O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi


-rasm. Havoni aralashtirish kamerasi sxemasi



Download 11,87 Mb.
bet32/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

3.10-rasm. Havoni aralashtirish kamerasi sxemasi:

1 – tashqi havoni kiritish quvuri;


2 – ijrochi mexanizm; 3 – posangi;

4 – havo quvuri; 5 – aralashtirish kamerasi zaslonkasi; 6 – magistral havo quvuri; 7 – havoni aralashtirish kamerasi; 8 – kalorifer


Faol shamollatishning avtomatlashtirilgan tizimi saqlanayotgan mahsulotning turli uchastkalarida haroratni tenglashtirish imkoniyatini beradi, hamda buning uchun ombor ichidagi havoni olib uni tashqi havo bilan aralashtirmasdan ya’na omborga qayta yo‘naltiriladi. Havoni bunday aylanishi retsirkulyasiya deyiladi. Bunday shamollatish qishki davrda muhim bo‘lib, chunki bu davrda tashqi havo harorati kerakli haroratdan past va saqlanayotgan mahsulot etarlicha sovutilgan bo‘ladi. Retsirkulyasiya sabzavot va kartoshkani saqlashda nafas olish jarayonida hosil bo‘lgan namlikni bartaraf etishda ham qo‘llaniladi. Ba’zi omborlarda shamollatishda qo‘llaniladigan havoni kaloriferlar yordamida isitish rejalashtiriladi. Masalan namligi bir muncha yuqori bo‘lgan tashqi va retsirkulyasiyalangan havo kaloriferlarda qizdirilib bir oz quritiladi. Agarda retsirkulyasiyalangan havo haroratini tushirish lozim bo‘lsa tashqi havo isitilmaydi. SHamollatish uchun zarur bo‘lgan haroratdagi havoni hosil qilish uchun aralashtirish kamerasida tashqi va retsirkulyasiyalangan havo kerakli miqdorda aralashtiriladi.
Havoni aralashtirish kamerasi (3.10- rasm) tashqi havoni kiritish quvuri 1 va magistral havo quvuriga 6 biriktirilgan. ‘osangili 3 aralashtirish kamerasi zaslonkasi 5
ijrochi mexanizmga 2 ulangan. Zaslonka 5

o‘zining joylashish holatini o‘zgartirishi mumkin, hamda tashqi quvurdan kiruvchi havo va havo quvuridan 4 keluvchi retsirkulyasion havoni kamerada 7 aralashini ta’minlab magistral quvurga yo‘naltirish vazifasini bajaradi. Bundan tashqari zaslonka o‘zining joylashish holatiga ko‘ra magistral quvurga faqatgina tashqi havoni yoki retsirkulyasion havoni magistral quvurga yo‘naltirishi ham mumkin.
Ombordagi belgilangan havoning nisbiy namlik darajasini ta’minlashda turli tizimli havoni namlovchi va qurituvchi jihozlardan foydalaniladi.
3.11...3.13 – rasmlarda saqlash omborlarida keng foydalanib kelinayotgan ba’zi havoni namlash jihozlarining sxemasi keltirilgan.
Rotatsion havo namlagich (3.11-rasm) shamollatish kanaliga (taglik 2 tirqishiga) shunday o‘rnatilishi kerakki, yo‘naltiruvchi apparatning 7 qirrasi shamollatish kanalining ichki pastki sirti bilan bir darajada bo‘lishi, suv turuvchi idish 6 esa kanal ostida qolishi lozim.
Bundan tashqari rotatsion havo namlagichni ilgaklar yordamida shift ostiga va quritish konstruksiyalarning tayanch elementlariga osib ko‘yib unga suv quvurlari va elektr kabellarini ulash orqali foylanish ham mumkin.
Rotatsion (diskli) havo namlagich diametri 500 mm li teshikli muvozanatlanuvchi diskdan 3, suv oluvchi konus 4, suv to‘‘lovchi voronka 5, ‘o‘kakli kla’anli suv baki 6 va elektrodvigateldan 1 (40 kg/soat suvni bulatishda 0,45 kVt, 160 kg/soat suvni bulatishda esa 0,75 kVt quvvatga ega) iboratdir.


3.11-rasm. Rotatsion (diskli) havo namlagich:

1 – elektrodvigatel; 2 – taglik; 3 – teshikli muvozanatlanuvchi disk;
4 – suv oluvchi konus; 5 – suv to‘‘lovchi voronka; 6 – ‘o‘kakli kla’anli suv baki; 7 – yo‘naltiruvchi apparat

Havo namlagich quyidagicha ishlaydi. Suv oluvchi konusning 4 aylanishida suv diskning 3 pastki yuzasiga so‘rilib yupqa plyonka ko‘rinishida yoyiladi va diskning qirrasiga qarab yo‘naladi. Disk qirrasidan suv juda mayda zarrachalar ko‘rinishida aylanuvchi disk va yo‘naltiruvchi apparat 7 oralig‘idagi havo bilan aralashib sochiladi. Suvning yirik zarrachalari esa suvli bakga qaytib tushadi.


AUV avtomatik bug‘li namlagich mevani saqlash omborlarida qo‘llanadi. Asbob (3.12-rasm) suvni isitish uchun mo‘ljallangan quvvati 0,16 kVt li quvursimon elektrisitgich 6 joylashtirilgan issiqlikni izolyasiyalovchi korpusdan 7 tashkil to‘gan. Elektisitgichning suvdan chiqib turgan qismi 116...120 °S gacha bo‘lgan bug‘ hosil qilish uchun xizmat qiladi. Suvning sathi qalqib turuvchi klapanlar 3,8 yordamida boshqariladi. Bug‘latgichga yuboriladigan suv quyqa hosil bo‘lishiga qarshi magnitli moslama 1 va filtrdan 2 o‘tkaziladi. Hosil qilingan bug‘ bosim ostida namlagich korpusi qo‘qog‘ida 5 o‘rnatilgan chiqarish kla’ani 4 orqali sovuq havo oqimiga chiqarib yuboriladi. AUV bug‘li namlagichi bir soatda 20 kg bug‘ hosil qiladi.
Omborda saqlanayotgan mahsulot ustida o‘rnatilan shamollatish kanallari orqali havoni namlash uchun 1B–06 tipidagi forsunkalardan (3.13-rasm) ham foydalaniladi. Forsunka diametri 0,8 mm tirqishli nakonechnikdan 1, vintli suv purkag‘ichdan 2 va quvurni 9 nakonechnik bilan biriktiruvchi gaykadan 9 iboratdir. Biriktirish zichligini ta’minlash uchun prokladkalar 3,4, 5 va halqadan 8 foydalaniladi. Suv quvurida nakonechnik forsunkasi tirqishi suvdagi begona zarrachalar bilan to‘lib qolmasligi uchun to‘rsimon filtr 7 mavjud.

3.12-rasm. AUV avtomatik bug‘li namlagich sxemasi:

1 – quyqa hosil bo‘lishiga qarshi magnitli moslama; 2 – filtr; 3, 8 – qalqib turuvchi kla’anlar; 4 – chiqarish kla’ani; 5 – korpusi qo‘qog‘i;
6 – quvursimon elektrisitgich; 7 – issiqlikni izolyasiyalovchi korpus

Havoni namlashning bunday tizimidan foydalanishda forsunkalar magistral kanalga juft qilib o‘rnatiladi. Forsunkalarning biri suvni havo oqimi yo‘nalishi bo‘ylab, ikkinchisi esa qarama qarshi tomonga ‘urkaydi. Filtrdan o‘tgan suv forsunkaga bakdan nasos yordamida uzatiladi. Forsunkaga uzatiladigan suv miqdori ventil yordamida, bosim esa manomert bilan boshqariladi.


Ventilyator yordamida uzatilayotgan havo forsunkalar orqali mayda zarrachalar holida ‘urkalayotgan suv bilan namlanib magistral kanallar bo‘ylab harakatlanib havo tarqatish quvurlari orqali omborga yoyiladi. Masalan havoni namlashda ish unumi 30 000 m3/soat bo‘lgan bir dona CH- 70 №10 ventilyatori uchun bir juft 1B–06 forsunkasi etarli bo‘ladi.
3.13-rasm. Suvni ‘urkash uchun mo‘ljallangan 1B–06 forsunka sxemasi:

1 – nakonechnik; 2 – suv ‘urgagich; 3, 4, 5 – ‘rokladkalar; 6 – quvur; 7 – to‘rsimon filtr; 8 – halqa; 9 – gayka

Faol shamollatish tizimi ishini to‘liq avtomatlashtirish uchun quyidagilardan foydalaniladi:



  • bir dona shamollatish qurilmasi bilan jihozlangan ombor uchun SHAU-AV, SHAU-AVM tizimidan;

  • ikki – to‘rtta shamollatish qurilmasi bilan jihozlangan ombor uchun SHAX-1 tizimidan;

  • besh – sakkiz dona shamollatish qurilmasi bilan jihozlangan ombor uchun “Sreda-1” tizimidan;

  • bir yoki to‘rtta shamollatish qurilmasi bilan jihozlangan piyoz ombori uchun “Sreda-2” tizimidan.

“Sreda-1” tizimi bir necha variantlarda ishlab chiqariladi: “Sreda-1–5” – beshta, “Sreda-1–6”

  • oltita, “Sreda-1–8” – sakkizta shamollatish kameralari va shunga mos ravishda boshqarish bloklar bilan ta’minlangan holda. Har bir blok bitta shamollatish kamerasi, ikkita elektrokalorifer va sovutish mashinasini boshqarishga moslashtirilgan.

“Sreda-1” tizimi quyidagilarni ta’minlaydi:

    • harorati mahsulot haroratidan past bo‘lgan tashqi havoni uzatishni;

    • dasturga ko‘rassirkulyasiya, retsirkulyasiya yoki tashqi va ichki havoni aralashtirish rejimini amalga oshirish uchun ventilyatorlarni ishga tushirish va o‘chirishni;

    • belgilangan rejim qiymatigacha havoni isitish yoki sovutishni;

    • mahsulot haroratini oshib yoki tushib ketishini favqulodda himoya qilishni;

    • saqlash kamerasidagi maqbul haroratni avtomatik ta’minlashni.

“Sreda-1” tizimida harorat datchiklari sifatida logometrlardan foydalaniladi. Ushbu datchiklar mahsulotdagi, shamollatish kamerasidagi, omborning yuqori zonalaridagi haroratni o‘lchovchi nuqtalar bo‘yicha joylashtirilgan bo‘lib, nuqtalar soni 39 tani tashkil etadi. Bundan tashqari tizimda ventilyator ishini talab etiladigan rejimga: “Davolash”, “Sovutish” yoki “Saqlash” rejimiga o‘tkazuvchi universal ‘ereklyuchatel va boshqarishni qo‘l yoki avtomatik tarza o‘tkazuvchi ‘ereklyuchatellar mavjud.
Madomiki omborlarni sovuqlik bilan ta’minlash markazlashgan (umumiy kompressor qurilmasidan) yoki avtonom sovutish mashinalaridan foydalangan holda amalga oshirilar ekan, “Sreda-1” tizimida sovuqlik bilan ta’minlashni biri qurilmadan ikkinchisiga o‘tkazish tumbleri o‘rnatilgan.
Omborxonaning turli zonalaridagi haroratni boshqarish uchun haroratni nazorat qiluvchi quyidagi markadagi moslamalar o‘rnatiladi: omborning yuqori zonalarida – BIZ-11, saqlanayotgan mahsulotda – BIZ-12, shamollatish kanallarida – BIZ-11’.
3.14-rasmda 1000 tonna mahsulot sig‘imiga ega bo‘lgan ombor uchun “Sreda-1” tizimining avtomatik datchiklarning joylashish sxemasi keltirilgan.
Omborning turli zonalarida o‘rnatilgan haroratni o‘lchash datchiklarining signal va nazorat chiroqlari boshqarish bloki panelida 1 joylashtirilgan.
Haroratni boshqarish datchigi 4 omborning pastki zonasida, datchik 7 va ya’na bir nafar haroratni boshqarish datchigi 6 saqlanayotgan mahsulotda joylashtirilgan.
Shamollatish shaxtasiga yuborilayotgan havo oqimi datchik 10, havo harorati esa boshqarish datchigi 11 yordamida amalga oshiriladi.
Magistral kanalda o‘rnatilgan haroratni nazorat qiluvchi moslama 12 mahsulotni sovub ketishdan himoya qiladi. Tashqaridan kiritilayotgan havo harorati past bo‘lganda bir qism havo ombor ichidan havoni aralashtirish kla’ani 14 yordamida olinadi.
Elektrokalorifer 5 omborga yuborilayotgan havoni isitish uchun xizmat qiladi.
Ventilyator 13 havonissirkulyasiyalash uchun qo‘llaniladi.Mahsulot uyumi ostida joylashtirilgan shamollatish kanalidan 9 chiqayotgan havo shiberlar 8 yordamida boshqariladi.
Nazorat datchiklari tomonidan aniqlangan harorat logometr 3 tomonidan ko‘rsatib boriladi, kerakli nazorat datchikiga o‘tish ‘ereklyuchatel 2 yordamida amalga oshiriladi.
Saqlashga joylashtirilgan mahsulot va shamollatishda foydalaniladigan tashqi havoning haroratlari o‘rtasidagi farq datchiklar 16 orqali boshqariladi.
Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash omborlarida foydalanadigan shamollatish va sun’iy iqlim yaratish tizimi ishini avtomatlashtirish uchun ko‘pgina yangi texnik vositalar yaratilgan. Ombordagi mahsulot haroratini nazorat qilish uchun masofadan turib boshqariladigan ‘ET-TS, TET-2, TB-1, DT ti’idagi T’T termometrlar, shamollatish tizimida haroratni nazorat qiluvchi moslamalardan foydalaniladi.
Havoning nisbiy namligini o‘lchash uchun gigristor deb nomlanuvchi datchik ishlab chiqarilgan bo‘lib, ushbu moslama havodagi namlikni nazorat qilishdan tashqari mahsulotda yuzaga kelgan kasallik o‘chog‘larini ham aniqlaydi. Olib borilgan izlanishlarda ma’lum bo‘lishicha hosil bo‘lgan kasallik o‘chog‘lari atrofidagi 0,5...1,0 metr masofada havodagi namlik miqdori odatdagidan ko‘ra 10% ga yuqoriroq bo‘lar ekan. Saqlanayotgan mahsulot yuzasida o‘rnatilgan gigristorlar xuddi shunday vazifani bajaradi.
3.14-rasm. “Sreda – 1” tizimidagi avtomatika datchiklarining joylashish sxemasi:

1 – boshqarish bloki paneli; 2 – ‘ereklyuchatel; 3 – logometr; 4, 6, 11 – haroratni boshqarish
datchiklari; 5 – elektrokalorifer; 7, 10, 16 – datchiklar; 8 – shiber; 9 – shamollatish kanali; 12 – haroratni nazorat qiluvchi moslama; 13 – ventilyator; 14 – havoni aralashtirish kla’ani; 15 – shamollatish shaxtasi

Ko‘rsatuvchi va yozib boruvchi qurilmalar sifatida “Texnograf-160M” asbobidan foydalaniladi. Bu asbob harorat, namlik, bosim, sarf, sath va boshqa texnologik ‘arametrlarni qayd etuvchi datchiklarning standart signallarini 12 kanal bo‘yicha qabul qiladi va yozib boradi.


Ushbu qurilmaning raqobatbardosh afzalliklari va tuzilishiga oid xususiyatlari: zamonaviy element bazasi; galvaniq ajratilgan 12 ta kirish joyiga ega; har qanday birlikdagi signallarni qabul qilish; kun va vaqtni bir paytda qayd qilgan holda eni 160 mm li diagrammali lentaga o‘lchangan qiymatlarni analog yoki raqamli ko‘rinishda yozib boradi; o‘lchanayotgan qiymatlarni raqamli tabloda ko‘rsatadi; o‘rnatilgan RS232 interfeys ma’lumotlarni 8 metr masofagacha, RS485 interfeys esa bir necha kilometrgacha uzatadi; ma’lumotlarni cho‘ etishda 8 xil rangdan foydalanadi; datchiklarni soddalashtirilgan tarzda ulash imkoniyati.
Hozirgi kunda barcha zamonaviy ob’ektlar uchun muhandislik tizimlarini avtomat tarzda nazorat qilish odatiy holga aylangan. Dasturlashtirilgan mikro‘rotsessorlardan foydalanish jihozning doimiy o‘zgaruvchan ish sharoitlariga o‘z vaqtida va to‘g‘ri javob berishga imkon beradi. Bundan tashqari, saqlash joylarida shamollatish va havoni tozalash tizimlarini samarali boshqarish energiya resurslarini tejash imkonini beradi, uskunalar uchun ortiqcha ish Yukini kamaytiradi.


Nazorat savollari

  1. Meva va sabzavotlar uchun statsionar omborlar qanday tashkil etiladi?

  2. Statsionar omborlar qanday belgilariga ko‘ra farqlanadi?

  3. Omborlarning qurilish konstruksion xususiyatlari o‘zida nimalarni mujassamlashtiradi?

  4. Omborlarda saqlash rejimlarini boshqarish tizimi qanday tashkil etilgan va ishlaydi?

  5. Statsionar omborlarda faol shamollatish qanday amalga oshiriladi?

  6. Omborlarda qo‘llaniladigan avtomatlashtirilgan faol shamollatish tizimi afzalliklarini aytib o‘ting?

  7. Shamollatish tizimidagi aralashtirish kla’ani ishlash tizimini bayon eting?

  8. Rotatsion havo namlagich tuzilishi va ishlashini bayon eting?

  9. Meva omborlarida qanday havo namlagichlardan foydalaniladi?

  10. Omborlarda mahsulotni joylashtirish usullarini bayon eting?
12-ma’ruza: Don mahsulotlarini saqlash omborlari


Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish