Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali pul va banklar


Mavzuni mustaqil o’zlashtirish bo’yicha savollar



Download 1,74 Mb.
bet34/174
Sana29.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#593619
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   174
Bog'liq
Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия

Mavzuni mustaqil o’zlashtirish bo’yicha savollar

  1. Ozbekiston Respublikasi pul tizimi shakllanih bosqichlari

2.O’zbekiston Respublikasi pul tizimi elementlari
3.Pul islohatlari haqida tushuncha
4. Ozbekiston Respublikasi pul islohatlarini amalga oshirilganligining asosiy sabablariPul muomalasining tizimi necha qisimga ajraladi?
5.Kredit pullarning necha turlari bor?
6.O‘zbekistonda pul tizimini tashkil etishning bosqichlari.
7.O‘zbekistonda milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash yo‘llari.
8-mavzu: Inflyasiya va unga qarshi kurashish yo’llari
Reja:

  1. Inflatsiyaning mohiyati, paydo bo’lish sabablari va uning ichki va tashqi omillari. Inflatsiya to’g’risida nazariya va qarashlar.

  2. Inflatsiyaning turlari va ko’rsatkichlari.

  3. Pul muomalasini barqarorlashtirish va inflatsiyani bartaraf etish yo’llari (tadbirlari).

  4. Pulni barqarorligini ta’minlashda Markaziy bank pul - kredit siyosatining xususiyatlari

Adabiyotlar: 2, 14, 23, 37, 39, 40, 49, 55, 67.
Tayanch tushunchalar: inflatsiya, paydo bo’lish sabablari. Inflatsiyani ichki va tashqi omillari. Inflatsiyaning sudraluvchi, suzib yuruvchi, shiddatli, talab, kutilayotgan va boshqa turlari. Deflatsiya. Dezinflatsiya. Nullifikatsiya, revolvatsiya, devolvatsiya. Dinamanatsiya. Inflatsiyani bartaraf etishda davlatning uzoq va qisqa muddatli choralari. Pulni barqarorligini ta’minlashda Markaziy bank pul-kredit siyosatining xususiyatlari.
Maruzani o’tishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar
Fan bo’yicha tuzilgan ta’lim texnologiyalari uslubiy qo’llanmaga asosan ma’ruza davomida “Aqliy hujum”, “Blits-so’rov”, “Keys-stadi” va boshqa usullaridan foydalaniladi.
8.1. Inflatsiyaning mohiyati, paydo bo’lish sabablari, u bo’yicha ichki va tashqi omillar. Inflatsiya to’g’risida nazariya va qarashlar.
Inflyatsiya lotincha “infeotio” so’zidan olingan bo’lib shish, bo’rtish, ko’pchish ma'nosini anglatadi.Inflyatsiya so’zi XIX asr o’rtasidan boshlab iqtisodiy termin sifatida qo’llana boshlagan, ungacha tibbiyotda havfli usma kasalini ifodalashda qo’llanilgan, lekin u haqiqatda ham umumiqtisodiyot uchun xavfli.Inflyatsiya so’zining iqtisodiy ma'nosi-muomalada mavjud bo’lgan tovarlar va ularning bahosiga va miqdoriga nisbatan ko’p pul chiqarish demakdir.
Inflyatsiya so’zi pul muomalasi sohasida AQShning Shimoliy va Janubiy shtatlari o’rtasida bo’lgan grajdanlar urushida muomalaga juda ko’p miqdorda (450 mln. grin bek) qog’oz pullar (dollar) chiqarilgan vaqtidan boshlab qo’llanila boshlagan. Shunda pulni sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50% ga tushib ketgan.
Tarixga ko’ra urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarining oshib ketishi, inflyatsiya bilan uzviy bog’lik. Masalan Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napoleon bilan urush davrida, Fransiyada fransuz revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o’rtalarida namoyon bo’lgan. Germaniyada juda yuqori sur'atlardagi inflyatsiya 1923- yillarda bo’lib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markaga yetgan va pul birligi trillion markaga qadrsizlangan. Oldingi inflyatsiyalarning xususiyati shundaki, ular ma'lum davr va sharoitlardan keyin namoyon bo’lgan. Hozirgi davr inflyatsiyasi odatda doimiy (xronik) xarakterga ega bo’lib, xo’jalik faoliyatning barcha sohalarini qamrab olish bilan, pul omillaridan tashqari boshka iqtisodiy omillarga ta'sir qilishi bilan farqlanadi.
Inflyatsiyaning asosiy sabablari.
A) jamgarma va iste'mol o’rtasidagi
B) Talab va taklif o’rtasidagi
S) Muomaladagi pul massasi va xo’jaliklarning naqd pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi nomutanosibliklardir.
Bulardan tashqari pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul moumalasi qonunining buzilishi, ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi, ishlab chiqarishni qisqarishi, ba'zan budjet defisitini qoplash uchun qo’shimcha pul chiqarish va boshqalar ham sabab bo’ladi.
Inflyatsiyani yuzaga kelishida ichki va tashqi omillarning ta’siri mavjud.
Ichki omillarga mamlakatni monetar-pul siyosati hamda xo’jalik faoliyati bilan bog’lik (nomutanos iblik, baholardagi davlatni yakka hokimligi, noto’g’ri kredit siyosati, pul muomalasi qonunining buzilishi va boshqalar).
Tashqi omillarga jahon iqtisodiyotida bo’lgan inqirozlar (xomashyo, yoqilg’i, valyuta bo’yicha), davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan bo’ladigan noqonuniy operatsiyalari va boshqalar kiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib inflyatsiya deb ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproporsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy va to’xtovsiz o’sish natijasida pul muomalasi qonunning buzilishi oqibatida pul birligining qadrsizlanishiga aytiladi.
Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi.
1.Tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o’sib borishi natijasida pulning qadrsizlanishi va uni sotib olish qobiliyatining tushib ketishi.
2.Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi.
3.Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.
Inflyatsiyadan farqliroq, deflyatsiya narx-navo pasayishi, pul qadrini ortishini bildiradi. U sababli inflyatsiyadan yutqazishlar deflyatsiya yordamida qoplanishlar sodir bo’ladi.
Bundan tashkari dezinflyatsiya tushunchasi mavjud bo’lib, u baholar o’sishi sur'atini pasaya boshlaganini anglatadi.
Inflyatsiya to’g’risida ayrim nazariya va qarashlar ham mavjud. Jumladan A.Kodirov va boshqalar (Ekonomicheskaya teoriya. Toshkent 1999 yil 182 bet.) inflyatsiyaning ijobiy tomonlariga uni tovarlar bozorini jonlanishini, rag’batlantirish, ishchanlik faolligini oshishi, ishlab chiqarishni kengayishi asosida bandlik darajasini oshishiga olib kelishini ta'minlaydi. Shuning bilan birga deydi mualliflar bu holatlar vaqtinchalik bo’lib pirovard natijada u iqtisodiyotga sezilarli darajada ziyon yetkazadi.
Bandlik darajasining Keyns modeliga ko’raiqtisodiyot taraqqiyotida yo inflyatsiya yoki ishsizlik yuz beradi, ikkalisi bir yo’la sodir bo’lishi mumkin emasligi ta'kidlanadi.
Filips egri chizigi nazariyasiga ko’ra inflyatsiya bilan ishsizlik teskari bog’liqlikga ega. Bu mehnat bozorining balanslanmaganligi, ish kuchining yetishmasligi asosida ish haqining oshishi tufayli mahsulot yetishtirish xarajatlarning oshishi bilan bog’lik.
Inflyatsiyaning o’sish sur'atlari to’g’risida gap ketganda uni son jihatdan aniqlanishi bo’yicha «70 lar qoidasi» usuli mavjud bo’lib unga ko’ra har yili inflyatsiya darajasi ma'lum bo’lsa, baholar ikki karra oshishi uchun necha yil kerakligini aniqlash mumkin. Buning uchun «70»ni har yilgi inflyatsiya darajasiga bo’lish kerak.Shundan kelib chiqib inflyatsiyaning yillik darajasi 5% bo’lsa baholar darajasi 14 yildan keyin, ikki karra oshishi kerak. Agar har yillik inflyatsiya darajasi 20% bo’lsa baholar darajasi 3 yildan keyin ikki karra oshishi kerakligini ta'kidlaydi. Professor SH.Z.Abdullaeva (Pul kredit va banklar Toshkent 2000 yil 99-100 betlar.)

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish