Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining ichki tartib-qoidalari


Xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish qonun hujjat- larida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 39



Download 306,5 Kb.
bet7/13
Sana12.06.2022
Hajmi306,5 Kb.
#657134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
ҚМИИ Ички тартиб қоидалар 2022

38. Xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish qonun hujjat- larida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
39. Yillik ta’tillarning muddati, ular uchun haq tо‘lash va ularni hisoblab chiqarish, shuningdek, ta’til olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqarish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
40. Xodimning arizasiga binoan unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin, uning muddati tomonlarning kelishuviga binoan belgilanadi, lekin u о‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bо‘lmasligi kerak.
41. Har yilgi asosiy ta’til quyidagicha beriladi:
birinchi ish yili uchun olti oy ishlagandan keyin (qonunda kо‘rsatilgan holatlar bundan mustasno);
ikkinchi va undan keyingi ish yillari uchun ta’tillar jadvaliga muvofiq ish yilining istalgan vaqtida (qonunda kо‘rsatilgan holatlar bundan mustasno).
Ta’tildan foydalanishning jadvalda belgilangan vaqti xodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan о‘zgartirilishi mumkin.
42. Xodimning yozma arizasiga binoan ta’til kismlarga bо‘linishi mumkin. Bunda ta’tilning bir qismi о‘n ikki ish kunidan kam bо‘lmasligi lozim.
43. Ta’tildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yо‘l qо‘yiladi. Ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yilida beriladi yoki ta’tilni boshqa muddatga kо‘chirish qoidalariga rioya etilgan holda keyingi yilga kо‘chiriladi.
44. Xodimlarning hoxishiga kо‘ra yillik ta’tilning eng kam muddatidan (о‘n besh ish kunidan) ortiqcha qismi uchun pullik kompensatsiya tо‘lashi mumkin.
Ta’til berish vaqti haqida xodim ta’til boshlanishidan kamida о‘n besh kun oldin xabardor qilinishi kerak.
Ta’til uchun haq tо‘lash ta’til boshlanmasdan oldingi oxirgi ish kunidan kechikmay amalga oshiriliishi lozim.
45. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda, jumladan, uning muddati tamom bо‘lishi munosabati bilan ham, xodimning xohishiga kо‘ra, xodim bilan ish beruvchi о‘rtasidagi kelishuvga muvofiq yillik ta’tillarni berib, undan keyin mehnat shartnomasini bekor qilish hollari nazarda tutilishi mumkin. Bu holda ta’til tugagan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan ta’til davrida xodim mehnat shartnomasi va uning tashabbusi bilan bekor qilish tо‘g‘risidagi arizasini basharti mehnat shartnomasini bekor qilish tо‘g‘risida ogohlantirishning qonun yoki taraflarning kelishuvi bilan belgilangan muddat tugagan bо‘lsa, qayta rib olishga hakli emas.
IV-BOB. TA’LIMNI TASHKIL ETISH TARTIBI, MEHNAT VA О‘QUV INTIZOMI


46. Institutda о‘quv yili, qoida tariqasida, 2 sentabrdan boshlanadi. О‘quv mashg‘ulotlari о‘quv reja va о‘quv dasturlariga mos ravishda tuzilgan dars jadvallariga asosan olib boriladi.
47. О‘quv mashg‘ulotlarining dars jadvali institut elektron ta’lim platformasida semestr uchun tuzilib, tegishli tartibda tasdiqlanadi va semestr boshlanishidan oldin talabalar, professor-о‘qituvchilar, fakultet dekanatlari va boshqa tuzilmalarga yuboriladi. О‘zbekistan Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi topshiriqlari, institut Kengashi qarorlari, О‘quv-uslubiy boshqarma tavsiyasiga binoan fakultativ mashg‘ulotlar alohida jadval asosida о‘quv jarayoniga kiritilishi mumkin.

Download 306,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish