Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi


Bo’limning klassifikatsiyasi



Download 2,02 Mb.
bet3/17
Sana30.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#718761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
214 suv o\'ti

1.2. Bo’limning klassifikatsiyasi.


Ko‘pchilik sistematiklar yashil suvo‘tlarni uch sinfga bo‘lib o‘rganadilar.
Chin yashil suvo‘tlar yoki teng xivchinlilar sinfi—Chlorophyceae, Isocantae. Ularning eng xarakterli belgilari jinsiy ko‘paygan vaqtda ikki, to‘rt va ba’zan ko‘p xivchinli izokant yoki izomorf zoosporalar hosil qiladi. Jinsiy ko‘payish izogamiya, geterogamiya, oogamiya. Bu sinf vakillarida tallom morfologik jihatdan differensiyalangan, tallomning xususiyatiga ko‘ra ular sistemaga solinadi.
Matashuvchisimonlar — Conjugatophyceae. Bu sinfning xa­rakterli belgisi ularda xivchinli stadiyalar, jinssiz ko‘payish bo‘lmaydi. Jinsiy ko‘payish kon’yugatsiya.
Xarasimonlar sinfi — Charophyceae. Bu sinfga tallomi ipsimon, morfologik jihatdan differensiyalangan suvo‘tlar kiradi. Jinsiy ko‘payish — oogamiya. Jinsiy organlari ooga­miya va anteridiy ko‘p hujayrali va murakkab tuzilishga ega.
1.3.Yashil suvo‘tlar sinfi
Suvo'tlar (tuban) ancha sodda tuzilgan o'simliklar bo'lib, ularning tanasi ildiz, poya va barglarga bo'linmagan. Suvo'tlar orasida bir hujayrali va ko'p hujayralilari ham bor. Tuban o'simliklar tanasi qattana yoki tallom (ildiz, poya va bargga bo'linmagan tana) deb ataladi.
1-rasm. Suv o’t turlari.
Tuban o'simliklarni suvo'tlar tashkil etadi. Suvo'tlar, asosan, suvda yashaydigan, hujayralarida xlorofill donachalarini saqlaydigan va yorug'lik ta'sirida organik moddalar hosil qiladigan tuban o'simliklar.
Hozirgi vaqtda suvo'tlarning fanga ma'lum bo'lgan turlari 30 000 ga yaqin bo'lib, ular orasida ko'k-yashil, sarg'ish yashil, yashil, qo'ng'ir, qizil va sariq suvo'tlar bor. Bu suvo'tlarning hujayralarida xlorofllldan tashqari yana har xil rang beradigan pigmentlar bor.

2-rasm .Xlamidomonad.


Suvo'tlarning suvdan tashqarida - zax tuproqlarda, sernam sharoitda o'suvchi daraxtlar po'stlog'ida, to'nkalarda, daryo yoqasidagi toshlar ustida o'suvchi turlari ham uchraydi.
Suvo'tlar orasida oddiy ko'z bilan deyarli ko'rib bo’lmaydigan, bir hujayrali turlari bilan bir qatorda tanasi bir necha metr keladigan ko'p hujayrali turlari ham bor.
Bir hujayrali suvo'tlar juda mayda - oddiy ko'z bilan ko'rib bo'lmaydigan organizmlardir. Lekin ularning to'plamlarini oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin. Yozda ariq, hovuzda uzoq turib qolgan ko'lmak suvlar yashil rangga kirib qoladi. Bunday suvni «gullab qolgan suv» deyishadi. Aslida yashil g'ubor ham, suvning yashil rangi ham to'planib qolgan bir hujayrali suvo'tlardir.
Agar «gullab qolgan suv»ning bir tomchisini buyum oy-nasiga tomizib, mikroskop ostida qaralsa, bu suvda bir ta-lay mayda tirik xlorelladoshlar oilasiga mansub bir hujayrali yashil suvo't - oddiy xlorellani ko'rish mumkin.
Bu hujayraning usti yupqa va mustahkam qobiq bilan o'ralgan. Ichida boshqa o'simliklar hujayrasida bo'lgani kabi, sitoplazma bilan yadro bor. Hujayrada sitoplazma va yadrodan tashqari xloroflll bilan yashil rangga bo'yalgan xromatofor ham joylashgan.
Xromatofor yuksak o'simliklar bargidagi xloroplast vazifasini baja-radi. Yorug'lik ta'sirida unda suv va karbonat angidriddan kraxmal, oqsil va boshqa organik moddalar hosil bo'ladi, suvga esa kislorod ajralib chiqadi. Xlorella suvni ham, unda erigan karbonat angidrid va mineral tuzlarni ham po'sti orqali shimib oladi.
Xlorella jinssiz – hujayrasining bo'linishi yo'li bilan ko'payadi. Bunda ona hujayra ichidagi tirik qism 4 yoki 8 teng bo'lakka bo'linadi va bu bo'laklarning har biri alohida qobiq bilan o'ralib, mayda hujayrachalarga aylanadi.
Kuz kelishi bilan xlorella qalin, zich qobiqqa o'ralib, sporaga aylanadi va shu holda qishlaydi. Banor kelib, qulay sharoit tug'ilgach, spora shaklida qishlagan hujayraning od-diy bo'linishi natijasida bir necha xlorella hosil bo'ladi. Ular hujayra qobig'ini yorib chiqadi va mustaqil hayot kechira boshlaydi.
Xlamidomonadadoshlar oilasiga mansub bir hujayrali yana bir suvo't - xlamidomonadadir. U ko'pincha iflos va azotli birikmalarga boy suv havzalarida uchraydi, ba'zan akvarium devorlarida ham o'sadi.
Ushbu tartibning vakillari kokkoid strukturali suvo’tlari bo’lib, vegetativ hayoti davomida harakatsiz bir hujayrali yoki kolonial
bo‘ladi.
Ayrim vakillari jinssiz ko‘payishda zoosporalar hosil qilsa (Suv to’ri, ediastrum), ayrimlari avtosporalar (Xlorella, Ssenedesmus) yordamida ko’payish xususiyatiga ega. Vakillarining deyarli hammasi chuchuk suvlarda, tuproqda yoki suv sachratqilarida hayot kechiradi.
Ulotrikslar tartibiga kiruvchi suvo’tlari shoxlanmagan ipsimon strukturali bo’lib, uchki hujayralari ko’ndalangiga bo’linishi hisobiga ipi uzunlashib boradi (masalan, Ulotriks). Ayrim vakillari plastingkasimon tuzilishga ega bo’lsada (masalan, Ulva), o’sishining boshlangich davrida ipsimon tallom hosil qiladi. Ushbu tartibning tipik vakillaridan biri Ulotriksning (Ulotrix) ipi bir teks joylashgan hujayralardan iborat bo’lib, pastki qismidagi substratga yopishuvchi rangsiz hujayrasi rizoid vazifasini bajaradi. Xromatofori hujayra qobig’i tagida plastinka shaklidagi, uchlari birlashmagan belbog’ni eslatadi. Ulotriks vegitativ hujayralarida 4 xivchinli zoosporalar hosil qilib, jinssiz ko’payadi. Jinsiy ko’payishi esa izogamiya usulida bo’lib, ikki xivchinli gametalar yuzaga keladi.
Bu sinfga bir hujayrali kokkid va oddiy ipsimon, shoxlanmagan suvo’tlar kiradi. Ularning xarakterli belgisi rivojlanish siklida haraktchan stadiyasining yo’qligi va jinsiy ko’payishida oogamiyaning o’ziga xos ko’rinishi hisoblanuvchi ikki vegetativ hujayralarning o’zaro qo’shilishi yoki «matashishi» (konyugatsiya) bo’lib hisoblanadi. Matashish jarayoni har xil vakillarida o’ziga xos ko’rinishda amalga oshadi. Ko’pchilik ipsimon vakillarida yonma - yon joylashgan iplar orasida qator o’simtalar hosil bo’li6, hujayralar sitoplazmasi biridan ikkinchisiga o’tadi va zigota hosil bo’ladi (narvonsimon konyugatsiya). O’simtalar bir ipdagi hujayralar orasida (bir - biridan harxil uzoqdagi hujayralar) ham yuzaga kelishi mo’mkin (yon konyugatsiya). Hosil bo’ladigan zigota koopulyatsion kanal (o’simta) ichida yuzaga kelish hollari ham uchrab turadi (oraliq konyugatsiya). Matashuvchilarda jinssiz ko’payish uchramaydi. Matashishdan tashqari tallomlari
bo’laklarga bo’linib vegitativ yo’li bilan ko’payishi mo’mkin. Matashuvchilarning tartiblarga bo’linishiga asos qilib tallomining tuzilishi va zigotalaridan o’sib chiqadigan o’simtalarining soni olingan.

3-rasm
Xara suvo’tlari o’zining yuksak darajada tuzilganligi bilan boshqa suvo’tlaridan keskin farq qiladi. Ularning tashqi tuzilishi qirqbo’g’imga o’xshab ketadi. Mutovka shaklida shoxlangan bo’lib, bo’g’in va bug’in oraliqlarini hosil qiladi. Hujayralari uzunligi jihatidan bug’in oraligini to’liq egallagan bo’lib, rangsizroq markaziy va uning ustida bir nechta po’stloq hujayralari joylashgan. Lekin xara suvo’tlarining ayrim vakillarida po’stloq hujayralari bo’lmaydi va bo’g’in oraligi bir dona uzun hujayradan iborat bo’ladi



4-rasm
1.4. Xivchinlilar (Mastigophora) sinfi
Xivchinlilar tanasi qattiq qobiq bilan qoplangan bir hujayrali hayvonlardir. Ularning tipik vakili yashilevglena hisoblanadi. Ular bitta yoki bir nechta xivchinlar yordamida harakatlanadi.

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish