O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

№ davr 
(asr) 
davrning 
nomlani- 
shi 
manbalarda 
tilning 
nomlanishi 
manba mualliflari va 
yozma yodgorliklar 
1 X-XIV 
o‗zbek 
tilining ilk 
taraqqiyot 
davri 
turkiy, 
eski turkiy til, 
turkiycha, 
turkiy xoqoniy, 
sharqiy turkiy, 
chig‗atoy tili 
Mahmud Кoshg‗ariy, 
Yusuf Balasog‗uniy, 
Ahmad Yugnakiy, 
Ahmad Yassaviy, 
Rabg‗uziy, Durbek, 
Qutb Xorazmiy va 
ularning asarlari 
2 XIV- 
XIX 
o‗zbek 
tilining 
takomilla- 
shish davri 
eski o‗zbek tili, 
turkiy til, 
chig‗atoy tili, 
O‗rta Osiyo 
turkchasi, 
Navoiy 
turkchasi, 
sharqiy turkcha 
Xorazmiy 
«Muhabbatnoma»si 
(1353-y.)dan boshlab 
Niyoz-Muhammad 
(Кomil) Xorazmiy(XIX 
asrning II yarmi)gacha 
3 XIX– 
XX 
milliy 
adabiy 
tilning 
shakllanish 
davri 
yangi o‗zbek 
tili, 
turkiy til, 
sort tili 
Muqimiy, Furqat 
asarlaridan boshlab 
o‗zbek jadid adabiyoti 
ilk namunalarigacha 
4 XX– 
XXI 
o‗zbek 
milliy 
adabiy tili 
davri 
hozirgi o‗zbek 
tili 
Abdulla Qodiriy, Hamza 
Hakimzoda, Sadriddin 
Ayniy, Oybekdan 
hozirgi adiblargacha 


14 
MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
 
1.
Xalqimiz millat sifatida 
o„zbek 
etnonimiga rasman qachon ega 
bo‗lgan? 
2.
Turkiy toifaga mansub xalqlar hozirgi O‗zbekiston hududida 
qadim zamondan beri muqim bo‗lib kelganligini qanday izohlash 
mumkin? 
3.
Turk, turkiy 
so‗zlarining lug‗aviy ma‘nosi haqida nimalar deya 
olasiz? 
4.
Sho‗ro davrida 
o„zbek 
so‗zining etimologiyasi va o‗rnashishi 
qanday izohlangan? 
5.
Adabiy til (nutq) me‘yorlari kimlar tomonidan va qanday 
belgilanadi? 
6.
Milliy til va adabiy til munosabatini izohlang. 
7.
Tarixan o‗zbek xalqiga tegishli adabiy nutq me‘yorlariga rioya 
qilib yozilgan qaysi yozma yodgorliklarni bilasiz? 
8.
O‗zbek tilining asosiy taraqqiyot bosqichlarini sanang. 
9.
O‗zbek tilining asosiy taraqqiyot bosqichlarini belgilashda, 
asosan, nimaga e‘tibor qaratilgan? 
10.

Adabiy til (nutq) xalq shevalaridan oziqlanadi
‖ deganda 
nima nazarda tutilyapti? 


15 
HOZIRGI O„ZBEК TILI VA UNING SHEVALARGA 
MUNOSABATI. O„ZBEK TILINING O„RGANILISH 
TARIXI VA BOSQICHLARI 
 
Tayanch tushunchalar: 
qarluq-chigil-uyg„ur lahjasi, qipchoq lahjasi, o„g„uz lahjasi, 
E.Polivanov tasnifi, chigil so„zi, uyg„ur so„zi, A.К.Borovkov tasnifi, 
qipchoq lahjasi, o„g„uz lahjasi. qadimgi turkiy tilshunoslik, eski turkiy 
tilshunoslik, 
o„zbek formal tilshunosligi, o„zbek substansial 
tilshunosligi 
 
3-
 
§. Hozirgi o„zbeк tili va uning shevalarga munosabati 
 
O‗zbek tili – ko‗p dialektli til. Sababi, o‗zbek tli murakkab tarixiy 
taraqqiyot yo‗lini bosib o‗tgan, bugungi o‗zbek millati o‗tmishda 
xilma-xil etnik tarkibga ega bo‗lgan. 
Mutaxassislar 
(E.Polivanov) 
o‗zbek tilining rang-barang 
shevalarini uch lahjaga birlashtirishgan. Bular: 
1)
qarluq-chigil-uyg‗ur lahjasi; 
2)
qipchoq lahjasi; 
3)
o‗g‗uz lahjasi. 
Lahjalar o‗zaro farqli xususiyatga ega. 
O‗zbek milliy tilining lahjalari orasida, odatda, qarluq-chigil- 
uyg‗ur lahjasi hozirgi o‗zbek milliy adabiy tilining me‘yorlarini 
belgilashda muhim ahamiyat kasb etgan. Bu, odatda, o‗zbek xalqining 
shakllanishida qarluq etnik tarkibi qoraxoniylar davridan boshlab 
alohida mavqega ega bo‗lganligi bilan izohlanadi. 
O‗zbek tilining qarluq-chigil-uyg‗ur lahjasi tarkibidagi 
uyg„ur 
so‗zining qadimgi uyg‗urlarga hech qanday aloqasi yo‗q. Bu atama 
o‗zbek tili bilan birgalikda turkiy tillar g‗arbiy xun tarmog‗ining 
qarluq guruhiga mansub bo‗lgan hozirgi uyg‗ur tiliga ishora qiladi, 
xolos. Shuning uchun hozirgi o‗zbek milliy adabiy tili me‘yorlarining 
bu lahja xususiyatlari bilan yaqinligi bejiz emas. 
Turkiyshunos A.К.Borovkov e‘tiroficha, o‗zbek tilining birorta 
shevasini ham adabiy tilga har jihatdan asos bo‗lgan deb aytib 
bo‗lmaydi. Sababi: 


16 
1)
hozirgi o‗zbek milliy adabiy tili uzoq adabiy ishlov 
an‘anasi(jumladan, eski turkiy, eski o‗zbek, yangi o‗zbek adabiy 
tillari)ning bevosita davomi; milliy adabiy til kamida ming yillik 
adabiy ishlov mahsuli; 
2)
o‗zbek tilining barcha lahjalari o‗zbek tilining taraqqiyotiga 
ma‘lum bir darajada hissa qo‗shgan. Birining adabiy tilga ta‘siri bir 
sohada kuchliroq bo‗lsa, boshqa sohada o‗zga bir shevalar guruhining 
ta‘siri ko‗proq seziladi. 
Masalan, 
qirqim, o„tov, to„l, sarimoy, chakki, chalop, uloq, sovliq 
kabi umumiy va chorvachilik atamalari, 
quyruq, bovur, patir, tovoq, 
kulchatoy, lochira 
singari pazandachilik atamalari adabiy tilga 
qipchoq shevalaridan kirib kelgan. 
Adabiy tilning rivojlanishiga o‗zbek tilining o‗g‗uz lahjasi ham 
ma‘lum darajada hissa qo‗shgan. Buning uchun adabiy tildagi 
yoshulli, o„g„lon, buyon, qaydin, qorago„z 
kabi qator so‗zlarni misol 
sifatida keltirish o‗rinli. 
Demak, o‗zbek milliy adabiy tilining shakllanishi va taraqqiyotida 
tayanch manba bo‗lgan tarixiy an‘ana bilan bir qatorda barcha lahja 
hamda shevalarning o‗ziga xos o‗rni bor. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish