Suv xo’jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti


Kapital qo’yilmalarni hisobga olish



Download 46,5 Kb.
bet12/13
Sana11.04.2022
Hajmi46,5 Kb.
#541886
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
AMALIYOT HISOBOTI

12. Kapital qo’yilmalarni hisobga olish.

AVECO usuli materiallarning o'rtacha narxlariga asoslangan. Bu usul bo'yicha har bir birlikning qiymati davr boshlarida o'xshash birliklarning o'rtacha o'lchanadigan qiymatidan va davr mobaynida sotib olingan va ishlab chiqarilgan o'xshash birliklar qiymatidan belgilanadi. O'rtacha qiymat davriy asosda yoki xo'jalik yurituvchi subyektda mavjud bo'lgan vaziyatga ko'ra, har bir qo'shimcha yetkazib berish davomida hisoblanishi mumkin. . FIFO usulida ishlab chiqarish uchun dastlab sotib olingan materiallar partiyasi bo'yicha baholanadi, so'ngra ikkinchi partiya bahosi bo'yicha va hokazo. FIFO usulida xomashyo, materiallar va tovarlar kelib tushish tartibi bo'yicha baholanadi. Bu shundan dalolat beradiki, materiallar tannarxining qismi sifatida nisbati oldingi bahoda haqiqatda ushbu materiallar yuqori yoki past narxda sotib olinganligidan qat'i nazar, sarflanadi. Materiallarning bahosi ularning joriy bahosini aks ettiradi. Inflyatsiya davrida FIFO usuli qo'llanilsa, sof foydaning eng yuqori darajasiga erishiladi. LIFO usulida materiallar ishlab chiqarishga avval oxirgi, so'ngra avvalgi partiya tannarxi bo'yicha yoziladi va hokazo. Zaxirada qolgan ni'ateriallar qiymati hisobot davrining oxirida birinchi sotib olingan material tannarxi bo'yicha hisoblanadi. UFO usulidan foydalanish inflyatsiya davrida eng past foydani, deflyatsiya, ya'ni narxlarning pasayishi vaqtida eng yuqori foydani keltiradi. Materiallar harakati bilan bog'liq muomalalarni o'z vaqtida hujjatlarda rasmiylashtirish ularning hisobini to'g'ri yuritishni ta'minlaydi. Korxona o'zaro tuzilgan shartnomaga muvofiq mol yetkazib beruvchilardan kelgan materiallar uchun hisob-kitob, yuklash va boshqa yo'llanma hujjatlar (to'lov talabnomasi, schyot-faktura, tovar-transport yukxatlari) oladi. . Korxonaga kelgan hujjatlar tezkor xodim tomonidan kelgan materiallarni qayd qilish uchun ochilgan M-I shaklidagi maxsus daftardaro'yxatga olinadi hamda shartnomada ko'zda tutilgan talablarga mos kelishi nazoratdan o'tkaziladi. Mol yetkazib beruvchi yoki transport tashkiloti omboridan materiallarni olish uchun buxgalter ekspeditorga M-2, M-2a shakldagi ishonchnoma yozib'beradi. Moddiy boyliklarni olishga beriladigan ishonchnoma - korxona mol yetkazib beruvchilaridan tovar-moddiy boyliklarni olish uchun o'z vakiliga beradigan hujjatdir. Korxona ishonchnomaning ikkita - M-2 va M-2a shaklidan foydalanadi. M-2 shaklidan foydalanganda berish-olish haqidagi ma'lumotlar ishonchnoma varaqasining qo'shimcha qismiga (koreshogiga) yoziladi, bu holda berilgan ishonchnomani maxsus daftarda qayd etilishga hojat qolmaydi. Korxona moddiy boyliklarni omrnaviy tarzda ishonchnoma bilan oladigan hollarda M-2a shaklidagi ishonchnomadan foydalanadi. Berilgan ishonchnoma esa maxsus daftarda ro'yxatdan o'tkaziladi. Ishonchnoma korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan muhrlangan holda beriladi, so'ngra u M-2b shaklidagi maxsus daftarga qayd qilinadi. Ekspeditor esa ishonchnomani olishda daftarga imio chekadi. Ishonchnomani olgan xodim materiallar olingandan keyingi birinchi kundan qoldinnasdan unga yuklatilgan vazifani bajarganligi hamda olingan materiallarni omborga topshirganligi to' g'risidagi hujjatlarni buxgalteriyaga topshirishi shart. Foydalanilmagan ishonchnomalar belgilangan muddati o'tib ketgandan keyingi kunda buxgalteriyaga topshiriladi. Muddati o'tib ketgan ishonchnomalar bo'yicha hisobot bermagan shaxslarga yangi ishonchnomalar berish man qilinadi. Materiallarni omborga ombor mudiri yoki omborchi qabul qiladi. Keltirilgan materiallar mol yetkazib beruvchining hujjatlari bilan muvofiq bo'lsa, omborchi M-4 shaklidagi kirim orderi tuzadi. Kirim operatsiyalari soni kam bo'lganida, mol yetkazib beruvchining hujjatiga muhr qo'yishga ruxsat etiladi. Agar kirim qilingan materiallar va yuborilgan hujjatlar orasida tafovut aniqlansa, materiallarni qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Bu dalolatnoma mol yetkazib beruvchi yoki boshqa manfaatdor bo'lmagan korxona vakillari ishtirokida tuziladi. Dalolatnoma tuzilganida kirim orderi rasmiylashtirilmaydi. Ombordan sexlarga sarflash uchun beriladigan materia1larga limitzabor kartalari, talabnoma hamda yukxatlar rasmiylashtiriladi. Materiallarning bir marotaba, kam takrorlanadigan xarajat qilinishi talabnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat iste'molchi sex, bo'lim va uchastkalar tomonidan rasmiylashtiriladi. Ombordan sexlarga materiallar muntazam berib borilsa, u holda limit-zabor kartalari qo'llaniladi. Limit-zabor kartasi korxonaning ishlab chiqarish yoki reja bo'limi tomonidan yoziladi. Unda shu sex yoki uchastkaga berilishi lozim bo'lgan material ma'lum turining cheklangan oylik me'yori ko'rsatiladi. Cheklangan me'yor sex yoki uchastkaning ishlab chiqarish rejasi va shu sex yoki uchastkada materiallarni sarflash me'yori asosida aniqlanadi. Limit kartasi ikki nusxada yoziladi, bir nusxasi omborga, ikkinchisi esa sexga beriladi. Materiallar berilgandan so'ng limit kartasining sex nusxasiga imzo qo'yadi, sex xodimi omborchining nusxasiga o'z irnzosini qo'yadi. Omborchi har bir operatsiyadan keyin foydalanilmagan limit qoldig'ini hisoblab chiqadi. Limit yetmagan taqdirda limitdan tashqari materiallar xarajati talabnoma bilan rasmiylashtiriladi. Materiallarning sarflanishi bo'yicha limitning shu tariqa belgilanishi me'yordan ortiqcha sarflar haqida korxona rahbarlariga o'z vaqtida xabar qilish imkonini beradi. Limit kartalarining qo'llanilishi hujjatlar sonini kamaytiradi va ularni qayta ishlashni yengillashtiradi. Materiallarning ichki ko'chishida, ya'ni bir ombordan ikkinchisiga, bir sexdan ikkinchi sexga berilganida hamda chiqindilar omborga keJtirilganida qabul qilish yukxatlari bilan ramiylashtiriladi. Ombor xodirnlariga materiallarni boshqa hujjadar bo'yicha hamda turli xatlar, og'zaki farmoyishlar asosida berish taqiqlanadi. Korxona omborida materiallarning but saqlanishini tashkil etish ularni to'g'ri hisobga olib borilishini ta'minlaydi. Shuning uchun ham ombor xo'jaligi ishlarini tashkil qilishga muayyan talablar qo'yiladi. Korxona omborida materiallarni hisobga olishning to'g'ri tashkil qilinishi materiallarni hisobga olish usuliga, hisob ro'yxati (registri)ning turiga, miqdoriga, foydalanilgan ko'rsatkichlarga va ularning o'zaro solishtirilishiga bog'liq. Korxona ombori ixtisoslashtirilgan bo'lishi kerak. Chunki xilmaxil materiallarning kimyoviy hamda fizik xossalari ularni turli xil sharoitlarda saqlashni talab qiladi. Omborxona tegishli materiallar joylashtiriladigan stellajlar, tokchalar, shkaf va yasbiklar bilan jihozlanishi lozim. Materiallarning har biriga ularning nomi, nomenklatura raqami, navi, o'lchami, o'lchov birligi ko'rsatilgan yorliq yozilib, saqlash joyiga yopishtirib qo'yiladi. Tez yonishga moyil bo'lgan materiallar maxsus omborlarda
saqlanishi lozim. Bu omborlar yong'inga qarshi qurilmaIar bilan jihozlangan bo'lishi shart. Ochiq havoda saqlanishi lozim bo'lgan materiaIlar omborxona hovlisida maxsus ajratilgan, yog'ingarchilikdan saqlanadigan bostirmaga joylashtiriladi. HaIDma omborxonalar tosh-tarozi, o'1chov idishlari va shunga o'xshash boshqa zarur moslamalar bilan ta'minlangan bo'lishi lozim. Ombor mudiri moddiy mas'ul shaxs hisoblanib, omborxonada saqlanayotgan hamma materiallar harakati faqat u orqali bajariladi. Omborchini ishga olish, boshqa lavozimlarga o'tkazish va xizmat vazifasidan ozod qilish bosh buxgalter bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Ombor mudirini ishga qabul qilishda uning to'la shaxsiy moddiy javobgarligi haqida shartnoma tuziladi. Uni ishdan bo'shatish saqlanayotgan mollaming to'liq inventarizatsiyasi o'tkazilib, moddiy boylik1ar javobgarligi boshqa shaxsga o'tkazilgandan keyingina amalga oshiriladi. Omborda materiallaming qoldiqlari to'g'risida to'liq ma'lumot olish maqsadida ulami alohida turlari, navlari, o'1chami va nomenklatura raqamlari bo'yicha hisobga olish zarur. Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda materiallar bo'yicha tahliliy hisobni to'g'ri yuritish muhim. Shu sababli ular hozirgi paytda uch xiI usul bo'yicha yuritiladi: 1. Materiallar harakatini hisobga oluvchi daftarda. 2. Materiallar harakatini yurituvchi kartochkalarda. 3. Tezkor-buxgalterlik (qoldiq) usuli. Materiallami to'g'ri hisobga olishda ulaming faktura bahosini aniqlash muhim. Xalqaro buxgalteriya hisobi standartlari bo'yicha materiallami joriy hisobda hisobga olishda ulaming haqiqiy qiymatini bilish juda muhim. Xalqaro savdo amaliyotidagi faktura bahosini aniqlashda moddiy qiymatlik1ar bahosi va qoplanadigan transport tariflari, yuklaming sug'urta to'lovlari, eksport soliqlari va bojxona yig'imlarining ma'lum tartibda qoplanishi va uni tomonlar qoplanishini belgilash zarur. Omborlarda materia1laming miqdor ko'rsatkichlari hisobi yuritiladi. Buning uchun materiallaming har bir turiga yoki nomenklatura raqamiga M-I? sonli tipik shakldagi varaqlar ochiladi. Ular material harakati bilan bog'liq kirim va chiqim operatsiyalari bo'yicha rasmiylashtirilgan boshlang'ich hujjatlar asosida to'ldiriladi va har bir kirim hamda chiqim operatsiyalari yozilgandan keyin material qoldig'i aniqlanadi. Materiallarning ombordagi haqiqiy qoldig'i me'yordagi qoldiq bilansolishtiriladi va o'rtadagi farqdan ta'minot bo'limi xodimlari xabardor qilinadi.

Xulosa
Buxgalteriya hisobining eng asosiy vazifalaridan biri ish haqi fondining xarajat qilinish hisobini yuritish, uning ustidan nazorat o'matish, shuningdek,balans va hisobotlarni o'z vaqtida topshirish, bud jet muassasalarida to'g'ri yo'lga qo'yilgan buxgalteriya hisobi smeta xarajatlarini aniq tuzish va foydalanilmayotgan ichki resurslarni izlab topish imkoniyatini beradi. Smeta xarajatlarini bajarish bo'yicha buxgalteriya hisobi memorialorder, jumal-order va bosh jumal shakllarida yuritilishi mumkin. EHMdan foydalanish qo'l mehnatini yengillashtirib, smeta xarajatlaridan foydalanishda axborotlar hisobini qayta ishlashni avtomatlashtirishning umurniy tizimini yaratish irnkoniyatini beradi. Hisobot yili davomida mulkni baholash va xo'jalik jarayonlarini yoritish bo'yicha muassasada yagona hisob siyosati yuritilishi lozim. Hisobda daromad va xarajatlarni hisobot davri bo'yicha to'g'ri eng asosiy jihat hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi smeta xarajatlari bajarilishini, debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar holatini, pul mablag'lari va tovar-material qiymatliklar saqlanishini doimiy nazorat qilib borishi kerak. Muassasa rahbarlari buxgalteriya hisobini to'g'ri tashkil etish uchun zarur sharoitlami yaratib berishlari, barcha bo'lim va xizmatlarga, shuningdek, xodirnlarga buxgalteriya uchun kerakli hujjatlarni topshirishda bosh hisobchi talablarini so'zsiz bajarishlarini ta'minlashlari lozim. Budjet xarajatlari va daromadlari to'g'ri hisobini yagona budjet hisobi tizirnida ta'rninlash budjet tasnifi asosida bo'ladi. Budjet tasnifi daromad va xarajatlarni bir turdagi belgilar bo'yicha majburiy guruhlash belgilangan tartibda kodlashtirish uchun ilmiy asoslanishni ko'zda tutadi. Budjet tasnifi tashkily va huquqiy aharniyat kasb etadi. Tashkiliy ahamiyati shundan iboratki, u budjetning daromad va xarajatlarini bir tarzda hisobga olishni ta'minlaydi, budjetni bajarilishi haqida hisobotlar tuzadi, daromad va xarajatlarning har bir turi bo'yicha tablil o'tkazadi va nazorat qiladi, budjet ko'rsatkichlari va hisobotlarini mashinada qayta ishlashda kodlashtirishni amalga oshiradi. Budjetda ko'zda tutilgan va muassasalar budjet tasnifida ko'rsatilgan daromad va xarajat ko'rsatkichlari moliyaviy reja hisoblanadi va bajarish uchun majburiydir. Tasnif daromad va xarajat kabi ikkita asosiy qismni o'z ichiga oladi. Bu qisrnlar o'z navbatida bo'lim va paragraflar bo'yicha guruhlanadi. Tasnifdagi moddalar yagona tartib raqamiga ega. Muassasa xarajatlarining moddalari uchun quyidagi raqamlar ro'yxati ajratilgan: I-ish xaqi fondi. 2-ijtimoiy sug'urta. 3-devonxona va ho'jalik xarajatlari. 4-safar xarajatlari. 8-stipendiya. 9-ovqatlanish xarajatlari. lO-dori-dannon va bog'lash vositalari sotib olish. 12-asbob-uskunalar va jihozlar sotib olish. 14-yumshoq jihozlar sotib olish. 15-davlat sannoya qo'yilrnalari. 16-kapital ta'mirlash. 18-boshqa xarajatlar. 30-davlat dotatsiyasi. 31-jarayonli xarajatlar. 35-ssudalar bo'yicha to'lovlar. Xarajatlar smetasi asosiy reja va moliyaviy hujjatdir. Smetada ko'rsatilgan summalar oxirgi chegara hisoblanadi va undan ortiq xarajat qilishga ruxsat berilmaydi.


Download 46,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish