Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti egamberdiyeva mukarram shoolimovna klassik yapon adabiyoti


Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar



Download 1,16 Mb.
bet25/27
Sana23.09.2021
Hajmi1,16 Mb.
#182958
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Klassik yapon adabiyot

Mavzu bo’yicha savol va topshiriqlar.

1. Gunki janrining vujudga kelishi va uning xususiyatlari qanday?

2. Kamakura davridagi adabiy jarayonlarning o’ziga hos hususiyatlarini sanab bering.

3. Gunki janrining vujudga kelishida bushi qatlamining ta’siri.

Tayra qabilasi haqidagi qissa” mazmun va tarkibi.

Reja

1.Tayra va Minamoto oilasi

2.Asarda Kamakura davri tasviri

3.Asardagi badiiy bezaklar



Tayanch iboralar:

  • Tayra.

  • Minamoto

  • Bushido

  • Kiyomori

  • Yoshitsune

  • Tadanori

  • Yoshimitsu

Ushbu qissaning asosiy maʼlumoti, uning mazmuni – Tayra va Minamoto ikki qudratli qabilalar oʻrtasidagi kurash epizodlari tasvirlangan. Qissa muallifining asosiy eʼtibori Tayra qabilasi taqdirini, avvalambor xarbiy qoʻmondon – Tayra qabilasining boshida turgan va uning yuksaklikka erishgan paytida hukmronlik qilgan Kiyomori taqdirini tasvirlashga qaratilgan. Tayra kelib chiqishi jihatidan oʻsha davr jamiyatining yuqori qatlamiga tegishli boʻlib, ularning avlodi Kammu (782-805) imperatoriga borib taqaladi. Keyinchalik uning oʻgʻillaridan biri shaxzoda Katsurava Tayra nomini olib mashhur zodagonlar qatorida turgan. Tayra qabilasi haqidagi qissa‖ oʻn ikki kitobdan tashkil topgan boʻlib, har biri koʻp ( beshtadan oʻn toʻqqizgacha) boblarga boʻlinadi. Isimoda Syoning hisoblashicha, qissani oʻqishda uni katta uchta qismga boʻlish mumkin: birinchi kitobdan beshinchi kitobgacha asosiy qahramon sifatida Tayra-no Kiyomori gavdalanadi; oltinchidan sakkizinchigacha qahramon oʻrnida Minamoto-no Yosinaka; va ohiri toʻqqizinchidan oʻn ikkinchigacha Minamoto-no Yositsune qahramon obrazi keltiriladi. Qissa asosida yotuvchi fabula shundaki, unda Tayra qabilasining fojiaviy tarixi tasvirlangan. Bu tarix uch bosqich: qabilaning koʻtarilishi, yuksalishi va qulashi bosqichlaridan iborat. Tayraning koʻtarilishi sekin, kuch toʻplab emas, balki sulolani hokimiyatga tez surʼatlarda kelib Yaponiyaning butun siyosiy muhitini larzaga solish bilan bogʻliq. Uning yuksalishi hokimiyatni shunchaki boshqarish emas, balki qudratli hukumronlik qilishidadir. Shu tariqa jamiyatdagi ayrimlar qoʻrqganlar, boshqalar Kiyomorini koʻklarga koʻtargan, qolganlar esa koʻra olmaganlar. Tayraning qulashi hokimiyatdan shunchaki ketishida emas, balki Tayra qabilasining butunlay tor – mor qilinishi koʻrsatilgan. Tayra qabilasi tarixi oʻzining hamma bosqichlari, har bir faoliyati – fojiaviy tus olgan. Tayra qabilasi haqidagi qissa‖ning kompozitsion qurilishini koʻrib chiqadigan boʻlsak, asarning kirish qismi, yaʼni, unga prolog boʻluvchi sheʼr juda ham ahamiyatga ega. Quyida keltirilgan sheʼr orqali muallif voqealar qay tarzda sodir boʻlganligini emas, balki qay tarzda boshlanib qanday tugagani haqida oz boʻlsada tassavur hosil qilishga undaydi. Bu shunday boshlanadi:

祇園精舎の鐘の声、 Gion ibodatxonasi qo’ng’iroq jarangi,

諸行無常の響あり。 Barcha tirik mavjudot o’tkinchilikdan darak.

沙羅双樹の花の色、 Sala daraxti gullari rangi,

盛者必衰の理をあらはす。 Barcha gullagan burglar so’lishdan darak.

おごれる人も久しからず、 Abadiy emas hattoki mag'rur odamlar,

ただ春の夜の夢のごとし。 Oddiy bahor kechasidagi tushga o'xshaydi.

たけき者もつひには滅びめ、 Yuzlanar o'limga hattoki zolim odamlar,

ひとへに風の前の塵に同じ。 Shamol oldidagi changga o’xshaydi.

Shunday soʻzlar bilan ―Tayra qabilasi haqidagi qissa‖ boshlanadi. Va bu soʻzlar, bir tomondan, butun epopeyaga epigraf boʻlsa, boshqa tomondan esa butun bir asarning asosiy mavzusini bayon etuvchi kirish soʻzi hisoblanadi. Asarda qahramonlarning ijtimoiy mavqei, kelib chiqishi, faoliyati hamda dinlar, ibodatxonalar tarixi haqida hikoya qilinadi. Aslida ―Qissa‖ faqat tarixni hikoya qilmaydi. U xronika emas, balki Tayra qabilasining fojiaviy taqdirini oʻzgacha yorituvchi asardir. Muallif asarda qahramonlar taqdiri va faoliyatini tasvirlashda mahorat bilan badiiy tasvir vositalaridan mohorona foydalangan. Tashbeh sanʼatiga koʻp murojat etgan. Oʻz fikrlarini boʻlib oʻtgan voqealardan toʻgʻri xulosa chiqarishga hamda asarda koʻp uchraydigan maqollarni oʻrnida qoʻllab oʻquvchiga ibratli gaplari orqali tasvirlagan. Qissa barcha odamzod ishlarining omonatliligi gʻoyasini ilgari suradi. Alohida inson taqdiridan tortib katta qabila taqdiri tasvirlanib, bu tasvir faqat Tayra qabilasining koʻtarilishi bilan emas, uning qulashi bilan ham bogʻliq. Bu yerdan asarning mavzusi: hayot va shon-shuhratning oʻtkinchiligi; hamda uning syujeti: Tayra qabilasining fojiyasi bilan tugashini anglash mumkin. Agar ―Tayra qabilasi haqidagi qissa‖ning kirish qismining birinchi qismi asar mavzusining bosh obraziga tegishli boʻlsa, ikkinchi qismida esa mavzuni real gavdalanishi, yaʼni, amaldagi isboti koʻzda tutilgan. Unda asarning syujetiga ishora qilinadi.

Yuqoridagi sheʼrni koʻrib chiqadigan boʻlsak, ―ogoreru xito‖ (おごれる人 ) - Magʻrurlar - kirish qismida aytiluvchi bu soʻz aslida Tayra qabilasini nazarda tutadi, yaʼni, Tayra-no Kiyomorining magʻrurligini aytib oʻtadi. Haqiqatdan ham, uning har bir hislatlarida va harakatlarida buni kuzatish mumkin. Takeki mono (たけき者) - Qudratlilar, zolimlar - shu tarzda kirish qismidagi sheʼr davom etadi. Butun Yaponiyani egallagan hukumdor, yaʼni, yana Tayra-no Kiyomori haqida gap boradi. Ogoreru xitomo xisashikarazu (おごれる人も久しからず) - Magʻrurlar abadiy emas, - bu ibora kirish qismida qaygʻuli taʼkidlanadi. Yuqoridagi gaplardan ham maʼlumki, Tayra asri Yaponiya tarixida uzoq davom etmagan. Aniqroq aytganda, ularning qudrati oʻn yilcha davom etgan. Qudratlilar, zolimlar oxiri oʻlimga yuz tutadi.. Shunday tarzda Tayra Dannourda tanazzulga uchraydi. Shunday tarzda Qissa‖ning butun mazmuni anglasa boʻladi.

Kiyomori va u boshchilik qilgan Tayra qabilasining oxiri kuni bitadi. Uning dushmani, samuraylarning boshqa boshligʻi, bir necha marta Kiyomori tomonidan yengilgan va omadi kelib qutilib qolgan Minamoto Yoritomo sekin-asta kuch yigʻib gʻalaba sari qadam tashlaydi. Asarning birinchi kitobi boshida Vaga mi-no eyga (吾身栄花) Shuhrat va qabilaning istiqboli‖ degan boʻlimini uchratamiz. Unda Tayraning taʼsiri va kuchi haqida gap boradi. Bu bilan muallif oʻquvchiga butun hokimiyatni egallab olgan bu qabilaning har tomonlama qudratli ekanligi va katta hokimiyatga ega ekanligidek tushunchani uqtirishga harakat qiladi. Shunday qilib, ―Xeyke monogatari‖ning birinchi kitoblarida hikoyachilar eʼtiborlari markazida – Tayra-no Kiyomori turgan. Kirish qismi olamning umumiy qonuni - tiriklikning oʻtkinchiligidan jar soluvchi motivdan tashkil topgan:



「遠く異朝をとぶらへば、秦の趙高、漢の王莽、梁の朱イ、唐の禄山、こ
みなきゅうしゅせんこう まつりごと たの いさ おも

れらは皆旧主先皇の 政 にもしたがはず、楽しみをきはめ、諌めをも思ひ入れず、
てんか みだ こと さと みんかん うれ ひさ

天下の乱れん事を悟らずして、民間の愁ふるところを知らざつしかば、久しからず
ぼう もの

して、亡じにし者どもなり。」

Oʻtgan vaqtlarda, oʻzga yurtlarda bir necha marotaba haqiqat ayon boʻlganini koʻrishimiz mumkin... Ularning hammaligi oxiri bu dunyodan koʻz yumganlar”.

Yuqoridagi gaplardan ham maʼlumki, hikoyani bayon etuvchi boshqa yurtlarda hukmdorlar hayotdan zavq olib yashaganliklari, nasihatlarni eshitmaganlikari, oddiy xalqning dardini bilishni istamaganliklari va ohir oqibat tanazzulga uchraganliklari haqida maʼlumot berib oʻtadi. Oʻzga yurtlarda deganda bu yerda asosan Xitoydagi yirik amaldorlar nazarda tutiladi. Ular katta kuchga ega boʻlsalarda bir kun kelib hamma narsadan ayriladilar. Ular ham bu dunyodan koʻz yumganlar deya muallif asarning kirish qismida boʻlib oʻtgan voqealarni gapining tasdigʻi sifatida misol tariqasida beradi.

Sekin asta bu motiv Kiyomorining ajdodlari va uning oʻzining xokimiyat tepasiga kelishi haqidagi hikoyaga aylanib boradi:



「その人ならでは汚すべき官ならねども、一天四海を 掌 の内に握られ
しさい およ

しうへは、子細に及ばず。」

Hukmdor-ruhoniy osmonu falak oʻrtasidagi toʻrt dengizni qoʻlining ustida ushlab turgan”.

Bu yerda Hukmdor-ruhoniy deb Tayra-no Kiyomori nazarda tutiladi. Chunki, Kiyomori - ham hukmdor ham ruhoniy boʻlgan. Hukmdorlarning ruhoniylikni qabul qilishlari oʻrta asrlarga xos boʻlgan holatdir. Muallif ―toʻrt dengiz‖ orqali Yaponiya oʻlkasi aytiladi. Tayra qabilasi butun Yaponiyani egallab olganligini tushunish mumkin. Haqiqatdan ham uning qudrati oshib borib, uning tarafdorlari deyarli barcha orollarni egallab oladilar. Muallifning ―toʻrt dengiz‖ degan iboralari asarda bir necha bor takrorlanib keladi. Qisqa vaqt ichida juda ham qudratli boʻlgan Kiyomori qudrati oldida koʻpchilik feodallar va hattoki imperator ham bosh egadi.

「この一門にあらざらん人は皆人非人なるべし」

Bizning qabilamizdan boʻlmaganlar – inson emas.”– degan iborani Tayradan biri aytgan va bu oʻsha paytda keng tarqalgan maqolga aylangan. Ochiq oydin ogʻizning bir burchagidan chiqib ketgan bu maqoldan ham maʼlumki, Tayra qabilasi yuksaklikka erishib, oddiy xalqni mensimay ularni qaqshatgan. Kiyomorining koʻp nohaq ishlari ohiri uni tanazzulga olib keladi. Uning haqgoʻy va insonparvar oʻgʻli - Sigemori otasiga :



  1. 「此仰せ 承 り候に、御運ははや末になりぬと覚え候。人の運命の 傾


かなら あくじ おも こう

かんとては、必ず悪事を思ひたち候なり。」

Insonnning taqdiri qiyalikka qarab ketadigan boʻlsa, u turli hil ahmoqona ishlarni oʻylay boshlaydi”.

Asarda Kiyomorining qudrati uzoqqa choʻzilmaydi. Ushbu gaplardan ham buning tasdigʻini bilishimiz mumkin. Haqqattan ham Tayra qabilasining taqdiri pastga qarab borganda u ―turli xil ahmoqona ishlarni oʻylay boshlaydi‖. Bunga misol tariqasida asarda bir necha misollar orqali yoritiladi. Kiyomorining yomon hulqi haqida bir qancha misollar keltiriladi. Uning Enryakudzi va Miidera ibodatxonalari ruhoniylari bilan murosaga borishi hamda koʻpchilik aholining noroziliklariga uchrashi tasvirlanadi. Bashorat qiluvchi tushlar va yomon alomatlar, xudolar va ruhlarning gʻazabini keltirishi, Kiyomorining yangi ahmoqona holatlari va hattoki poytaxtning yangi joyga koʻchirgani uni yangi yomon alomatlarga olib keladi. Haqiqatdan ham Kamakura davrida Tayra-no Kiyomori hukmronligi davrida uning buyrugʻi bilan poytaxt Rokuharaga koʻchiriladi. Asarda koʻp uchraydigan Rokuhara poytaxti Tayra qabilasi markazlashgan hokimiyati poytaxtiga aylangan. Yomon alomatlar va bashorat qiluvchi tushlar amalga osha boradi. Minamoto-no Yoritomo boshchiligidagi Sharq yerlari hukmdorlari qudratli Tayraga qarshi koʻtariladi. Tez orada ularga Gʻarb, Shimol va Janub jangchilari qoʻshiladilar. 64 yoshlik Kiyomorini qattiq kasallik qurshab oladi.


  1. 「明くる二十八日より、重病を受けたまへりとて、京中・六波羅、「すは、


にゅうどうしょうこく やまい みず

しつることを」とぞささやきける。入道相国、 病 つきたまひし日よりして、水をだに
うち あつ

のどへも入れたまはず。身の内の熱きこと火をたくがごとし。臥したまへる
しょよん5かん うち はい もの あつ かん

所四五間が内へ入る者は、熱さ堪へがたし。。。」
Ogʻir kasallikka duchor boʻladi. Tanani shunday issiqlik qurshab olgandiki, Hukmdor-ruhoniy olovda yongandek edi…”
Huddiki unga xudolar qilgan gunohlari uchun jazo berayotgandek kutilmaganda shunday tuzalib boʻlmas ogʻir kassallik bilan kasallanishi bejiz emas. Kiyomorining sirli oʻlimi va keyinchalik Tayraning qulashi bu gaplarni tasdiqlaydi. Tayraning oʻlimidan keyin hamma tushkunlikka tushadi. Bu paytda Minamoto Yosinaka poytaxtni egallaydi. Tayra qabilasi qochishga majbur boʻladi. Ular gʻarbga qochib gʻalaba qozonib kelayotgan Minamotoga qarshi kuch toʻplaydilar. Lekin bu foyda bermaydi. Birin – ketin chekina boshlaydilar.

Oxiri Minamoto ularni dengizgacha taqib qilib borib tor – mor qiladi. Dannour (1185y.) dagi urushda ularning floti tanazzulga uchraydi. Shu tariqa Tayra hukmronligi davri ham tugab, Minamoto erasi boshlanadi. Tayra qabilasi haqidagi qissa‖ bu tirik narsalar oʻladi degan umumiy qoida oʻz tasdigʻini topgan asardir. Voqealar shu nuqtai nazardan bayon etiladi va bu asarni Tayra taqdirini hikoya qiluvchi epopeya desak adashmagan boʻlamiz. Qissaning bu umumiy mavzuviy kaloriti uning real voqealari orqali oʻz tasdigʻini topmaydi, balki oʻquvchi eʼtiborini asarning asosiy gʻoyasiga qaratuvchi undagi hikmatli soʻzlar, nasihatlar, iboralar va alohida soʻzlar orqali rost ekanligini bildiradi. Asosiy mavzu barcha odamzod ishlarining omonatliligi‖ – oʻziga xos bir necha alohida motivlarga boʻlinadi. Bu motivlardan foydalanish Qissa‖ning xarakterli tomonlaridan biridir. Shunday qilib Qissa‖ning butun mazmunini tushunish mumkin. Muallif unda Tayraning taqdiri haqida boshidan oxirigacha obyektiv tarzda, yaʼni, uning birinchi chiqishlaridan tortib yoʻqolib ketishigacha boʻlgan xronikani gapirishni nazarda tutmaydi. Tayra qabilasi epopeyasini bitta voqea nuqtai nazardan gapirishni nazarda tutadi. Voqealar qachonligi emas qay tarzda sodir boʻlib, qay tarzda yakun topgani muhimligini muallifning badiiy boʻyoqlaridan bilish mumkin. U shu nuqtai nazardan xulosa chiqarishga, sababi nimada ekanligini aytishga harakat qiladi. Bunday tasvirlab unga hotima qilish, tadqiqot muallifi yapon adabiyotiga xos boʻlmagan tarafi deb biladi. Sababi yapon adiblari xulosa chiqarishni oʻquvchining oʻziga qoldiradi. Hattoki biz sheʼrlar misolida ham bunday holatni koʻrishimiz mumkin. Tanka, haiku sheʼrlarda ham kamchilik orqali koʻp narsani aytish yapon sheʼriyatining ajralib turuvchi tomoni desak adashmagan boʻlamiz. Sheʼrlarda shoir tasvirlagan kartinani koʻrish emas, unda qanday maʼno yotishini anglamoq muhimdir.



Shuhrat bilan boshlangan asar oʻlim bilan tugaydi. Epopeyani tuzilishi shunday. Lekin qiziq bir tomoni shundaki, asar boshida Tayradan biri mashhur Tadamori kamsitilishi epizodi ham keltirilgan. Uni shunday kamsitishsa ham maqsadi saroyda xizmat qilish, biror yuqori mansabga ega boʻlish edi. U imperator nazariga tushib oʻzining maqsadiga erishadi. Shu tariqa Tayra qabilasi vakillari hokimiyatning yuqori mansablarini egallab boradilar. Asarda koʻplab qahramonlarni kuzatishimiz mumkin. Alohida personajlarning taqdirlari ham biroz yoritilgan. Odamzod ishlarining omonatlilik mavzusi, ayniqsa qudratli Tayra oʻlimi syujeti alohida personajlar taqdiri va hayoti davomida namoyon boʻladi. Yana muallif asarda, misol uchun sevgi, ayniqsa ayollarga boʻlgan muhabbatni tasvirlab, muhabbat ham bir zumda kelganidek bir zumda yoʻqoladi degan fikrni ham aytmoqchidek tuyuladi. Shu kabi faqatgina odamzodning magʻrurligi uzoq emas, balki sevgi ham oʻtkinchidir, demoqchi muallif. Asarda Kiyomorining sevgan yeri Gioga boʻlgan sevgisi ham uzoqqa choʻzilmaydi. Bir kun kelib unga boʻlgan kuchli ehtirosi ham soʻnib, Xotoke degan ayolni sevib qoladi. Shunday qilib faqatgina Kiyomorining ayollari emas, boshqa ayol personajlar ham gʻamgin taqdirni boshdan kechirganlarini koʻrishimiz mumkin. Isimodaning bosh qahramon alomatiga qarab ―Tayra qabilasi haqidagi qissa‖ni uchga boʻlishi unchalik toʻgʻri emas. Chunki bosh qahramon haqidagi tasavvurning oʻzi bu yerda ozgina shartlidir. Oʻn ikki kitobdan tashkil topgan bu asar oʻzida tugallangan syujetli novellalardan iborat boʻlgan kichkina boblarga boʻlinadi. Novella xarakteridagi hamma boblar Isimoda aytgan bosh qahramon haqida emas. Ularning birida u yoki bu saroy ahli haqida gapirilsa, ikkinchisida ibodatxona yoki marosimlardagi ruhoniylar haqida, boshqasida raqqosalar, moʻjizalar yoki urushlar va h.k.lar toʻgʻrisida gapiriladi. Aytib oʻtilgan bosh qahramonlar haqidagi hikoyalar yapon olimi aytganidek ramka bilan chegaralanmagan. Oltinchi kitobida Kiyomoriga bagʻishlangan boblar toʻrtinchi, yettinchi va toʻqqizinchi boblar boʻlsa, Yosinaka haqidagisi esa oltidan sakkizinchi boblargacha, oltinchi kitobning oʻn ikki bobidan faqat uchtasida, yigirmata bobdan iborat yettinchi kitobda esa oltitasida, oʻn bitta bobdan iborat sakkizinchi kitobining uchtasida gapiriladi. Hamda toʻqqizinchi kitobning uchtasida asosiy qahramon Yositsune hisoblanadi. Yosinaka haqidagi hikoyalar uning kelib chiqishi, yoshligi va Tayraga qarshi birinchi kurashi haqida tanishtirish bilan boshlanib, keyin Minamoto qabilasi boshligʻi uning xizmatlarini inobatga olgani haqidagi syujet davom etadi. Bir necha boblar Yosinakani Tayra qabilasi bilan kurashi haqida hikoya qiladi va ohirida ―Qissa‖ oʻquvchini uning imperator saroyi va sobiq ittifoqdoshlariga qarshi chiqishi, Yoritomoni unga qarshi chiqishi va Yosinakaning oʻzining oʻlimi bilan tanishtiradi. Minamoto-no Yositsunening sarkardalik qobiliyati va jangchilik sanʼati, farosatliligi tufayli Dannourdagi hal qiluvchi dengiz urishida uning qoʻshinilari Tayra ustidan gʻalaba qozonadi. Bu urushda yosh imperator Antoku va uning onasi Niidono birgalikda dengiz qaʼriga oʻzlarini tashlaydilar. Bu Qissa‖ning birinchi yarim qismining kulminatsiyasi. Qissaning oxirgi boblarida Yositsune katta akasiga tuxmat qilib, sirni boy bermaslikka harakat qiladi, yashirinishga va yashirincha shimolga qochishi tasvirlangan. Minamoto-no Yoritomo yuqoridagi hokimiyatga erishib, buzgʻunchilarni zabt etuvchi Buyuk sarkarda unvoniga musharraf boʻladi va Tayra qabilasini butunlay qirib tashlaydi. Oldingi imperator ayol, Antokuning onasi, Dannourdagi jangda qutilib qolib, ruhoniylikka oʻtishga qaror qiladi va ibodatxonada vafot etadi.

Kiyomori oqil hukmdor boʻlmagan. Xalq dardini tinglamagan. Aksincha, ularga ozor berib kelgan. Shu bois u tutgan yoʻl tanazzulga olib borgan. Amal, hokimiyat uning koʻzini koʻr qilgan desak adashmagan boʻlamiz. ―Qissa‖ning shunday fojiaviy yakun topishi asarning boshida keltirilgan sheʼr buning tasdigʻi ekanligini bildiradi. Bir tomondan bunday zulm ustiga qurilgan boshqaruv tarixdan ham ayonki, hech qachon yaxshilik bilan tugamagan. Bundan shuni aytish mumkinki, bir tomondan azob chekkan xalq biroz muddat osoyishta hayot kechirishi mumkin. Shunday qilib, ―Tayra qabilasi haqidagi qissa‖ning kirish qismida aytilgan qonun bilan bogʻliqligi oʻz tasdigʻini topdi. Asar shu tarzda yakun topadi.




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish