Toshkent tuman davlat soliq inspektsiyasi


Toshkent tuman davlat soliq boshqarmasi ish faoliyatini reglamentlovchi normativ-huquqiy hujjatlar



Download 0,76 Mb.
bet5/14
Sana14.07.2022
Hajmi0,76 Mb.
#799295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Солик хисобот

3. Toshkent tuman davlat soliq boshqarmasi ish faoliyatini reglamentlovchi normativ-huquqiy hujjatlar

Toshkent tuman davlat soliq boshqarmasi to‘g‘risida Nizоm


Ushbu Nizom “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 18 iyuldagi PF-5116-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010 yil 8 yanvardagi PQ-1257-son va “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 1 avgustdagi PQ-3168-son qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 avgustdagi 677-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” qaroriga hamda ushbu qaror bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risida”gi Nizomga va boshqa qonun hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasining maqomi, vazifalari, funksiyalari, huquqlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Toshkent tuman davlat soliq boshqarmasi soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlash sohasida nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomning 3-bandiga muvofiq Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi, shuningdek Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar barcha soliq to‘lovchilar- yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
Davlat soliq boshqarmasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek Davlat soliq qo‘mitasi Hay’atining qarorlariga, Davlat soliq qo‘mitasining buyruqlari, farmoyishlari va boshqa ichki idoraviy hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Soliq boshqarmasi o‘ziga yuklangan vazifalarni boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi, banklar hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomning 6-bandiga muvofiq Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasining moddiy-texnika ta’minoti, shu jumladan xodimlar mehnatiga haq to‘lash byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablag‘lari, Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Davlat soliq boshqarmasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
O’zbekiston Respublikasi Qonunlari
O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi Qonuni
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari
O’zbekiston Respublikasining Davlat soliq bosh boshqarmasini O’zbekiston Respublikasining Davlat soliq qo’mitasiga aylantirish to’g’risida
Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi Raisining o’rinbosari lavozimini kiritish to’g’risida Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 iyundagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3802-sonli qarori
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari
O’zbekiston Respublikasi soliq organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uning xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to’g’risida
Davlat soliq xizma organlar faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to’g’risida
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to’g’risida
Davlat soliq boshqarmasi mansabdor shaxslarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom, O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizom, shuningdek mazkur Nizom bilan tartibga solinadi.
Davlat soliq boshqarmasining mansabdor shaxslari:
- o‘zlarining funksional vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi, ijro intizomini buzganligi;
- mazkur Nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi;
- noqonuniy xatti-harakatlar (harakatsizlik) tufayli soliq to‘lovchilarga moddiy va ma’naviy zarar yetkazganligi;
- o‘zlarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirganligi va soliq solish bazasini kamaytirganligi;
- amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan qarorlar qabul qilganligi;
- qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquq buzilishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.
Davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘z xizmat vakolatlari doirasidan chetga chiqqanligi, shuningdek zimmasiga yuklangan xizmat vazifalarini bajarmaganligi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Soliq nazoratini amalga oshirishda davlat soliq boshqarmasi mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlar qonunda belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
Davlat soliq boshqarmasi mansabdor shaxslarining ish haqi lavozim maoshidan, maxsus unvonlar, uzoq xizmat muddati uchun ustamalardan, dam olish va bayram kunlari uchun to‘lovlar, boshqa ustama, qo‘shimcha haqlardan iborat bo‘ladi hamda u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.
Nazorat-taftish bo‘limining hamda Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bo‘limining xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan ular lavozim maoshining 20 foizi miqdorida maxsus ustamalar belgilanadi.
Quyidagilar davlat soliq boshqarmasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning asosiy turlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga to‘lovlar tushumlari prognozi bajarilganligi va ortig‘i bilan bajarilganligi hamda soliq bo‘yicha qarzlar miqdori pasaytirilganligi uchun oy, chorak, yarim yillik ish yakunlari bo‘yicha mukofotlash;
- alohida muhim topshiriqlar bajarilganligi uchun yakka tartibda mukofotlash;
xodimlarning lavozim maoshiga ish uchastkasining murakkabligi va muhimligi hamda mehnatda yuqori natijalarga erishganligi uchun ustamalar to‘lash;
- xizmat vazifalarini bajarish chog‘idagi alohida xizmatlari uchun
va pensiyaga chiqishi munosabati bilan qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlash;
- davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozim maoshlariga ularning funksional vazifalarini bajarishlarini, bilimlari darajasini, soliq to‘lovchilar bilan ish olib borish kasbiy qobiliyatlarini har yili test sinovlaridan o‘tkazish asosida belgilanadigan maxsus rag‘batlantiruvchi ustamalar.
Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlarini bir oy, chorak, yarim yildagi ish yakunlari bo‘yicha mukofotlash respublika va mahalliy byudjetlarga, davlat maqsadli jamg‘armalarga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tushumlari prognozi bajarilganligi va ortig‘i bilan bajarilganligi uchun hamda ular faoliyatini tavsiflovchi boshqa asosiy
ko‘rsatkichlar bajarilganligi uchun davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining qarori bilan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga shakllantiriladigan mehnatga haq to‘lash fondi mablag‘lari, shuningdek Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy muhofaza, soliq organlarini rivojlantirish hamda ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari davlat soliq xizmati organlari xodimlariga to‘lovlar, shu jumladan mukofotlar manbalari hisoblanadi.



Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish