Samarqand davlat universiteti psixologiya va ishtimoiy fanlar fakulteti psixologiya kafedrasi



Download 3,39 Mb.
bet149/159
Sana26.07.2021
Hajmi3,39 Mb.
#129712
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   159
Bog'liq
психогенетика

O‘ZGARUVCHANLIK VA UNING XILLARI

Genetika faqat irsiyatnigina emas, shu bilan bir qator o‘zgaruvchanlikni ham o‘rganadi. O‘zgaruvchanlik nihoyatda turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Siz VI bob bilan tanishish mobaynida o‘zgaruvchanlik to‘g‘risida umumiy tushuncha genotipik, fenotipik o‘zgaruvchanlik, ularning xillari to‘g‘risida etarlicha bilim olasiz.



O‘zgaruvchanlik. O‘zgaruvchanlik irsiyatga qarama-qarshi xossadir. U barcha tirik mavjudotlarga xos. Odamlardagi o‘zgaruvchanlik deganda bir ota-onadan tug‘ilgan farzandlarning oldingi avloddan va o‘zaro tafovvut qilishi tushuniladi. O‘zgaruvchanlik organizmning atrof muhitga moslashishida muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlar populyasiyasida o‘zgaruvchanlik yuz tuzilishi, soch rangi, shakli, teri rangi, ko‘z shakli, rangi, qosh shakli, bo‘y uzunligi, tana og‘irligi va boshqa belgi-xossalarda ko‘zga tashlanadi. O‘zgaruvchanlik ikki toifaga fenotipik va genotipik o‘zgaruvchanlikka bo‘linadi.

Fenotipik o‘zgaruvchanlik organizmning tashqi, ichki belgi-xossalarining o‘zgarishidan iborat bo‘lib, u nasldan-naslga berilmaydi. Fenotipik o‘zgaruvchanlik muhit sharoitining o‘zgarishi bilan aloqador. CHunonchi yoz kunlari odam tanasining quyosh tushgan qismlarining qorayishi, yoki ko‘p ovqat eydigan odam vaznining ortishi fenotipik o‘zgarishdan boshqa narsa emas. Odatda tashqi muhitning ta’siri natijasida paydo bo‘ladigan fenotipik o‘zgarishlarni modifikatsion o‘zgaruvchanlik deb ataladi. Fenotipik o‘zgaruvchanlikning ikkinchi xili ontogenetik o‘zgaruvchanlikdir. Har bir tirik mavjudot, shu qatori odamning ham umr davomida irsiyatining moddiy asoslari bo‘lmish xromosomalari, genlari deyarli doimiy bo‘ladi. SHunga qaramay uning fenotipik – tashqi qiyofasi taraqqiyotining turli bosqichida turlicha bo‘ladi. Buni biz har bir odamning bog‘chagacha, bog‘cha, boshlang‘ich maktab, o‘rta maktab va undan keyingi hayoti davomida olingan rasmlarini o‘zaro taqqoslaganda yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

Odamning har xil yoshda turlicha fenotipga ega bo‘lishi, hujayraning morfogenezi va tabaqalanishi bilan uzviy aloqador. Bunday yoshga bog‘liq o‘zgarishlar ontogenetik o‘zgarishlardir. O‘zgaruvchanlik yana bir xili genotipik o‘zgaruvchanlik haqida mushohada yuritamiz.

GENOTIPIK O‘ZGARUVCHANLIK

Genotipik o‘zgaruvchanlik organizm genotipining o‘zgarishi bilan aloqador. SHu tufayli u avloddan-avlodga beriladi. Genotipik o‘zgaruvchanlik kombinativ va mutatsion o‘zgaruvchanlikka bo‘linadi. Kombinativ o‘zgaruvchanlik ota-ona gametalarining qo‘shilishidan yuzaga keladi. Ota-ona gametalarning qo‘shilishi natijasida xromosomalar va genlar to‘plamining turli xil kombinatsiyalari hosil bo‘ladi. Odamlarda erkak va ayol gametalarining qo‘shilish kombinatsiyalari 223 ga tengdir. Krossingover oqibatida xromosomalardagi genlar birikishining yangi xillarining paydo bo‘lishi kombinativ o‘zgaruvchanlikka ta’sir etuvchi omil sanaladi.

Mendel qonunlari, genlarning o‘zaro ta’siri, birikkan holda irsiylanish mavzularidagi ma’lumotlarning aksariyat ko‘pchiligi kombinativ o‘zgaruvchanlikka misoldir. Genotipik o‘zgaruvchanlikning ikkinchi xili mutatsion o‘zgaruvchanlikdir.

Mutatsion o‘zgaruvchanlik. Mutatsion nazariya 1901-1903 yillarda golland olimi G.de-Friz tomonidan yaratilgan. Uning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat. Mutatsiya irsiylanadigan, sifat jihatdan farq qiladigan, turli yo‘nalishdagi o‘zgaruvchanlikdir. U to‘satdan, ahyon-ahyonda ro‘y beradigan o‘zgaruvchanlikdir. U organizm uchun u foydali, ziyon, befarq bo‘ladi.


Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish