O‘zbeкiston respubliкasi


O„ZBEK XALQINING SHAKLLANISH VA



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

O„ZBEK XALQINING SHAKLLANISH VA 
NOMLANISH TARIXIDAN. O„ZBEK TILI TARIXINI 
DAVRLASHTIRISH 
 
Tayanch tushunchalar: 
o„zbek xalqining shakllanishi, o„zbek etnonimi, turkiy xalq, turk 
so„zi, sortatamasi,o„zbek so„zi, chig„atoy tili, adabiy til, milliy til, 
«Qutadg„u bilig», «Devonu lug„oti-t- turk», o„zbek tili tarixi, o„zbek 
tili taraqqiyot bosqichlari 
 
1-§. O„zbek xalqining shakllanish va nomlanish tarixidan 
 
Istagan xalq yoki millatning hozirgi nomidan ko‗ra uning etnik 
jihatdan shakllanishi ancha qadimiy. Bu hodisani hozirgi rus, ingliz, 
nemis, fransuz kabi xalqlar tarixida ham ko‗rish mumkin. O‗zbek 
xalqining shakllanish va nomlanish tarixi masalasi ham xuddi 
shunday. Millat sifatida mavjud nom – 
o„zbek 
etnonim(urug‗, qabila, 
elat, millat va sh.k. nomlari)ini xalqimiz rasmiy ravishda XX asrning 
boshlarida olgan bo‗lsa-da, hozirgi O‗zbekiston hududida o‗zbek 
millati etnik asosining shakllanishi uzoq asrlarga borib taqaladi. Shoir 
Erkin Vohidov: 
Tarixingdur ming asrlar ichra pinhon, o„zbegim, 
Senga tengdosh Pomir-u oqsoch Tiyonshon, o„zbegim 
deb yozganida mubolag‗a yo‗q – o‗zbek xalqi asosining O‗zbekiston 
(va unga yaqin) hududlarda shakllanishi IX hamda undan oldingi 
asrlarga mansub. Bu xususda bizgacha bevosita ma‘lumotlar yetib 
kelmagan, biroq buning bilvosita dalili ushbu davr yozma 
yodgorliklarida 
qayd 
etilgan 
toponim 
(joy 
nomlari) 
va 
antroponimlar(kishi nomlari)dir. Jumladan, O‗zbekistonda 
budun 
tarkibiy qismiga ega bo‗lgan toponimlarni ko‗plab uchratish mumkin: 
Shirbudun, Qusbudun, Quzbudun
. Bu toponim tarkibidagi 
budun 
so‗zi 
qadimgi turkiy tilda, X–XI asrlarda, «xalq, el, ulus» ma‘nosida juda 
keng qo‗llangan. Demak, 
Shirbudun 
– shir xalqi, shir elati ma‘nosini 
anglatadi. 
Shir, sir, chir 
nomi bilan esa qadimgi turkiy xalqlardan biri 
nomlangan. 
Sir budun – 
«sir xalqi», «sir qavmi» ma‘nosida Кultagin 



yodgorligida (732-yil) keng qo‗llaniladi. Demak, Buxoro shahridan 5 
km sharqda joylashgan va Buxoro amirlarining dam olish 
maskanlaridan biri bo‗lgan Shirbudun qishlog‗i nomi tarkibida 
saqlangan 
budun 
so‗zi bu toponimning shu so‗z qo‗llanilgan davrga 
(ya‘ni X–XI asrlarga) mansubligidan, shu vaqtlarda Buxoroning qoq 
markazida butun boshli bir maskanda turkiy xalqlarga mansub shir 
(sir, chir) qavmi muqim bo‗lganligidan dalolat beradi. Chunki ko‗p 
hollarda qishloq shu qishloqda yashagan aholi – urug‗ (qavm, elat) 
nomi bilan atab kelingan. Chunonchi
Mang„it, Qipchoq, Qarluq, 
Jaloyir, Sayot, Olot, Arabon, Arabxona, O„zbekon, O„g„uzrabot 
v.h. 
Shirbudun 
tarkibidagi 
shir, sir, chir 
qismini 
Sirdaryo 
va 
Chirchiq 
gidronimi(suv obyekti nomlari)da ham ko‗rish mumkin. 
Chirchiq 
atamasi VII asr obidalarida ham, 
Chir suyi, Chir suvi 
shaklida undan 
keyingi davrlarda ham qo‗llanilgan. 
Budun 
va 
sir-shir-chir 
tarkibiy 
qismiga ega bo‗lgan onomastik leksikani butun 
O‗zbekiston 
hududidan topish mumkin. 
Xullas, turkiy toifaga mansub xalqlar hozirgi O‗zbekiston 
hududida qadim zamondan beri muqim bo‗lib kelgan. Manbalarning 
xabar berishicha, bu mintaqada V–VI asrlarda hukmronlik qilgan 
eftalitlar turkiy xalqlarga mansub bo‗lgan. O‗zbekiston hududida 
qadim davrlardan boshlab turkiy va eroniy xalqlar (hozirdagidek) 
yonma-yon va ahil yashab kelishgan. O‗zbek xalqining tarixiy ildizi 
ham mana shu qadimgi davrlarga borib taqaladi. Lekin bu asosni faqat 
o‗zbek xalqiga nisbat berish mumkin emas. Turkiy-eroniy qorishma – 
Markaziy Osiyoning barcha xalqlari uchun umumiy asos. Shuning 
uchun bevosita o‗zbek xalqi, hozirgi o‗zbek millati 
asosini 
O‗zbekiston hududida turkiy xalqlarning qarluq toifasiga mansub 
bo‗lgan Ilikxon (qoraxoniylar) davlatining o‗rnatilishi, bu davlatda 
rasmiy saroy tili sifatida, Mahmud Кoshg‗ariy ta‘biricha, «turkiy 
xoqoniy»ning ommalashish davrida ko‗rish mumkin. Mahmud 
Кoshg‗ariyning «Devonu lug‗oti-t-turk» asarida turkiy xoqoniy 
tilining berilgan leksik-grammatik xususiyatini Yusuf Xos Hojibning 
qariyb 15000 misralik «Qutadg‗u bilig» asari til xususiyati bilan 
qiyoslash Mahmud Кoshg‗ariyning «turkiy xoqoniy»i, Yusuf Xos 
Hojibning «turkcha»si va Ahmad Yugnakiyning «turkiy»si ayni bir til 
ekanligini ko‗rsatadi. Bu til – Xorazmiyning «Muhabbatnoma», 
Xo‗jandiyning «Latofatnoma» asarlarida ham o‗z aksini topgan, Sayfi 
Saroyi, Yusuf Amiriy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy asarlarida 



sayqallangan, Alisher Navoiy asarlarida kamolot bosqichiga 
ko‗tarilgan eski o‗zbek tilining ilk taraqqiyot bosqichi. Shuning uchun 
Mahmud Кoshg‗ariy qoraxoniylar davlati xalqini turk (turklar) deb 
atagan, ularni shu mintaqada yashayotgan o‗g‗uz, turkman va 
uyg‗urlardan farqlagan. Qarluq toifasiga mansub bo‗lgan xalq hozirgi 
o‗zbek millatining asosini tashkil etgan va IX asrlardan boshlab etnik 
asos 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish