish metodikasini bilishi, tarbiyalanuvchilarga tarbiyoviy ta’sir etishning samaradorligini bilishi, ota onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyoviy ishlarning mazmunini bilishi).
1. O’z kasbiga xos hislatlarga egalik ( zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotida olib boriladigan o’quv tarbiya jarayonida umuminsoniy boyliklar milly ananalar va urf – odatlarning ahamiyatini tushunishi tarbiyachining kuzatuvchanligi, o’z diqqat e’tiborini taqsimlay olishi, pedagogik fantaziyaning rivojlanishi, o’ziga tanqidiy munosabatda bo’lishi, o’zini qo’lga ola bilishi, pedagogik takt, nutqning emmotsional ifodalanishi ).
2.Shaxsiy pedagogik uddaburonligi ( mashg’ulotlar uchun zarur materiallarni tanlay bilishi, tarbiyalanuvchilarning bilish qobiliyatini boshqara bilishi, ta’lim va tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning ongining taraqqiy etib borishini istiqbolli ravishda rejalashtira olishi, edagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni bilishi, mashg’ulot maqsadlarini rejalashtira olishi, o’zini ta’lim tarbya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olishi).
3.Komunikativlik malakalariga ega ekanligi ( bolalarni o’ziga jalb etishni bilishi, bolalar va ota onalar bilan pedagogik munosabatni tartibga solishni bilishi, bolalrning jamoalararo va jamoa ichidagi o’zaro munosabatlarni tartibga solishni bilishi, bolalar va ota – onalar bilan tashqaridan aloqa bog’lashni bilishi).
Ijodiy hislatlarga egalik (tarbiyachi mahoratini takomillashtirishga intilishi trbiyalanuvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish qobiliyati, o’zini bolaning o’rniga qo’yib bo’lib o’tgan hodisalarga uning nazari bilan qaray olishi o’zining tarbiyalanuvchilarga pedagogik ta’sir natijalarini oldindan ko’ra bilishi).
Jamiyatda tarbiyachi modelini shakllantirishning ijtimoiy va psixalogik tayyorgarligi – tarbiyachining ta’lim tarbiya jarayonining qonun qoidalarini o’zlashtirishi, pedagogik , psixalogik bilim malakalarga ega bo’lishi, ta’lim oluvchi shaxsining yosh va individual xususiyatlarini bilishi hamda ularning psixalogik holatni boshqara olish, ta’lim jarayonini , uning mazmuni, tamoyillari, ta’limni tashkil etishning shakl, metod, va vositalari haqida dastlabki nazariy ma’lumotlarga egalik darajasidir. Jamiyatda tarbiyachi modelini shakllantirishda uning ta’lim tarbiya jarayonini tarbiyalanuvchilar bilan olibborish jarayoni muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagok o’zining tarbiyachilik mahoratini milliy istiqlol g’oyasini ozod va obod vatanga muxabbat va insonparvarlik ma’naviy axloqiy tarbiya, iqtisodiy tarbiya, ekalogik tarbya, nafosat tarbiyasi, komil insonni voyaga yetkazish kabilarga e’tabor berishi lozim.
Bexbudiy aytganlaridek “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”, Ibn Sino ta`kidlaganidek “ Kimga qanday pand-u nasixat qilsan, unga avvalo o’zing amal qilasan”. Quyida keltirilgan barcha ko’rsatmalar tarbiyachi kompetensiyasini shakllantirishning ijtimoiy psixologik asoslarini tashkil etadi.



Download 155,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish