Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining ichki tartib-qoidalari


Xodim bilan institut о‘rtasidagi mehnat munosabatlari va ular о‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi asosida vujudga keladi. 4



Download 306,5 Kb.
bet3/13
Sana12.06.2022
Hajmi306,5 Kb.
#657134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ҚМИИ Ички тартиб қоидалар 2022

3. Xodim bilan institut о‘rtasidagi mehnat munosabatlari va ular о‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi asosida vujudga keladi.
4. Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlar: doimiy yashash yoki vaqtincha rо‘yxatdan о‘tgan manzili kо‘rsatilgan pasport yoki uning о‘rnini bosadigan boshqa hujjat;
mehnat daftarchasi (birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno);
harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilarga tegishli harbiy yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma;
qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bо‘lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki о‘rta maxsus, kasb-hunar о‘quv yurtini tamomlaganligi tо‘g‘risidagi diplomi, mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnoma (chet davlatlar hududida olingan diplom О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda nostrifikatsiyalanganligi (ekvivalentligi qayd etilganligi) hakida tegishli guvohnoma);
о‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi о‘rniga asosiy ish joyidan olgan ma’lumotnomani taqdim etadi.
Ishga qabulqilishvaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida kо‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish ta’qiqlanadi.
Ishga kirayotgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati hakiqiy bо‘lmasa, uni ishga qabulqilish rad etilishi mumkin.
Kadrlar hisobini yuritish va ular hakida ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida ishga qabul qilingan xodim tomonidan Kadrlar bо‘limiga quyidagi hujjatlar topshiriladi:
sо‘rovnoma;
tarjimai hol;
zarur holda xodimning oxirgi ish joyidan tavsifnoma;
ma’lumotnoma (obyektivka);
3x4о‘lchamdagi 6 dona fotosurat (elektron varianti ham).
5. Taqdim etilgan mazkur Qoidalarning 4-bandi ikkinchi-oltinchi xat- boshlarida kо‘rsatilgan hujjatlarning tо‘liqligi tekshirib kо‘rilgach, ishga kirayotgan shaxs tomonidan ariza yoziladi va institut devonxonasida rо‘yxatdan о‘tkaziladi. Arizada ishga kiruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi pasporti yoki shaxsini tasdiklovchi boshqa hujjatiga kо‘ratо‘liq, qiskartirishsiz, ishga kirayotgan lavozimi esa shtat jadvalida belgilangan lavozimga mos holda yozilishi shart.
6. Ishga qabul qilinayotgan xodim bilan ish beruvchi о‘rtasida quyidagilar haqida mehnat shartnomasi tuziladi:
xodim ishga qabul qilinayotgan lavozim va ish joyi;
mehnat shartnomasining amal qilish muddati;
ishning boshlanish kuni;
taraflarning mehnat huquqlari va majburiyatlari;
ish vaqti hamda mehnat ta’tilini berish tartibi;
mehnatga haq tо‘lashning tartibi;
о‘rindoshlik bо‘yicha ishga qabul qilishda har kungi ishning davomiyligi;
mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa holatlar.
Mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati kо‘rsatilmagan hollarda ushbu shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi.
Muddatli mehnat shartnomasini tuzish mehnat qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Ishga qabul qilinayotgan har bir xodim (shu jumladan, о‘rindoshlik asosida kiruvchilar) bilan mehnat shartnomasi bir xil yuridik kuchga ega bо‘lgan kamida ikki nusxada yozma shaklda tuziladi va tomonlarning har biriga saqlash uchun topshiriladi.
Mehnat shartnomasi davlat tilida tuziladi. Xodimning talabiga kо‘ra mehnat shartnomasi u biladigan tilda davlat tilida tuzilgan shartnomaga tо‘liq mos holda tuziladi va bir xil yuridik kuchga ega bо‘ladi.
Mehnat shartnomasida taraflarning manzillari kо‘rsatiladi.
Mehnat shartnomasi xodim va institut rektorining imzosi bilan tasdiqlanadi. Institut rektorining imzosi institutning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Ishga qabul qilish haqidagi buyruq tuzilgan mehnat shartnomasining mazmuniga tо‘la muvofiq ravishda chiqariladi.
8. Institutning Kadrlar bо‘limi tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 dekabrdagi 971-son qarori bilan tasdiqlangan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy apparat kompleksida mehnat shartnomalarini rо‘yxatdan о‘tkazish, elektron mehnat daftarchalarini shakllantirish va yuritish tartibi tо‘g‘risidagi Nizomga muvofiq xodim va ish beruvchi о‘rtasidagi mehnat munosabatlari (mehnat shartnomalarini tuzish, о‘zgartirish va bekor qilish, mehnat daftarchasini shakllantirish hamda yuritish va boshqalar) “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida rо‘yxatga olinadi.
9. Qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi tomonlar imzolagan kundan boshlab qonuniy kuchga kiradi. Xodim mehnat shartnomasida kо‘rsatilgan kundan boshlab mehnat vazifalarini bajarishga kirishadi. Agar mehnat shartnomasida ishning boshlanish kuni haqida shartlashilmagan bо‘lsa, xodim mehnat shartnomasi imzolangan ish kuni (smena)ning ertasidan kechikmay ishga tushishi lozim.
10. Ish beruvchining ruxsati bilan ishga qabul qilishni tegishlicha rasmiylashtirmasdan turib ishga qо‘yilgan shaxs ishga tushgan birinchi kunidan boshlab mehnat shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.
11. Mehnat shartnomasi tuzilganidan keyin ish beruvchi mehnat shartnomasining mazmuniga muvofiq ravishda ishga qabul qilish tо‘g‘risida buyruq chiqaradi va buyruq bilan imzo qо‘ydirgan holda xodimni tanishtiradi.
12. Institut quyidagi hollarda bо‘sh ish о‘rinlariga ishga qabul qilishdan bosh tortishga haqli emas:
a) ish beruvchining о‘zi tomonidan ishga taklif qilingan shaxslar;
b) nogironlar, о‘quv muassasalarining bitiruvchilari, uch va undan ortiq farzandlari bor yolgiz ota (ona), pensiya yoshiga yaqinlashgan shaxslar agar ular joylardagi davlat hokimiyati organi tomonidan muasssasaga belgilangan eng kam miqdordagi ish о‘rinlari hisobidan ishga yо‘llanma bо‘yicha mahalliy mehnat organlari tomonidan yuborilgan bо‘lsa;
v) homilador ayollar va uch yoshgacha bolalari bо‘lgan shaxslar;
g) belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar;
d) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
13. Xodim ish beruvchidan ishga qabul qilishni rad etish sabablarini yozma ravishda asoslashni talab qilishga haqlidir. Ish beruvchi uch kun ichida unga yozma asos kо‘rsatishi shart. Homilador ayollarga va uch yoshgacha bolasi bо‘lgan ayollarga ish beruvchining agar ular shunday talab bilan murojaat etmagan taqdirda ham ishga qabulqilishni rad etish sababi yozma ravishda tushuntiriladi. Ishga qabul qilish g‘ayriqonuniy ravishda rad etilganda xodim belgilangan tartibda nazorat qiluvchi organ yoki sudga shikoyat qilishga haqlidir.
О‘zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bо‘lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, о‘g‘il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er- xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bо‘ysunib yoki uning nazoratiostida xizmat qiladigan bо‘lsa, bir davlat muassasasida birga xizmat qilishlari ta’qiqlanadi.
Bu qoidadan istisnolar О‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilanishi mumkin.
14. Ishga qabul qilish vaqtida mehnat shartnomasida dastlabki sinov tо‘g‘risida shartlashilgan bо‘lishi mumkin. Bunday shartlashuv bо‘lmagan taqdirda xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi. Sinov tо‘g‘risidagi shart ishga qabul qilish tо‘g‘risidagi buyruqda aks ettiriladi. Dastlabki sinov bilan ishga qabul qilingan xodimning mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish haqidagi yozuv dastlabki sinov haqidagi shartlar kо‘rsatilmagan holda kiritiladi.
Dastlabki sinov muddati uch oydan oshib ketishi mumkin emas. Dastlabki sinovning aniq muddati (uch oy doirasida) mehnat shartnomasi taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi. Taraflar tomonidan belgilangan sinov muddati tugagunga qadar ish beruvchi yoki xodim (sinov natijasi qoniqarsiz bо‘lgan taqdirda) ikkinchi tarafni uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli.
Agar taraflar tomonidan belgilangan sinov muddati tugagunga qadar taraflardan birortasi mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilmasa, mehnat shartnomasining amal qilishi davom etadi va uni bundan keyin bekor qilishga umumiy asoslarda yо‘l qо‘yiladi.
Xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va uzrli sabablarga kо‘ra xodim ishda bо‘lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi.
Dastlabki sinov davrida xodimga mehnat tо‘g‘risidagi qonun hujjatlari va institut xodimlari uchun belgilangan mehnat shartlari tо‘liq tadbiq etiladi.
Xodimni boshqa ishga о‘tkazishda sinov muddati belgilanishiga yо‘l qо‘yilmaydi.
Quyidagilar bilan mehnat shartnomasini tuzish davrida dastlabki sinov muddati qо‘llanilmaydi:
homilador ayollar, shuningdek, 3 yoshga tо‘lmagan bolasi bor ayollar;
о‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi muassasalari hamda oliy о‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilar;
olti oygacha muddatga ishga qabul kilinayotganlar;
institut uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar.
Xodim uzrli sabablar bilan (vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, harbiy yig‘inlarda qatnashish, donorlik vazifalarini bajarish, sud maslahatchisi sifatida sudda qatnashish va h.k) ishda bо‘lmagan davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi.
Dastlabki sinov sharti bilan ishga qabul qilingan xodim boshqa xodimlar bilan baravar mehnat qonunchiligida belgilangan barcha huquqlardan foydalanadi va javobgar bо‘ladi.

Download 306,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish