Toshkent tuman davlat soliq inspektsiyasi



Download 0,76 Mb.
bet1/14
Sana14.07.2022
Hajmi0,76 Mb.
#799295
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Солик хисобот




MUNDARIJA:


Kirish...................................................................................................................3

  1. Toshkent tuman davlat soliq inspektsiyasining tashkil topish tarixi, tarkibiy tuzilishi……….................................................................................6

  2. Toshkent tuman davlat soliq inspektsiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari……………………………………………………………......10

  3. Toshkent tuman davlat soliq boshqarmasi ish faoliyatini reglamentlovchi normativ-huquqiy hujjatlar...........................................23

  4. Toshkent tuman davlat soliq inspektsiyasida amalga oshirilgan ishlar tahlili.............................................................................................................28

  5. Toshkent tuman davlat soliq inspektsiyasining 2017-2021 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolli dasturlari………………34

  6. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga oid qonun xujjatlarini rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobini yuritish tartibini o‘rganish…………………………………..…42

  7. Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni hisoblash va to‘lash tartibi………………………………………….……67

  8. Har bir bo‘lim va sho‘balarida qo‘llaniladigan dasturiy mahsullar va interaktiv xizmatlar bilan tanishish……………………………………..71

Xulosa................................................................................................................79
Kirish


Zamonaviy talablarga javob beradigan soliq tizimi – iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish, investitsiya muhitini yaxshilash, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida soliq solish bazasini kengaytirish orqali soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish va soliq yukini kamaytirish masalalari alohida o‘rin tutadi1.
O‘tgan davr mobaynida tadbirkorlik sub’ektlarida tekshirishlarni qisqartirish va ularning faoliyatiga asossiz aralashishlarga barham berish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi. Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rejadan tashqari va muqobil tekshirish tartiblari bekor qilindi, hisobotlarning shakli va taqdim etish muddatlari soddalashtirildi.
Shu bilan birga, soliq ma’muriyatchiligini amalga oshirishda bir qator muammolar mavjudligi sababli Farmon bilan davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh qilishning quyidagi muhim yo‘nalishlari belgilandi:
soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish, soliq to‘lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik sub’ektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga to‘liq o‘tish;
soliq solish ob’ektlari va soliq solinadigan bazaning o‘z vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, vakolatli organlar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining soliq solish masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan ishonchli axborotini o‘z muddatida taqdim etish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish;
soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to‘lovchilarga har tomonlama ko‘maklashish, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish va soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish;
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solish ob’ektlarini to‘liq qamrab olish va soliq solinadigan bazani kengaytirishni ta’minlash bo‘yicha samarali tadbirlarni amalga oshirish;
faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklashga har tomonlama ko‘maklashish, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish, o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmlarini mustahkamlash, soliq qarzi oshishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali soliq solinadigan bazani kengaytirish;
soliq solish masalalari, shu jumladan respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirishning qo‘shimcha zaxiralarini aniqlash orqali moliya organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish;
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, soliq organlarini yuqori ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega malakali xodimlar bilan to‘ldirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek xodimlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash va ular uchun xizmatni o‘tashning munosib shart-sharoitlarini yaratish.
Farmon bilan soliq organlari va halol soliq to‘lovchilar o‘rtasida ularga joriy soliq solish masalalarini hal qilishda har tomonlama ko‘maklashgan holda kengaytirilgan axborot almashinuvini nazarda tutuvchi soliq nazoratining zamonaviy shakli – soliq monitoringi joriy etilmoqda.
Ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, yirik xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga o‘z vaqtida va samarali xizmat ko‘rsatish maqsadida ular bo‘yicha soliq ma’muriyatchiligi funksiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalariga yuklatilmoqda.
Vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga to‘qnash kelgan halol soliq to‘lovchilar – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga soliq ta’tillari berish tarzidagi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi shakli nazarda tutilmoqda. SHuningdek soliq to‘lovchi tomonidan ortiqcha to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni qaytarish yoki hisobga olish muddati ikki baravarga qisqartirilmoqda.
Soliq nazoratining to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz shakllari samaradorligini oshirish maqsadida kameral nazorat natijalari bo‘yicha aniqlangan tafovutlar yuzasidan soliq to‘lovchilar tomonidan asoslar taqdim etilmagan taqdirda, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summalarini sud tartibida undirish joriy etilmoqda.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish