Tashmatov Shuhrul 11 itini не t Icli


l-chizma. Iqtisodiyotning turli yo‘nalishIari va maktablari



Download 0,54 Mb.
bet3/135
Sana31.12.2021
Hajmi0,54 Mb.
#219482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Bog'liq
2 5474355819308911273

l-chizma. Iqtisodiyotning turli yo‘nalishIari va maktablari


Q.Yo‘ldoshev, N.Yo‘ldoshev, A.Razzoqovlar tomonidan mamlakati- miz hududida yashab, ijod etgan domshmandlaming iqtisodiy merosi to‘g‘risida bir qancha ilmiy maqolalar va o‘quv qo‘llanma chop etildi. 2000’ yili TDIU da «Iqtisodiy meros va jahon tajribasi» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi va uning materiallari (2001-yil, 9.75 b.t.) nashr qjjindi.

Shulami hisobga olib, darslikka alohida ikki bob kiritildi. Unda Markaziy Osiyo mutafakkirlaiining iqtisodiy g‘oyalarikeltirildi. Bunda keyingi davrda boshqa mintaqalarda chiqarilgan adabiyotlaming tajribasidan foydalartildi.

Umuman, respublikamizda «Xalq x«‘jaligi va iqtisodiy la’limotJar tarixb (08.00.02) fani bilan u yoki bu darajada shug‘ullanayotgan bareha kuchlami birlashtirish, dastur, o‘quv qo41axima, darslik tay- yorlash, malakasini oshirish, ilmiy daraja olishga imkon beruvchi ixtisoslashgan kengash ochish, birgalikda konferensiya va boshqa anju- manlami o'tkazish, iJmiy tadqiqotlar olib borish vaqti yetdi.

Ushbu darslik Toshkent Davlat iqdsodiyot universiteti «Iqtisodyot nazariyasi» kafedrasi a’zolari i.f.d., professor, 0‘zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan xalq ta’limi xodimi A.A. Raxsoqov, i.f.d. Sh.H. Tashmatov (11-14-boblax) hamda i.f.n. N. O^rmonov (3-4,22-boblar) tomonidan yozilgan, Har bob oxirida qisqacha xulosalar, asosiy tushmicha va iboralar, nazorat va mulohaza qilish uchun savollar keltidldi-

KIRISH «IQTISODIY TA'LIMOTLAR TARIXb KURSJDNING PREDMETI VA USLUBI



«Iqtisodiy ta’Iimotlar tarixb kursi iqtisodiy fanlar tizimida muhim o'rin egallaydi.

Insoniyat o'zining ko‘p miiig ylllik tarixi davomida katta iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan. Har bir davrda u yoki bu mamlakatda ayrim shaxslar (olim yoki hokimiar) tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g‘oya, nazariya, konsepsiyalar iigari surilgan va amalga oshirilganki, bir holda shular tufayli davlat va xalqlar ravnaq topgan, ba’zida tanazzulga uchragan. Ana shu iqtisodiy g‘oyalami har tomonlama chuqur o'rganish, tahlil etish, ular orasidan umumbashariy ahamiyatlilarini ajratib olib, hozirgi davrga, ya’ni hayotga tatbiq etish amaliy va nazariy jihatdan foydalidir.

«Iqtisodiy ta’Iimotlar tarixi» fanining predmeti bo‘lib, ma’lum davrlardagi ijtimoiy qatlamlar, insonlar manfaatini ifoda etuvchi iqtisodiy g'oyalar va ijtimoiy konsepsiyalaming vujudga kelishi, rivojlanishi va almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi.

Bu g‘oyalar ayrim iqtisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar va yo‘nalishlaiga tegishlidir. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab, to hozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g‘oya, qarash, nazariya va ta’limotlami o‘z ichiga oladi.

Uslubiy jihatdan bu fan iqtisodiy tahlilning ilg‘or metodlari yig‘indisidan iborat bolib, tarixiy induksiya, mantiqiy abstraksiya va boshqa usuliardan keng foydalanadi.

«Iqtisodiy ta’Iimotlar tarixi» fani «Iqtisodiy nazariya» fani bilan chambarchas bogliq, lekin undan katta farq qiladi. «Iqtisodiy nazariya» fanida eng muhim iqtisodiy kategoriyalaming so'nggi davr uchun tahlili beiUadi, ammo bu nazariyalar har doim ham turg‘un bo'lmaydi va vaqt davomida, ayniqsa, keskin o'zgarishlar davrida evolutsiyada bo‘ladi.

«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanida ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g'oya, qarash, nazariya, qonun, ta’limot, konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlaming manfaatlari nuqtai nazaridan tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi.

Iqtisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo‘jalik obyekti bilan chambarchas bog'liqligini namoyon etadi. «Eskirgan nazariyalarni ular faqat inkor etilganligi sababli prinsipda ilmiy emas deyiah murakin / emas», - deb yozadi taniqli iqtisodchi T.Kun. Chunki keyingi, nisbatan j yangi qarashlar awalgilar asosida, ulami qabul qilish, rivojlantirish yoki inkor etish natijasida paydo bo'lgan. Ba’zi mutaxassislar faqat yangi nazariyalamigina o‘rganishni taklif etishadi, ammo bu so‘nggi nazariya awalgi ko‘p yiliik ilmiy, amaliy tadqiqotlaming yakuniy qisqacha xulosalari sifatida namoyon bo£ladi yoki bugun biz «yangi» degan fikr ma’lum vaqtdan keyin o'zgarishi mumkin.

Bu fen boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa, iqtisodiyot nazariyasi fani bilan bevosita bog'Iiq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi ancha keng davmi qamrab olgan va mustaqil xarakterga ega. Bu fanni o'iganish orqali xalq xo'jaligi tarixi, iqtisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalar hamda aniq iqtisodiy predmetlami o‘zlashtirish osonlashadi, u yolti bu iqtisodiy o'zgarishning shart-sharoitlari va oqibatlarini tahlil etishga katta ko'mak berajdi.

Masalan, bizga bugun yangidek tuyulgan bozor iqtisodiyoti to'g‘- risidagi fikrlar Adam Smit tomonidan 1776-yili chop etilgan «Xalqlar boyligi» asarida asosan to‘la tahlil etib berilgan. Ba’zi iqtisodiy g'oyalar esa qadimdan ma’lum. Ulami o‘rganish va eng muhimi, hayotga tatbiq , etish yaxshi samara beradi,

Bu farrni chuqurroq o‘rganish tufayli bir qancha yechimini kutayot- gan nazariy masalalarga oydinlik kiritish imkoni tug‘iladi. Masalan, bozor munosabatkrining ibtidosi hanuzgacha aniq yechimga ega emas. Ayrim olimlar bu jarayonni xususiy mulk, sinfiyjamiyat yuzaga kelishi bilan bog‘lasalar, ayrimlari (R.Xeylbroner, L,Turou) uni kapitalizm bilan, aniqrog‘i, «ishlab chiqarish omillari» paydo bo‘lishi bilan izohlaydilar (mehnat, yer va kapital tovarga aylangach, bozor tizimi yuzaga kelgan ekan). Keyingi fikr bo‘yicha bozoming ibtidosi XVIII asrda Angliyada boshlandi.

0‘z davrida ilg‘or Sharqning ortda qolishi, G‘aibning ilgarilab ketishi sabablari, kelajak to‘g£risidagi prognozlar ham muammo bo‘lib turibdi.

DaxsJlkda shu masalaiami hal etishga oid fikr- mulohazalar beriladi.

Iqtisodiy ta’Iimotlar tarixini o‘rganishda ma’lumni davrlashtirish tizimidan foydalaniladi.

Taniqli iqtisodchi oliin J.K.Gelbreyt: «Amalda iqtisodiy g‘oyalar o‘z davri va vujudga kelish joyining mahsuli bo‘lib, ufar bilan chambar­chas bog‘langandir; bu g'oyalarni ular tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas; bu dunyo esa doimo o'zgarishda boiadi, agar bu g’oyalar o*z maqsadlariga tola javob berishni ko'zlasalar, doimo shunga mos ravishda o'zgarib turishlari кегак», - deb yozgan edi.

Kapitalizm davrida xo‘jalik va ijtimoiy hayotda baynalmilallik (internatsionalizm) kuchayganligi tufayli, iqtisodiy fikrning rivojlanishi ham yagona jahon jarayoniga aylana boshladi. Oqibatda, klassik iqtisodiy maktab asoschilari A.Smit va D.Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida butun jahonga ma’lum bo'Idi, vaholanki, undan awalgi ko'pgina nazariyalar ayrim mamlakatlarda ko‘pchilikka ma’lum bolmasdan «о'Ик mob sifatida yotgan,

Ammo hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g'oyalami ma’lum sistemaga solish va shu asosda o‘rganish maqbuldir. Ammo o‘tgan davr hodisalari vag'oyalarmi hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga zo‘rma-zo'raki moslashtirish mumkin emas. Bu tarixni vulgar zamo- naviylashtirishga, o‘tganiIayotgan davming xususiyatlarini inkor etish­ga oUb keladi.

Bu fan doirn rivojlanishda bo'lib, bir-biririi to‘ldiruvchi evolutsion (mavjud g'oyalaming yaaada chuqurroq takomiilashuvi) va mqilobiy (butunlay yangicha konsepsiyalar vujudga kelishi) yo'llari mavjud. Inqilobiy o‘zgarishga misol sifatida A.Smit va uning izdoshlari g‘oyalari, marjinalistik to'ntarish, yangi klassik yocnalish (A,Marshall), J.M.Keynsning iqtisodiy qarashlarini keltirish mumkin. 0‘tish davri iqtisodiyoti bo‘yicha g‘oyalar hozirgi davming muhim qarashlari majmuasiga kiradi va nihoyatda dolzarbdir. Bu masala 0‘zbekiston niisoiida qarab chiqildi.

Taniqli davlat arbobi Uinston Cherchill (1874-1965): «Qayerga borishimizni bilish uchun, qayerdan chiqqan ekanligimizni bilishimiz kerak», - degan edi. Bu g‘oya nihoyatda ahamiyatli bo‘hb, unda bosib o'tilgan yo‘lni to£g‘ri baholash va istiqbolni ko‘zlash haqida gap boradi.

Iqtisodchilarning tadqiqotlaridagi asosiy bosh g‘oya - jamiyat, insoniyat, ayrim shaxslaming boyligi masalasidir. Maqsad bir, lekin unga eltadigan yo'Uar nihoyatda xilma-xil ekanligiiii ko‘ramiz. Ilk kapitalistik munosabatlar vujudga kelgan davrgacha (XV asr) bo‘lgan iqtisodiy g‘oyalardagi umumiylik shuki, barcha donishmandlar va ulaming yozgan asarlarida mehnat va yer boylikning asosiy vositasi ekanligi turli yo‘lIar biian talqin etiladi, ularda ishlab chiqarish sohasi asosiy deb hik>blangan.

XV-XVII asrlarda (qisman XVIII asr boshlarida) yangi iqtisodiy ta’limot - merkantili/ju vujudga keldi. Merkantilizm to‘g‘risida qisqa ma’lumot beradigan bo‘lsak, uning mohiyati iqtisodiy siyosatda mamlakatda ya davlat xazinasida nodir metallami ko'proq to‘plash, ta’limotda esa muomala (savdo, pul oboroti) sohasidagi iqtisodiy qonuniyatlarni izlashdir, и awalgi davrdagi g'oyalardan keskin farq qiladi.

Keyingi muhim o'zgarish, bu klassik iqtisodiy maktabning yuzaga kelishidir (XVIII asr). Bu iqtisodiy ta’limot ichida fiziokratizm ham vujudga keldiki, uning umri uncha uzoq bo‘lmadi. Klassik maktab g'oyalari hozirgi davrda ham turli shakllarda qayta namoyon bo'lmoqda (neoklassik, liberal, neoliberal...). Marks nomi bilan bog'liq Wigan marksizm ta’limoti (nobozor iqtisodiyot) ham tarixda muhim o'rinm egallaydi. Hozirgi davrda bu ta’limot to‘g‘risida imkoni boricha gapirmaslikka, ayniqsa, yozmaslikka harakat kuchayib bormoqda, ko‘proq uning faqat salbiy tomonlarini tilga olish «moda»ga kirgan. Bunda «jon» bor, albatta, chunki 1917-yili Rossiyada boshlangan marksizmni hayotga tatbiq etish jarayoni samarasiz tugadi. Keyinchalik shu yo'lga o‘tgan bir qancha mamlakatlarda ham eksperiment samarasiz yakunlandi. Lekin tarix uchun insoniyatga bu saboq juda muhim, sihu sababli uni chetlab o‘tish adolatdan emas, deb hisoblaymiz. Darslikda xayoliy sotsialistlar va markschilaming iqtisodiy g‘oyaiari ham o‘rin olgan, uning tarixiy taqdiri berilgan,

XIX asr 2-yarmida awalgi g‘oyalarga marksizmga muqobil ravishda vujudga kelgan va umumlashtirilgan holda marjinalizm deb ataladigan ta’limot hoziigi zamonning asosiy iqtisodiy g'oyasi hisoblanadi. Lekin shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, biror ta’limot doimo sof holda amalda deyarli qo‘Uanilmaydi. Har bir ta’limotnmg ko‘plab turli oqim va yo'naMilari mavjud. Odatda, sof erkin bozor munosabatlari deyarli uchramaydi. Bozor munosabatlarinmg urtsurlari, ular o‘rtasidagi nisbat ham doimo o‘zgarib turadi. Demak, iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining muhim xususiyatlaridan biri, bu uning doimo harakatda, o'zgarish, rivojlanishda ekanligidir. Bir mamlakat chegarasida iqtisodiy ta’Iimot ta’siri ostida iqtisodiy siyosat har doim rivojlanishda bo'lishi kerak.

Darslikda 0‘zbekiston misolida bozor munosabatlariga o'tish iqtisodiyoti konsepsiyasi xususiyatlari bayon etiladi.

Iqtisodiy ta’limotlar tarixi faninmg boshqa faniardan farqli xususiyati shuki, har bir g'oya, ta’Iimot uni yaratgan bir yoki bir guruh insonlar, olimlar, davlat rahbarlarining faoliyati bilan chambarchas bog‘liq holda beriladi.

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Milton Fridmemung fikricha, fanni o'rganishda olimlaming «avtobiografiya va biograflyalariga murojaat qilish, shu yo‘l bilan olimlami aforizm va misollar yordamida rag‘batlantirish kerak, faqat sillogizm (deduktiv fikrlash) va teoremalar bilan cheklanmaslik zarur».

Sharq, xususan, Markaziy Osiyo donishmandlarining iqtisodiy g'oyalarini o'rganish, aslini olganda, endi boshlandi, shu sababli ki- tobning bu bo'limi yangi materiallar bilan to* lib borishiga ishonchimiz komil.

Yetakchi mamlakatlar taraqqiyotining asosiy omillaridan biri, bu davlatlar iqtisodiyotining bo'layotgan o'zgarishlarga tez adaptatsiyasidir, ya5ni moslashuvidir.

AQSH davlati tanxida qisqa vaqt davomida iqtisodiy siyosat bir necha bor almashdi va iqtisodiy ravnaq saqlab qolindi, Buyuk depressiya (1929- 1933)dan keyingi davrda AQSH prezidenti D.Ruzvelt «yangi yo‘l» kursi bilan J.M.Keynsnmg iqtisodiy g‘oyalarini amalda qo'lladi (davlatning iqtisodiyotdagi roll keskin oshdi, vaholanki undan awalgi yillari xususiy mulk (99 foiz) asosiy va yetakchi bo'lgan).

Keyinroq prezident R.Reygan davrida davlatning iqtisodiyotdagi roli ancha kamaytirilib, liberal (erkin) iqtisodiyotga keng yo‘l ochib berildi (reyganomika), oqibatda bu prezident davrida qo‘shimcha 14 million kishi tadbirkorligiga yo‘l ochib berildi, yangi-yangi millionerlar vujudga keldi, Xuddi shunday holat B.Klinton davrida ham qayd etildi.

Buyuk Britaniya iqtisodiyotida ham bum ko'rish mumkin (tetcherizm). Iqtisodiy siyosat va iqtisodiy g'oyalaming bir-biri bilan chambarchas bog'liqligini isbotlovchi misollami ko'plab keltirish mumkin.

Ayniqsa, «sotsialistik» deb atalgan rivojlanish. yolidan voz kechmagan Xitoy va Vyetnam davlatlarining iqtisodiy taraqqiyoti ham

diqqatga sazovordir. Bozor iqtisodiyoti unsurlarining keng rivojlanishiga imion beruvchi iqtisodiy islohotlar tufayli katta yutuqlarga erishildi.

Iqtisodiy ta’limotlar tarixiga, balki boshqa fanlarga ham xos bo‘lgan yanabir xususiyat shuki, iqtisodiy g'oyalar doimo dialektik rivojlanishda bo‘lib, ulammg tahliliga so'nggi nuqta qo‘yish qiyin.Bundan bir necha yuz yil awal yuzaga kelgan fikr va g‘'oyalarning ma’nosi ustida tortishuv va baxslar hali ham davom etib kelraoqda. Masalan, hanuzgacha K.Marksning qiymat (ruscha - «стоимость») to‘g‘rmdagi fikri aslida qimmat (ruscha - «ценность») bo‘lgan, degan fikr mavjud. Marks asarlarini nemis tilidan taijimada yo‘l qo‘yilgan xato tufayli jiddiy tushunmovchilik yuzaga kelgan, deyilgan (Блауг М. Экономическая мысл в ретросдекгиве.М.Д994).

Bunda dialektik mantiq bor, albatta, lekin yuqoridata’kidlanganidek, awaigi g'oyalar tufayli, odatda, yangi g'oyalar yuzaga keladi, shuning uchun bu g‘oya «yaxshi», unisi «yomon» tarzida baholash adolatdan bo‘lmaydi. A.Smitning mashhur asarida o'zidan awaigi davrda yuzaga kelgan antik dunyo, merkantilizm, fiziokratizm ta’limotlari tahlil etilgan, Yevropaning iqtisodiy tarixi sinchiklab o‘rganilgan.

Yetakchi g'arb olimlari ko‘p hollarda to'rt buyuk shaxsning g‘oyalariga alohida urg‘u berishadi: bular Smit, Marks, A.MarshalI va Keynsdir.

Bu olimlaming iqtisodiy gkoyalarida mavjud ta’limotlaming ko'pchiligi o‘z m’ikosini topgan va ular jahon iqtisodiy g‘oyalari rivojiga alohida hissa qo'shgan shaxslardir.

Iqtisodiy ta’Iimotlar tarixi fani bo‘yicha yaratilgan adabiyotlarga to‘xtaladigan bo'lsak, bu masala o‘zbek o'quvchilari uchun eng nozik masala deyish mumkin.

1997-yili «Fan» nashriyoti tomonidan e’lon qilingan o'quv qo‘Uanmadan (2000 nusxa) so‘ng, 2001 yilda Toshkent moliya institute tomonidan ham qo‘llanma (300 nusxa) nashr etildi.

2001-yil Q.Yo‘ldoshev va Q. Muftoydinlovlar tomonidan tayyorlangan «Iqtisodiy ta’Iimotlar tarixi dan» nomli qo'llanmada Sharq iqtisodiy g‘oyalari tahlil etiladi. Yu.B. Yusupovning rus tilida (1999) chop etilgan ma’ruzaiar matni ham diqqatga sazovordir.

2000-yildan boshlab TDIIJ magistraturasida «Iqtisodiy nazariya» mutaxassisliklari uchun «0‘rta Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g‘oyalari» maxsus kursi o'qitila boshlandi, shunga mos namunaviy dastur, ma’ruzaiar matni va boshqa me’yoriy hujjatlar tayyorlanib, f amalda qo‘Uanilmoqda.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish