Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining ichki tartib-qoidalari


Mehnat shartlarini о‘zgartirish О‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi talablari asosida amalga oshiriladi. 20



Download 306,5 Kb.
bet5/13
Sana12.06.2022
Hajmi306,5 Kb.
#657134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ҚМИИ Ички тартиб қоидалар 2022

19. Mehnat shartlarini о‘zgartirish О‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi talablari asosida amalga oshiriladi.
20. Xodim bir necha kasb va lavozimdagi ishlarni mehnat shartnomasida kо‘rsatilgan о‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda belgilangan ish vaqti davomida bajaradi.
21. Bir necha kasb va lavozimda ishlash muayyan yoki nomuayyan muddatga belgilanishi mumkin. Kelishilgan muddat tugaganidan sо‘ng bir necha kasb va lavozimda ishlash haqida mazkur xodim bilan belgilangan shartlar bekor qilinadi. Bir necha kasb va lavozimda ishlash va uni bekor qilish mehnat shartnomasida aks ettiriladi va institut rektorining buyrug‘i bilanrasmiylashtiriladi.
22. Mehnat shartnomasi faqat О‘zbekiston Respublikasining Mexnat kodeksida nazarda tutilgan asoslar bо‘yicha va unda belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.
23. Xodim mehnat shartnomasini bekor qilish niyatida ekanligi haqida ikki hafta oldin ariza bilan ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirishi shart. Ogohlantirish muddati ariza rо‘yxatga olingan sanadan qati nazar ariza berilgan kunning ertasidan boshlanadi.
Xodim tomonidan berilgan ariza u berilgan kun va keyingi kundan kechiktirmay institut rektoriga taqdim etiladi.
Xodimning arizasi uzrli sabablarga kо‘ra ishni davom ettirishning imkoni yо‘qligi bilan bog‘liq bо‘lsa, u berilgan kunda institut rektori (rektor bо‘lmaganda uning о‘rnini bosuvchi shaxs)ga taqdim etiladi.
Quyidagilar uzrli sabablar jumlasiga kiradi:
harbiy xizmatni о‘tash;
о‘quv yurtlariga о‘qishga qabul qilinganlik;
pensiyaga chiqkanlik;
saylab qо‘yiladigan lavozimga saylanish yoki yuqori turuvchi idoralar nomenklaturasi (lavozimlar rо‘yxati)ga kiruvchi lavozimlarga tayinlash;
xodim yoki uning parvarishiga muhtoj bо‘lgan yaqin qarindoshlari sog‘lig‘ining Tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIEK) yoki Tibbiy maslahat komissiyasi (TMK) tomonidan berilgan tibbiy xulosaga muvofiq holati;
ushbu lavozimda ishlashni davom ettirishning imkoni yо‘qligi tо‘g‘risidagi boshqa uzrli sabablar.
24. Xodim mehnat shartnomasini bekor qilish tо‘g‘risida istalgan vaqtda, jumladan, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik davri, ta’til, hizmat safari davrida ariza berishga haqli. Sanab о‘tilgan ana shu davrlarning barchasi mehnat shartnomasini bekor qilish tо‘g‘risidagi ogohlantirish muddati davriga kiritiladi.Ogohlantirish muddati davrida mehnat shartnomasining shartlari taraflar tomonidan odatdagi tartibda bajarilishi davom ettiriladi.
25. Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi, shuningdek, muddatli mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga kо‘ra uning muddati tugashidan oldin bekor qilishga quyidagi hollarda yо‘l qо‘yiladi:
institut faoliyatida mehnatni tashkil etishdagi о‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining о‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmi qisqarganda yohud tegishli tarkibiy bо‘linmalar tugatilganda;
xodimning malakasi yetarli bо‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga kо‘ra bajarayotgan ishiga noloyiq bо‘lib qolganda;
xodim о‘z xizmat vazifalarini muntazam ravishda buzganda (avval mehnat majburiyatlarini buzganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan yohud unga nisbatan mehnat tо‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’sir choralari qо‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil mobaynida xodim tomonidan takroran intizomga xilof nojо‘ya harakat sodir qilinishi mehnat vazifalarini muntazamravishda buzish hisoblanadi).
xodim о‘z mehnat vazifalarini bir marta qо‘pol ravishda buzganda;
о‘rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimlarning ishga qabul qilinishi munosabati bilan, shuningdek, mehnat shartlariga kо‘ra о‘rindoshlik ishi cheklanishi sababli о‘rindoshlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda;
xodim pensiya yoshiga tо‘lganda;
qonun hujjatlariga muvofik yoshga doir davlat pensiyasini olish hukuqi mavjud bо‘lganda.
26. Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz davrida va mehnat tо‘g‘risidagi qonunlar hamda boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta’tillarda bо‘lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yо‘l qо‘yilmaydi, muassasa butunlay tugatilgan hollar bundan mustasno.
27. Mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bо‘lgan bir marta qо‘pol buzishga quyidagilar kiradi:
ijro intizomini buzish (О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’atining qarorlari, buyruqlariva kо‘rsatmalari hamda institut rektorining buyruqlari, institut Kengashiningqarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishni, о‘z vaqtida va tо‘liq hajmda ta’minlamaganlik);
xodimlarning ishga uzrli sabablarsiz kelmaslik (ishda uzrli sabablarsiz ish kuni mobaynida uzluksiz yoki ishda bо‘lmagan vaqtni jamlab hisoblaganda 3 (uch) soatdan kо‘proq vaqt bо‘lmaganlik);
ishga alkogolli ichimlik, giyohvandlik (psixotrop) moddasi ta’sirida yoki о‘zgacha tarzda mastlik holatida kelish;
institutning mol-mulkiga zarar yetkazish yoki uni turli xil usullar bilan talon-taroj qilish (shu jumladan, о‘g‘irlash);
xodim tomonidan mansab (xizmat) vazifasi (vakolati)ni suiste’mol qilishi (lavozimi bо‘yicha berilgan vakolatlardan xizmat maanfatlariga zid ravishda foydalanish) va institut xodimi degan nomga dog‘ tushuruvchi g‘ayriaxloqiy xatti-harakatlarni sodir etish;
OAV va ijtimoiy tarmoklardagi chiqishlari bilan institutning obrо‘si va manfaatlariga putur yetkazish hamda zarar yetkazishi mumkin bо‘lgan hatti-harakatlarni sodir etish;
institut xodimlarining, jumladan, о‘zining hayoti yoki sog‘ligiga xavf tug‘diradigan tarzda texnik xavfsizlik, sanitariya qoidalarini qо‘pol ravishda buzish;
xodimlar tomonidan vazifalarini korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish tartibi tо‘g‘risidagi nizom talablariniqо‘pol ravishda buzish, ya’ni xodim:uni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga kо‘ndirish maksadida biror bir shaxs о‘ziga murojaat etganligiga doir barcha hollar tо‘g‘risida yoki о‘z rahbarlari, vazirlik tizimida korrupsiyaga karshi kurashish bо‘limi yoxud huqukni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etmaslik;
о‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda yoki jismoniy va yuridik shaxslardan ularning manfaatlarini kо‘zlagan holda muayyan harakatni bajarishi yoki bajarmasligi evaziga bevosita о‘zi yoki vositachi orqali pul, qimmatli qog‘ozlar, moddiy boyliklar, sovg‘alar, ssudalar, mulkiy mohiyatga molik bо‘lgan xizmatlar olishi;
bо‘ysunuvdagi xodimning noqonuniy qarorlar qabul qilishi yoki korrupsiyaviy xatti-harakatlarni sodir etishga majbur etishi;
xizmat kо‘rsatilishi uchun fuqarolarga belgilangan tо‘lovlardan mansabidan foydalangan holda ozod bо‘lish orqali mulkiy foyda olishi yoki boshqacha tarzda imtiyozlarga ega bо‘lishga qaratilgan harakatga yо‘l qо‘yishi;
boshqaruv tartibiga karshi jinoyatlar, jumladan, mansab yoki xizmat mavqeini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq hamda korrupsiyaning kelib chiqishiga sabab bо‘lishi mumkin bо‘lgan holatlar tо‘g‘risida tegishli tarkibiy bо‘linmaga xabar bermasligi;
institut tomonidan о‘tkazilayotgan о‘rganish (tekshirish) guruhi rahbari о‘rganish (tekshirish)da qatnashayotgan xodimlar tomonidan mansab vakolatini suiste’mol qilish bilan bog‘lik xabar kelib tushgan taqdirda bu haqda yuqori turuvchi mansabdor shaxsga yetkazmasa hamda salbiy oqibatlar kelib chikishining oldini olish choralarini kо‘rmasa;
xodimning ongli ravishda qonunchilikda belgilangan tartibda manfaatlar tо‘qnashuvi tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish yoki о‘z vaqtida tо‘liq oshkor qilmasligi natijasida xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmasligiga olib kelsa yoki muassasaning qonuniy manfatlari buzilsa.
28. Ish beruvchi tomonidan mazkur Qoidalarning 27-bandida kо‘rsatilgan asoslarga kо‘ra xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasining institut Kasaba uyushmasi qо‘mitasi roziligini olmasdan bekor qilinishiga yо‘l qо‘yilmaydi, qonunchilikda kо‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.
Kasaba uyushmasi qо‘mitasining xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish masalasi bо‘yicha qabul qilgan qarori haqida ish beruvchiga yozma ravishda xabar berishi kerak, bunday xabar ish beruvchining yozma taqdimnomasi olingan kundan boshlab о‘n kunlik muddat ichida ma’lum qilinadi.
Ish beruvchi kasaba uyushmasi qо‘mitasining xodim bilan mehnat sharnomasini bekor qilishga rozilik berish tо‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir.
29. Mehnat shartnomasini bekor qilish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Oxirgi ish kuni mehnat sharnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi.
Shu kuni institut xodimga uning mehnat daftarchasi va mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida buyruq nusxasini beradi hamda u bilan hisob-kitob qilinadi.
III-BOB. ISH VAQTI, DAM OLISH VAQTI HAMDA ULARDAN FOYDALANISH

Download 306,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish