Sizga tavsiya etilgan «Genetika» fani bo’yicha ma’ruza matnlari tezislari tasdiqlangan namunaviy dastur asosida yozilgan bo’lib, shu fanga doir asosiy tushunchalar va ma’lumotlar qisqacha bayon etildi



Download 382,58 Kb.
bet5/18
Sana31.12.2021
Hajmi382,58 Kb.
#275700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
gen MM lot

Nazorat savollari:

  1. Qadimda kishilar genetikaning qaysi ochilmagan qonunlaridan foydalanlar;

  2. Genetika boyicha dastlabki yutuqlarga qachon erishila boshlandi;

  3. Qaysi olimlar chex olimi G. Mendelning 1865 yilda e’lon qilingan irsiyat qonunlarini «qaytadan kashf etdilar»;

  4. Genetika fanining rivojlanishini umumiy ravishda nechta bоsqichga bo’lish mumkin;

  5. Mendel no’xat ustida tajriba olib borib qaysi muhim masalalarni hal etdi.

  1. Mavzu. GENETIKA FANINING MAQSADI
    VA O’RGANISH USLUBLARI


Reja : 1. Genetika fanining maqsadi va vazifalari;

  1. Gentika fanining o’rganish uslublari.

Adabiyotlar: 1,3,4,6.

Tayanch iboralar: O’zgaruvchanlik, mutatsiya, kombinatsion o’zgaruvchanlik, ontogenetik yoki fen о tipik o’zgaruvchanlik, m о difikatsion o’zgaruvchanlik, genetik tahlil, gibridologik tahlil, sitologik usul, sitogenetik, fenogenetik yoki ontogenetik usul, seleksiyaning oltin fondi.

Tirik organizmlarning ikki xususiyatini -irsiyati va o’zgaruvchanligini genetika fani o’rganadi. O’rganish ob’ektiga ko’ra biologik fanlar jumlasiga kiradi.

Genetika o’rganadigan irsiyat va o’zgaruvchanlik уer yuzidagi olam evolyutsiyasini ta’minlovchi muhim 2 ta omil hisoblanadi. Irsiyat barcha organizmlarga xos bo’lib ularning oila, avlod, tur va turkum navga xos bo’lgan xususiyatlarni nasldan - naslga o’tkazadi. Irsiyat tufayli ota - ona organizlarining belgisi va xususiyatlarining кelgusi avlod uchun turg’un saqlanib qolishi irsiyatning bir tomoni, ikkinchi tomoni organizmlarning ontogenezida ma’lum moddalar almashunuvi xarakatlarini va rivojlanish tipini ta’minlashdir.

Hujayraning jinsiy va jinssiz ko’payishi orqali ota-ona belgi va xususiyatlari kelgusi avlodgi beriladi.

Jinsiy ko’payishda erkak (sperma) va urg’ochi (tuxum) hujayralar o’zaro qo’shilib, urug’lanish natijasida yangi avlod vujudga keladi. Irsiyatning moddiy negizi jinsiy hujayralarda bo’lib, avlodlar shu orqali bir-biri bilan bog’langan bo’ladi. Jinsiz ko’payishda ham xuddi shunday bo’ladi. har qanday organizmning belgi va xususiyatlari indivudial rivojlanish jarayonida tashqi muhit ta’sirida shaqllanadi.

Har bir organizmning rivojlanishi uning irsiyati bilan bog’langan. Shunday bo’lmaganida edi bir turdan ikkinchi bir tur vujudga kelmasdi.

Irsiyatning moddiy negizi - har bir hujayraning, qiz hujayraga taqsimlanish xususiyatiga ega bo’lishidir. Bunda asosiy rolni hujayra yadrosidagi xromosomalar o’ynaydi.

Xromosoma grekcha so’z bo’lib xromos—bo’yoq, rang, soma- tana degan ma’noni bildiradi. Xromosoma o’z nusxasini hosil qilish xususiyatiga ega bo’lib, hujayra bo’linganda xromosomaning bu nusxalari uzunasiga ikkiga bo’linadi.


Download 382,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish