Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 327,91 Kb.
bet1/146
Sana01.02.2022
Hajmi327,91 Kb.
#422979
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
УУМ.Фонетика 2021 Амалий филология


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI


QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI
(FONETIKA)


fanidan


O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Bilim sohasi:

200 000San’at va gumanitar fanlar

Ta’lim sohasi:

230 000 – Tillar

Ta’lim yo‘nalishi:

60230700 – Amaliy filologiya





QARSHI – 2021


Ushbu o‘quv-uslubiy majmua Qarshi davlat universiteti Kengashining 2021-yil _______dagi __-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fani dasturi asosida tayyorlangan.


Tuzuvchi:


N.E.Yo‘ldosheva O‘zbek tilshunosligi kafedrasi
dotsenti, f.f.n.
Taqrizchilar:


Х.Jabborov O‘zbek tilshunosligi kafedrasi
professori v.b., f.f.d.


O. Shukurov O‘zbek tilshunosligi kafedrasi
dotsenti, f.f.n.
Kafedraning yig‘ilishi qarori: № 1-son. -avgust, 2021-yil.


Kafedra mudiri ______________________ / dots.B. Bahriddinova/
imzo ismi-sharifi
Fakultet kengashi qarori: № 1. -avgust. 2021-yil.
Fakultet kengashi raisi R.Jumayev
Universitet O‘UK qarori: №1. ____avgust 2021-yil.
TASDIQLANDI”
Universitet O‘UBB: dots. P.Qurbonov


O’MM MUNDARIJASI



1.

O`MMning titul varag`i




2.

Mundarija




3.

Ma’ruzalar matni




4.

Amaliy mashg‘ulotlar




5.

Seminar mashg‘ulotlari




6.

Mustaqil ta’lim bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar va mavzular




7.

Glossariy




8.

Ilovalar:







-fan dasturi







-ishchi fan dasturi







- umumiy nazorat savollari







-testlar







-baholash mezonlari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar







-O‘UMning elektron varianti






O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
O`ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI




HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI

fanidan

(MA’RUZALAR MATNI)

Qarshi - 2021
1-mavzu. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanining predmeti, maqsad va vazifalari
REJA:

1. Hozirgi o‘zbek tilining xususiyatlari


a) Hozirgi o‘zbek tili o‘zbek xalqining milliy tilidir;
b) Hozirgi o‘zbek tilining dialektal asoslari;
v) Hozirgi o‘zbek tili va uning qarindosh turkiy tillar bilan aloqasi;
g) o‘zbek tili va uning boshqa tillar bilan aloqasi.
2. Hozirgi o‘zbek tili va uning tarixiy taraqqiyot jarayonlari
a) adabiy tili haqida tushuncha;
b) qadimgi turkiy adabiy til;
v) eski o‘zbek adabiy tili;
g) Hozirgi o‘zbek tili.
3. Xulosa.


HOZIRGI O‘ZBEK TILINING
XUSUSIYATLARI

Hozirgi o‘zbek tili o‘zbek xalqining milliy tilidir.


Hozirgi o‘zbek tili shu tilda so‘zlashuvchilarning hammasi uchun baravar aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan umumxalq tilidir.
Hozirgi o‘zbek tilining fonetik tizimi, asosiy lug‘at tarkibi va grammatik qurilishi qadim turkiy tillar manbaida yuzaga kelgan bo‘lib, davrlar o‘tishi bilan uning tovushlar tizimida sifat va miqdor o‘zgarishlari yuz bergan. Lug‘at tarkibi asosiy lug‘at fondi negizida yasalgan yangi so‘zlar hisobiga boyib, kengayib borgan, grammatik qurilishi ham yangi­yangi grammatik formalar vositasida silliqlashgan va takomillashgan. Bu til o‘zbek xalqining butun tarixi davomida shu tilda so‘zlashuvchi yuzlab avlodlar tomonidan yaratilgan til bo‘lib, u shu til vakillarining ijtimoiy ahvoli, sinfiy tabaqalanishi, yoshi, jinsi, kasbi va boshqa xususiyatlaridan qat’iy nazar, ularning hammasi uchun umumiy aloqa vositasi sifatida xizmat qiladi.
Tarixiy ma’lumotlar va yozma yodgorliklarga qaraganda, o‘zbek tili XI-XII asrlarda yozma shaklga ega bo‘lgan xalq tili sifatida shakllangan. XIII-XIV asrlar o‘zbek adabiy tilining ilk davrlari bilan xarakterlanib, o‘zbek yozma adabiyoti o‘z o‘rnini barqaror egallagan.
Keyingi davrlarda uzoq tarixiy jarayon XIV-XV, XVII-XVIII, XVIII-XIX va ayniqsa, XX asrning I yarmi o‘zbek adabiy tilining takomillashuv va taraqqiyot jarayonlari bo‘ldi. Ana shu uzoq tarixiy jarayonda o‘zbek tili o‘zining barcha xususiyatlari bo‘yicha sifat o‘zgarishlariga uchrab, milliy til shakliga kirdi.
Ma’lumki, millatning eng muhim belgilaridan biri uning til birligidir. Har qanday millat ijtimoiy jamoa a’zolarining barchasi uchun umumiy bo‘lgan til birligiga ega bo‘lmay turib millat sifatida uyushishi, uning tili milliy til shakliga kirish mumkin emas. Biroq millatning millat sifatida shakllanishi uchun faqat til birligining o‘zigina kifoya emas. Buning uchun millat sifatida uyushadigan jamoa o‘zining har tomonlama chegaralanmagan, tayziqsiz hududiy butunligi, iqtisodiy turmush, madaniy va, eng avvalo, ma’naviy barqarorligiga ega bo‘lishi lozim. Ana shu sifatlarning barchasi mavjud bo‘lgandagina millat-millat sifatida qaror topadi, tili esa uning yagona milliy tili bo‘lib qoladi. Ammo bu sifatlar birdaniga vujudga kelmaydi. Ular uzoq vaqt mobaynida tarkib topib, rivojlanib, ma’lum davrda yuzaga kelgan qulay shart­sharoit natijasida millatni tarkib topdiruvchi muhim belgiga aylanadi. Xalqning millat sifatida, xalq tilining milliy til sifatida tarkib topishi milliy adabiy tilning asosiy qurilishining o‘zgarishigagina emas, balki tilning bajaradigan vazifasi doirasini ham kengayishiga sabab bo‘ladi.



Download 327,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish