Toshkent tuman davlat soliq inspektsiyasi



Download 0,76 Mb.
bet7/14
Sana14.07.2022
Hajmi0,76 Mb.
#799295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Солик хисобот

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha
2018-2019 yillarning I choragida hududlar tushumlarining O‘zbekiston Respublikasi umumiy tushumlaridagi ulushlari to‘g’risida


T/r

Нududlar nomi

2018 yil
I chorak


2019 yil
I chorak


O‘zgarishi

1.

Qoraqalpog’iston Respublikasi

3,7

4,3

0,6

2.

Andijon viloyati

4,5

4,2

-0,3

3.

Buxoro viloyati

5,5

5,5

0,0

4.

Jizzax viloyati

2,2

2,1

-0,1

5.

Qashqadaryo viloyati

6,8

7,1

0,3

6.

Navoiy viloyati

7,3

9,2

1,9

7.

Namangan viloyati

3,5

3,2

-0,3

8.

Samarqand viloyati

5,2

4,7

-0,5

9.

Surxondaryo viloyati

3,4

3,1

-0,3

10.

Sirdaryo viloyati

1,8

1,6

-0,2

11.

Toshkent viloyati

10,7

10,4

-0,3

12.

Farg’ona viloyati

6,1

5,7

-0,4

13.

Xorazm viloyati

2,9

2,7

-0,2

14.

Toshkent shahri

30,5

27,4

-3,1




Respublika bo‘yicha, jami

100,0

100,0

0,0

Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borishga, xususan, moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat byudjetini shakllantirish, soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi. SHunday qilib, davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‘liq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining bosh manbaidir.


2- jadval
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha
2018-2019 yillarning I choragida tushumlar tarkibi




T/r

Manbalar nomi

2018 yil
I chorak


2019 yil
I chorak


O‘zgarishi

1.

Byudjet

61,6

63,1

1,5

2.

Pensiya jamg’armasi

32,2

31,1

-1,1

3.

Respublika yo‘l jamg’armasi

4,4

4,4

0,0

4.

Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy - texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi

1,8

1,4

-0,4




Respublika bo‘yicha, jami

100,0

100,0

0,0

Soliq solish soliq majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda bo’lgan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qo’llaniladi.


3- jadval
Davlat byudjetiga 2019 yilda tushumlar to‘g‘risida (mlrd.so‘mda)

T/r

Ko‘rsatkichlar nomi

Tushumlar




Respublika bo‘yicha jami

37 752,1




Shu jumladan:




1.

Bevosita (to‘g‘ri) soliqlar

11 539,3

1.1.

Foyda solig‘i

1 475,6

1.2.

Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovidan ajratma

1 707,1

1.3.

Mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovidan ajratmalar

1 751,8

1.4.

Jismoniy shaxslar daromad solig‘i

4 876,5

1.5.

Qat’iy belgilangan soliq

1 042,8

1.6.

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i

685,5

2.

Bilvosita (egri) soliqlar

14 772,9

2.1.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i*)

8 634,6

2.2.

Aksiz solig‘i*)

4 353,8

2.3.

Transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq

1 784,6

3.

Resurs va mulkiy soliqlar

6 867,3

3.1.

Mol-mulk solig‘i

2 129,7

3.2.

Yer solig‘i

1 091,7

3.3.

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq

3 474,1

3.4.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

171,8

4.

Boshqa soliqlar

4 572,6

*) Tushumlar davlat soliq xizmati organlari tomonidan ma’murlashtiriladigan qismi bo‘yicha keltirilgan.



Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega.


Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni bekor qilish, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar stavkalarini kamaytirish, soliq to’lovchilarning majburiyatlarini bekor qilishni yoki ularning ahvolini boshqacha tarzda yengillashtirishni nazarda tutuvchi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega bo’lishi mumkin, agar bu soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida to’g’ridan-to’g’ri nazarda tutilgan bo’lsa, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Yangi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar belgilanishini, imtiyozlar to’liq yoki qisman bekor qilinishini, soliq solinadigan baza oshirilishini nazarda tutuvchi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari ular rasmiy e’lon qilingan paytdan e’tiboran kamida uch oy o’tgach, amalga kiritiladi.
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalari o’zgartirilishini nazarda tutuvchi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari, agar ularda kechroq muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, ular rasmiy e’lon qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran amalga kiritiladi. Ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida ko’rsatilmagan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari, agar hujjatlarning o’zida kechroq muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Toshkent tuman davlat soliq inspektsiyasining 2017-2021 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolli dasturlari

Mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun soliq yukini izchillik bilan kamaytirish va qulay shart-sharoitlarni yaratishni ta’minlaydigan soliq tizimi shakllantirilgan.


Shu bilan birga, soliq ma’muriyatchiligi sohasida, shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘ish, soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishda muayyan muammolarning mavjudligi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dasturlarini moliyalashtirishning barqaror manbalarini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, xususan:
birinchidan, soliq organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish holati soliq ma’muriyatchiligining shaffofligini, soliq solish masalalarida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish hamda nazorat samaradorligini, shuningdek davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlamayapti.
Soliq to‘lovchilarning, eng avvalo, tadbirkorlik sub’ektlarining ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydigan “soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti”dan foydalanish manfaatdorligini oshirish bo‘yicha faol ish tashkil etilmagan;
ikkinchidan, soliq organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi soliq solish ob’ektlarini to‘liq qamrab olish va soliq solinadigan bazani kengaytirish, shuningdek soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida yig‘ish uchun mavjud resurslarni safarbar qilish imkonini bermayapti;
uchinchidan, soliqqa oid huquqiy munosabatlarning ahvoli va rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish, soliq siyosatining o‘rta muddatli va istiqbolli yo‘nalishlarini ishlab chiqish, soliq solishning dolzarb muammolarini tadqiq etish, shuningdek byudjetga soliq tushumlarini ishonchli prognozlashtirish faoliyati takomillashtirishni talab qilmoqda;
to‘rtinchidan, soliq nazoratini tashkil qilish mexanizmlarining mukammal emasligi, shu jumladan soliq tekshiruvi ob’ektlarining zarur tahlilsiz belgilanishi soliqqa oid huquqbuzarliklarni aniqlash va ularni barvaqt profilaktika qilish samaradorligini pasaytirmoqda;
beshinchidan, soliq nizolarini sudgacha hal etish – soliq apellyasiyasi instituti imkoniyatlaridan etarli darajada foydalanilmayotganligi soliq to‘lovchilarning sud organlariga murojaatlari ko‘payishiga olib kelmoqda;
oltinchidan, soliq solish tizimining murakkabligi va bir xil soliq solish bazasiga ega soliqlarning etarli darajada unifikatsiya qilinmaganligi, soliq qonunchiligining o‘zgaruvchanligi soliq to‘lovchilar tomonidan o‘z soliq majburiyatlarini to‘liq bajarish imkonini bermayapti;
ettinchidan, soliq organlarining Davlat byudjetiga tushumlar to‘liqligini ta’minlash faoliyati ustidan tashqi nazorat mexanizmlarining mavjud emasligi soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirish va soliq to‘lovchilarni hisobga olish imkonini bermayapti;
sakkizinchidan, soliq to‘lovchilarning soliqlarni to‘lash bo‘yicha o‘z konstitutsiyaviy burchini ixtiyoriy bajarishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan, ayniqsa, joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni takomillashtirish talab etiladi;
to‘qqizinchidan, bozorlar va savdo komplekslari faoliyati ustidan samarali soliq nazorati o‘rnatilmaganligi mahalliy byudjetlarni to‘ldirish uchun mavjud rezervlarni to‘liq safarbar qilish, shuningdek naqd pul mablag‘larining kafolatli qaytishini ta’minlamayapti;
o‘ninchidan, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘ish ko‘rsatkichlarini yaxshilash, korrupsiya ko‘rinishlarini profilaktika qilish, shuningdek soliq organlarida xizmat qilishga halol va yuqori malakali kadrlarni jalb etish maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish talab etiladi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasidagi soliq solish tizimini izchillik bilan soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish orqali soliq yukini pasaytirish kabi vazifalar ijrosi yuzasidan, shuningdek soliq ma’muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish maqsadida:

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish