O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi



Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/314
Sana05.07.2022
Hajmi4,29 Mb.
#741176
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   314
Bog'liq
микроб 2курс фарм

Nazorat savollari 
1. Viruslarning hujayraga kirishi usullari haqida ma'lumot bering? 
2. Virus DNK sining sintezi uchun kerakli qismlarni (komponentlar) aytib
 
bering? 
3. Virus RNK si va uning sintezi qanday amalga oshadi? 
4. Virus nuklein kislotalarini sintezida substrat bo`lib nima xizmat qiladi? 
5. Virus DNK si sintezida ishtirok etuvchi fermentlar va ularning vazifalarini aytib bering? 
6. Virus DNK si sintezidagi Noyob nukleoitid, uni sintezlashda ishtirok etuvchi ferment va uning 
tavsifi? 
4.Mavzu: Dorivor o’simliklar xom ashyosining mikroflorasi. O’simliklarda kasallik 
qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar. Tayyor dorilarning mikroflorasi va aniqlash usullari
Reja: 
1.
O‘simliklarda uchraydigan mikrorganizmlarning asosiy turlari va ular to‘g‘risida 
ma’lumot. 
2.
O‘simliklarda uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari. 
3.
Dori-darmonlar va dori vositalarining mikrob bilan zararlanish manbalari, oldini olish 
choralari. 
Tayanch iboralar:
fitopotogen, rizosfera zonasi, epifit, qatron (o‘mola), zang, chirish , kuydirish 
 
O‘simliklarda uchraydigan mikroorganizmlarning asosiy turlari va ular to‘g‘risida 
ma’lumot 
Dorilarni tayyorlashda har xil o‘simliklardan foydalaniladi yoki ko‘pgina o‘simliklardan 
qaynatma, damlamalar tayyorlanadi. Dorivor modda va tayyor dori-darmonlar tarkibida turli xil 
mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin. O‘simliklardan olinadigan dorivor moddalarning mikroblar 
bilan zararlanishi o‘sha o‘simlik turi va uning o‘sib chiqishi uchun zarur bo‘lgan shart – 
sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. CHunki o‘simliklar atrof muhitdagi ayniqsa, tuproq tarkibidagi 
mikroorganizmlar bilan zararlangan bo‘lishi ham mumkin. 
Lekin shuni hisobga olish kerakki, dorivor o‘simliklar xom ashyosida o‘z mikroflorasi ya’ni 
normal mikroflora va fitopatogen mikroorganizmlar ya’ni o‘simlik kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari 
3
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016


30 
bilan zararlangan bo‘lishi mumkin. 
O‘simliklar normal mikroflorasi barg yuzida, urug‘larida, ildiz oldi sistemasida har xil 
bo‘ladi. 
Jonli (tirik) o‘simliklarda yashovchi va ularga zarar keltirmaydigan mikroblar, “epifit 
mikroflora” tushunchasiga birlashgan. YAngi kesilgan yaproq yuza qismida ko‘pincha 2 xil 
bakteriya aniqlandi: 
1)Bact herbicola aureum va 
2)Psevdomonas fluorescens 
Kam hollarda sporali bakteriyalar: Bac mesentericus, Bac vulgatus 
Sporasiz - Bact putiodam, E coli va zamburug‘lar 
Bu mikroflora o‘simliklarda qaysi geografik zonadaligidan qat’iy nazar bo‘ladi. 
Bact herficola aureum – qisqa Gr(-) tayoqchalar bo‘lib, 2 ta polyar xivchinlari bo‘ladi. Go‘sht 
peptonli agarda yuzida shilimshiq bo‘lgan, tilla sariq rangli yumaloq koloniyalar hosil qiladi. 
Ps flureccens – polimorf, polyar xivchinli tayoqchalar bo‘lib, Gr(-). Zich ozuqa muhitida 
chetlari notekis bo‘lgan tiniq koloniyalar hosil qiladi. 
Tuproqda o‘simlik ildizi atrofida intensiv o‘sish zonasi bo‘ladi va mikroblar yuqori aktivlikka 
ega bo‘lib, bu qism rizosfera deyiladi. 
Rizosferaning sifat va miqdor tarkibi har bir o‘simlik turi uchun spetsifik bo‘ladi. 
Ko‘pincha sporasiz bakteriyalar va mikobakteriyalar uchraydi. Kam xollarda sporali 
bakteriyalar, aktinomitsetlar va zamburug‘lar uchraydi. Tuproq mikroorganizmlari o‘simliklarga 
ijobiy ta’sir qilib, ular o‘simliklar uchun zarur bo‘ladi, ular bilan simbioz holda bo‘lishi mumkin 
yoki zararli ta’sir qilib, ularning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. 
Tuproqdagi bakteriyalardan Ps fluoreccens, rizosfera zonasida joylashgan bo‘lib, o‘simliklarni 
infeksiyadan ximoya qilishda katta rol o‘ynaydi, ya’ni ular o‘simliklarni fitopotogen 
bakteriyalardan ximoya qiladi. Lekin aynan shu bakteriyalar o‘simliklarda jarohatlangan 
to‘qimalari orqali kirib, ularning chirishiga sabab bo‘ladi. 
O‘simliklarning mikroblar bilan ifloslanishi o‘stirish sharoitlariga, ularning balandligi va 
butunligiga bog‘liq bo‘ladi. Kulturali tuproq o‘simliklarida mikroblar, o‘rmon va gulzorlardagiga 
qaraganda ko‘p bo‘ladi. Kuzda yaproqlarda bakteriyalar, bahordagidan ko‘p bo‘ladi. 
O‘simliklarning yuqori qismida joylashgan yaproqlarda mikroblar kam, pastki qismidagi 
yaproqlarda ko‘p bo‘lib, bunga sabab, pastki qismiga mikroblar tuproqdan yomg‘ir yog‘ganda 
sachrab o‘tishi xisobiga. Ayniqsa o‘simlik mikroblar bilan ko‘p ifloslangan bo‘ladi sug‘orish 
maydonlarida, axlatxonali joylarda, yoki avvaldan axlatlar to‘kilgan joylarda, mol boqiladigan 
yaylovlarda. SHu erda o‘sgan o‘simliklar tarkibida inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan patogen 
mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin. 
Kesilgan yoki yulingan o‘simliklarni darrov qayta ishlash, ishlov berilishi lozim, chunki ular 
mikroblarning rivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Quritilgan o‘simliklarda mikroblar 
hayot faoliyati susayadi, ko‘pgina bakteriyalar nobud bo‘ladi. 
Fitopotogen mikroblar qo‘zg‘atuvchi o‘simliklardagi infeksion kasallanish ya’ni bakterial 
kelib chiqishiga ega bo‘lsa bakterioz deyiladi. Bakteriozlarga har xil chirishlar, bakterial dog‘lar, 
kuyish, nekroz, so‘lish va boshqalar kiradi. CHirishlar quruq va nam bo‘ladi, bunda o‘simlik 
xujayralarining yumshaganligi, xujayralarning parchalanishi yoki ma’lum bir qismining yoki 
butun o‘simlikning nobud bo‘lishi kuzatiladi. 

Download 4,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish