Sizga tavsiya etilgan «Genetika» fani bo’yicha ma’ruza matnlari tezislari tasdiqlangan namunaviy dastur asosida yozilgan bo’lib, shu fanga doir asosiy tushunchalar va ma’lumotlar qisqacha bayon etildi



Download 382,58 Kb.
bet3/18
Sana31.12.2021
Hajmi382,58 Kb.
#275700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
gen MM lot

Reja: 1. Gentika tarixi;

  1. Genetika fanining rivojlanish bosqichlari;

  2. Genetika fani taraqqiyotiga hissa qo’shgan olimlar

Adabiyotlar: 1,3,4.

Tayanch iboralar: irsiyat, o’zgaruvchanlik, belgi, jinsiy hujayralar, organizmlar, chatishtirish, populyatsiyalar, toza liniya, genotip, fenotip, gen, xromosoma, irsiy faktorlar, sitogenetika, radiatsion genetika, kimyoviy mutagen, gomologik qatorlar qonuni, reduplikatsiya, aminokislota.

Ma’lumki har bir fanning tarixini insoniyat tarixidan izlash kerak. Xuddi shunday genetika fanning tarixi ham tajriba va hayot bilan bog’liq. Inson juda qadimdan yaxshi narsalardan foydalanishga intilgan: misol uchun o’simlik va chorva mollarini chatishtirib, yaxshi zot va navlar olgan. Bularni yanada takomillashtirib o’z ehtiyojini qondirish uchun ishlatgan.

XX asrnining 2-chi yarmida naslchilik va urug’chilikda, o’simlikshunoslikda erishilgan yutuqlar irsiyat masalalarini o’rganishga katta qiziqish tug’dirdi. Genetika, seleksiya fanlarining rivojlanishida angliyalik olim Ch. Darvinning (1809-1882) organik olamning rivojlanishi to’grisidagi evolyutsion ta’limoti muhim ahamiyatga ega. Darvingacha bo’lgan davrda fan K. Linney (1707-1779) va J. Kyuv’e (1768-1832) ta’limoti asosida rivojlandi. Ularning ta’limotida o’lik va tirik tabiat o’zgarmas, o’simlik va xayvonlar avval qanday bo’lsa doimiy shunday bo’ladi deyilgan. Ammo oz bo’lsada Darvinga qadar ham « tabiat o’zgaradi va rivojlanadi» degan elementar g’oyalar bo’lgan. J. Batist Lamark, Jorj Byuffon, Erazm Darvin, Lomonosov, Rul’e va boshqalar. Lekin shunday bo’lsada, fan 18 asrda juda ko’pgina savollarga javob bera olmas edi. (Nomi genetika bo’lmasada, Urta Osiyoda ko’pgina genetik ta’limotlar bor edi. Masalan : qaysi yoshda tug’ish, naslning qiz-o’gilligini bilish, yaxshi nav va zotli xayvon va o’simliklar yaratish va xokazo. Suruvga ko’chqor qo’yish, yaxshi urug’ ekish).

Ch. Darvinning 1859 yilda nashr etilgan «Turlarning kelib chiqishi» nomli asari bu savollarga anchagina javob beradi. Darvin bu asarida turlar

doimiy o’zgarmas degan goyaga barham berdi. U bu asarida irsiyat va o’zgaruvchanlik tufayli tashqi sharoit ta’sirida bir necha shakldagi organizmlar vujudga kelishini isbotlab berdi.

Darvin irsiyat, o’zgaruvchanlik va tanlashning (tabiiy, sun’iy) evolyutsiya faktorlari sifatidagi ahamiyatini ko’rsatib berdi. Uning ta’rificha, sifatlar vujudga кelsa, irsiyat bu xususiyatlarni avlrodlarga mustahkamlaydi, tabiiy tanlanish esa ma’lum sharoitga moslanishni vujudga keltiradi, natijada foydali o’zgaruvchanlikka ega bo’lgan organizmlar yashaydi, aks h о ldagilari n о bud bo’ladi.

Darvinning « Xonakilashtirish ta’sirida xayvon va o’simliklarning o’zgarishi» (1868), «Odamning paydo bo’lishi va jinsiy tanlanish» (1871) kabi asarlari biologiyada evolyutsion ta’limotning nazariy asosini tashkil etdi.

Nemis olimi Gofmeyster hujayra yadrosining bo’linishi va ona hujayradan 2 ta qiz hujayra hosil bo’lishini 1848 yilda aniqladi. Keyinrok Ru o’simlik va xayvon hujayralari bo’linishi umumiyligini belgilab berdi. V. Valdeyer

xromosomani aniqladi.

1874 yilda I. D. Chistyakov somatik hujayraning bo’linishini o’rganib Gofmeyster fikrini tasdiqladi. О. Gertvig tipratikonlarda tuxum hujayra yadrosining spermatozoid yadrosi bilan qo’shilishini 1875 yilda birinchi marta aniqladi. Bu hodisa 1880-1883 yillarda ochiq urug’li o’simliklarda Gorojankin, 1884 yilda yopik urug’lilarda Strasburgerlar tomоnidan o’rganildi. 18-asr oxirida Karl Beyer sut emizuvchilar tuxum hujayrasini kashf etib, barcha

organizmlar yagona hujayradan hayot boshlashini ko’rsatib berdi. Ya’ni, hujayra tirik organizmlarning faqat tuzilish birligi bo’lib kolmay, balki rivojlanish birligi hamdir.

Darvin o’zgaruvchanlikda va yangi organizmlar vujudga kelishida duragaylanish muhim ahamiyatga ega ekanligini aniqladi.

Genetika fanining rivojlanish bosqichini umumiy ravishda 3 taga bo’lish mumkin.

Birinchi bosqich chex olimi Gregor Mendelning (1822-1884) irsiyat va o’zgaruvchanlik ta’limoti kashf etilishi bilan bog’liq. Gugo de Friz, Karl

Korrens va Erix Chermaklarning duragaylash bo’yicha olib bоrgan ishlari genetika fanining rivojida va mustaqil fan sifatida ajralib chiqishida katta ahamiyatga ega.

Gugo d e Friz (Gollandiyada) lo laqizgaldok, G e rmaniyalik К о rrens makkajo’xori, Avstriyada Chermak no’xat o’simligi duragaylari ustida ishlab, ota va ona irsiy belgilarining nasldan-naslga berilishi va duragaylarning belgilar bo’yicha ajralishi haqidagi maqolalarini 1900 yilda bir-biridan bexabar holda e’lon qildilar.

Shuning uchun ham genetikaning fan sifatida maydonga kelishini 1900 yilning bahori hisoblaymiz. Yuqorida nomlari qayd etilgan uchchala botanik olim ham, chex olimi G. Mendelning 1865 yilda e’lon qilingan irsiyat qonunlarini «qaytadan kashf etdilar». Bu qonun Mendelning 1865 yilda nashr etilgan « O’simlik duragaylari ustida tajribalar» asarida bayon etilgan edi. Mendel no’xat ustida tajriba olib borib, ularning ayrim belgilarining keyingi bug’inda berilishini o’rgandi va 2 ta muhim masalani hal etdi.

  1. Belgi va xususiyatlar jinsiy hujayralar orqali beriladigan ayrim irsiy omillar bilan belgilanadi.

  2. Organizmlar chatishtirilganda ularning ayrim belgi va xususiyatlari yo’qolib ketmaydi, balki ota va onada qanday bo’lsa, kelgusi bo’ginlarda ham shunday saqlanadi.

Mandelning bu ta’limoti genetikaning kelgusi rivojlanishiga nazariy asos bo’ldi. Gugo de Frizning mutatsiya haqidagi ta’limoti ham genetikaning keyingi rivojiga yordam qildi. logannsan toza liniya va populyatsiyalarda belgilarning nasldan-naslga berilishiga doir tajribalar olib bordi. U bir oilaga oid va tashqi irsiy jihatdan bir xil bo’lib, populyatsiyalardan iborat ekanligini aniqladi.

1909 yilda «toza liniya», «genotip», «fenotip» va «gen» degan tushunchalar fanga kiritildi. Irsiyat va o’zgaruvchanlik haqidagi fanga 1906 yilda angliyalik olim V. Betson genetika deb nom berdi.

Ikkinchi bоsqich irsiyatning moddiy negizini o’rganish, xromosoma ta’limotining kashf etilishi bilan bog’liq. T. Boveri, U. Setton, E. Vilson xromosomalarni o’rganib (1902-1907) hujayraning bo’linishi va jinsiy hujayraning vujudga kelishi jarayonida irsiy faktorlar (genlar) bilan xromosomalar o’rtasida ma’lum bog’lanish bo’lishini aniqladi.

Amerikalik Tomos Mоrgan 1911 yilda o’z shogirdlari bilan birga xromosoma ta’limotini yaratdi. Bu ta’limot xromosomalarda genlar bir chiziqda ketma-ket joylashishini va muayyan turda necha juft gomologik xromosoma bo’lsa, shuncha birikish gruppasi hosil qilinishini tushuntirib berdi. Morgan fikricha genlar xromosomalarning moddiy bo’lakchalaridir. Morgan ta’limoti organizmlarning irsiyati va o’zgaruvchanligini o’rganishda sitologik metodga asos soldi. Natijada genetikada yangi yo’nalish - sitogenetika vujudga keldi. Xromosoma ta’limoti genetikada buyuk kashfiyot bo’ldi. Biroq bu davrda gen mutatsiyasi o’zidan-o’zi vujudga keluvchi, tashqi sharoitga bog’liq bo’lmagan irsiy o’zgaruvchanlik deb qaralar edi. Sababi tashqi sharoit ta’sirida organizmdagi mutatsion o’zgarishlarni vujudga keltirish bo’yicha olib borilgan ko’pgina ishlar natijasiz bo’ldi. Faqat 1925 yilda G. A. Nodson va G. S.

Filippovlar achitqi zamburug’iga radiy nurlari ta’sir ettirib, birinchi marta mutatsiya oldi. Amerikalik genetik G. Myuller meva pashshasi (drozofila) ga rengent nurlari ta’sir ettirilib, mutatsiya chastotasining ko’payishini isbotlab, mutatsiyalar miqdorini aniq hisobga olish usulini ishlab chiqdi.

1932 yilda AQSH da L. Stadler, Sapegen, Delone lar makkajo’xori va

bug’doyning xo’jalik uchun qimmatli navlarini yaratdi. Bu ishlari bilan radiatsion mutagenez usulidan foydalanishni taklif qildi. Natijada genetikada yangi yo’nalish radiatsion genetika vujudga keldi. Saxarov, Loboshev, Rapopport, Auerbix lar irsiy o’zgaruvchanlikni vujudga keltirishda kimyoviy moddalardan foydalanib, kimyoviy mutagen ta’limotini yaratdi.

1930 yillarda Serebrovskiy va Dubininlar gen to’grisidagi ta’limotni yanada rivojlantirdi. Dubinin molekulyar genetika asoschisi hisoblanadi. U gen ham bir qancha qismlardan iborat ekanligini isbotladi, ya’ni gen

xromosomaning bir qismi N. K. Kolsov genlarning kimyoviy tarkibini o’rganib molekulyar genetikani yanada rivojlantirdi.

Genetikaning rivojlanishida N. I. Vavilovning xizmati katta. U irsiy o’zgaruvchanlikda gomologik qatorlar qonunini ishlab chiqdi. N. Vavilov bu qonun asosida madaniy o’simliklarning kelib chiqishi va joylashish markazlarini aniqladi. Geografik tarqalishining va joylashishining sabalarini isbotladi.

Genetika fanini rivojlanishga I. Michurinning xizmatlari katta. U sistematik jihatdan uzoq bo’lgan formalarning chatishmasligi va olingan duragayning naslsiz bo’lishiga barham berish mumkinligini isbotladi. Navashin esa ko’sh urug’lanish hodisasini isbotladi. Genetikaning metodlarini seleksiya bilan boglab olib borish natijasida, geografik jihatidan uzoq bo’lgan formalarning chatishmasligi va ulardan olingan duragaylarning naslsiz bo’lishiga barham beradigan usullarni ishlab chiqqan olim Karpechenko Michurinni ishlarini yanada rivojlantirdi.


Download 382,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish