O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi


Don omborxonalarining tasnifi va ularga qo‘yiladigan talablar



Download 11,87 Mb.
bet33/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

Reja:
    1. Don omborxonalarining tasnifi va ularga qo‘yiladigan talablar

    2. Don omborxonalariga qo‘yiladigan talablar
    3. Don uyumini saqlash tartibi.

Adabiyotlar: 2,3,5,6,8,9,10


Tayanch iboralar: Don omborxonalarining tasnifi, Don massasini quruq holatda saqlash Elevatorlar, Nur yordamida sterillash, Aerotarnov


    1. Don omborxonalarining tasnifi va ularga qo‘yiladigan talablar

Don ishlab chiqarishning mavsumiyligi va yil davomida iste’mol qilish uchun yetarli zaxiralarning kerakligi donni ko‘p miqdorda saqlashni talab qiladi. Don zaxira sifatida hamda qishloq xo‘jaligini urug‘lik mahsuloti bilan ta’minlash uchun saqlanadi.
Donni qabul qilish, saqlashga tayyorlash va donni yo‘qotishsiz to‘liq saqlanishini ta’minlash elevator — omborxona sanoatining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Elevator sanoati quyidagi vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan:

  • o‘z vaqtida xo‘jaliklardan donni qabul qilish va saqlash vaqtida uning sifatini yaxshilash;

  • sanoat hamda savdoni don va uni qayta ishlash mahsulotlari bilan ta’minlash;

  • zaxira yaratish va saqlash.

Don ham istalgan mahsulot singari omborxonada ishlov bermasdan va tashishsiz iste’molga tayyor bo‘lmaydi. SHu sababli omborxonalarning ishlab chiqarish funksiyasi katta ahamiyatga ega.
Donni saqlash xonasi – don omborxonasi deb ataladi.
Saqlanadigan don massasi, maqsadi, texnik ta’minlanganligiga qarab don omborxonalari: oddiy – bostirma va omborlar;
mexanizatsiyalashtirilgan omborxonalar; elevatorlar – donni tozalash, quritish va ko‘chirish uchun mashina va apparatlar bilan jihozlangan, don maxsus vertikal sig‘imlarda saqlanadigan inshootlarga bo‘linadi.


Don omborxonalarining tasnifi

Elevator sanoatining korxonalari donni saqlash usuli va mexanizatsiyalashtirilganlik darajasiga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Turlarga bo‘lishda donni saqlash davomiyligi ham hisobga olinadi.
Don uyum holida va idishlarda saqlanadi. Yumshoq idishlarda faqat urug‘lik donlar hamda saqlashga kam miqdorda keltirilgan ba’zi o‘simliklarning donlari saqlanadi. Bir qator mamlakatlarda donni tashish uchun qattiq taralar – konteynerlardan foydalaniladi.
Donni uyum holida saqlash ikki turga bo‘linadi: yerda va siloslarda.
Birinchi usulda uyumning balandligi 5–6 m, siloslarda esa don uyumining balandligi 40 m gacha yetadi.
Korxonalarda donni vaqtinchalik va uzoq muddat saqlashga mo‘ljallangan omborxonalar bo‘lishi mumkin. Vaqtinchalik omborxonalar don ommaviy tarzda keltirilganda va uzoq muddatli saqlashga mo‘ljallangan omborxonalar to‘lganda kerak bo‘ladi.
Mexanizatsiyalashtirish darajasiga qarab omborxonalar mexanizatsiyalashtirilmagan va mexanizatsiyalashtirilgan turlarga bo‘linadi.
Mexanizatsiyalashtirilmagan omborxonalar gorizontal va qiya polli bo‘lishi kerak. Ikkinchi turdagi omborxonalar o‘z-o‘zidan bo‘shatiladigan hisoblanadi. Gorizontal polli omborxonalar pastki konveyerga o‘z oqimi bilan faqat qisman bo‘shatiladi. Omborxonalarning (elevatorlarga nisbatan) afzalliklariga qurilish tannarxining pastligi (mexanizatsiyalashtirilgan omborxonalar), mahalliy
qurilish materiallaridan foydalanish imkoniyatining mavjudligi, tez qurib bitkazilishi, nisbatan namligi yuqori bo‘lgan donni saqlash imkoniyatining mavjudligi kiradi.
Elevatorlar – siloslarga ega hamda to‘liq mexanizatsiyalashtirilgan don omborxonalari bo‘lib, donni yaxshi saqlanuvchanligini ta’minlaydi.
Elevatorlarning afzalliklariga don bilan bog‘liq jarayonlarning to‘liq mexanizatsiyalashtirilganligi, donning saqlanuvchanligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarga kam mehnat sarflanishi, qurilish hajmidan yaxshi foydalanish, donning kam yo‘qotilishi, donning tashqi muhitdan yaxshi ajratilganligi, qurilish maydonining kichikligi kiradi.
Mexanizatsiyalashtirilgan omborxonalarni qurishga sarflanadigan xarajatlar ishchi va bo‘shatish minoralari, birlashtiruvchi ayvonlar, temiryo‘l va avtomobillarning kirish joylarini uzaytirish, maydonning kattalashishini hisobga olganda elevatorlarni qurish tannarxiga mos keladi. Bunda shuni hisobga olish kerakki, omborxonalarning xizmat qilish muddati elevatorlarnikidan kam, ulardan foydalanish xarajatlari esa katta bo‘ladi.
Don omborxonalarini qurishda qurilish materiali sifatida asosan yog‘och va temir-betondan foydalaniladi. Yog‘och omborxonalar bir qator afzalliklarga (issiqlik o‘tkazuvchanligining kichikligi, yaxshi gigrosko‘ikligi, ishlov berishning osonligi, qurilishning tezligi va oddiyligi) ega bo‘lishiga qaramasdan yong‘in xavfining mavjudligi va kam muddat xizmat qilganligi sababli hozirda qurilmaydi.
    1. Don omborxonalariga qo‘yiladigan talablar

Don omborxonalariga texnologik, konstruktiv va iqtisodiy tavsifga ega bo‘lgan talablar qo‘yiladi. Bir qator texnologik talablar donning tirik organizm sifatidagi xususiyatlari bilan asoslangan. Don omborxonalari birinchi navbatda o‘zining asosiy funksiyasini bajarishi, ya’ni donning miqdoriy va sifat saqlanuvchanligini ta’minlashi kerak.
Buning uchun u mustahkam bo‘lishi, donning devorlarga va polga beradigan bosimiga, shamolning bosimiga va atmosferaning yemiruvchi ta’sirlariga chidamli bo‘lishi zarur. Saqlanadigan donga yer osti suvlari va atmosfera yog‘inlari tushmasligi lozim.
Don sifatining saqlanuvchanligini ta’minlash uchun devorlar va pollar ichki yuzasining issiqlik o‘tkazuvchanligi kichik va gigrosko‘ik bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Birinchi talabga javob bermaydigan devorlar donni tashqi muhit haroratining o‘zgarishidan himoya qila olmaydi. Omborxonadan tashqarida haroratning pasayishi natijasida devorlarning ichki yuzasida suv bug‘lari kondensatsiyalanadi. Bu holat devorlar po‘latdan tayyorlanganda juda xavfli hisoblanadi.
Devorlar ichki yuzasining gigrosko‘ik bo‘lishi donni kondensatsiyalangan namlikda yaxshi himoyalaydi.
Don omborxonalarining konstruksiyasi donga zararkunandalar tushishi va ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratmasligi va zararsizlantirishni amalga oshirish hamda zararkunandalarga qarshi kurash uchun sharoitlarga ega bo‘lishi kerak. Faol shamollatish va donni gazlashni amalga oshirish hamda don omborxonasining o‘zi devorlariga gaz o‘tkazmaslik talablarini qo‘yadi.
Don omborxonalaridagi barcha texnologik jarayonlar mehnat unumdorligi yuqori bo‘lishini ta’minlashi kerak. Ana shunda belgilangan ish o‘z vaqtida bajariladi.
Don omborxonalari donni tozalash va quritish uchun donni tozalash mashinalari va don quritgichlar bilan ta’minlanadi. Uning tarkibi va unumdorligi kelayotgan don miqdoriga to‘g‘ri kelishi kerak.
Don omborxonalariga shamollatish qurilmlari o‘rnatiladi, chunki don ko‘chirilganda chang ajraladi. Ajralgan chang changyutkich va ventilatorlar yordamida tozalanadi. Don saqlanadigan omborxona doimo toza saqlanishi kerak.
Don omborxonalarining sxemasi, konstruksiyasi va tuzilishi inshoot tannarxining kichikligi va qurilish materiallari kam ketishi singari talablarga javob berishi zarur. Bunda inshootning
mustahkamligi, ishonchliligi, uzoq muddat foydalanishi va yong‘in xavfsizligi talablariga javob berishi kerak.
Don omborxonalari aloqa yo‘llariga yaqin joyda quriladi. Ularning hajmi rejalashtirilgan don miqdorini qabul qila olishi zarur. Turli don turkumlarini joylashtirish uchun yetarli miqdorda alohida saqlash joylariga (bo‘limlar, siloslar, bunkerlar) ega bo‘lishi kerak.
Don omborxonalaridan foydalanishga sarflanadigan barcha xarajatlar kichik miqdorda bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Don omborxonalari mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga javob berishi lozim.
    1. Don uyumini saqlash tartibi.


Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish