U. A. Sheripbayeva


Qishloq xo'jaligida menejmentning asosiy vazifasi



Download 9,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/229
Sana01.07.2022
Hajmi9,88 Mb.
#721701
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   229
Bog'liq
Q.x iqt va menejmenti

Qishloq xo'jaligida menejmentning asosiy vazifasi 
jam iyat 
rivojlanishining obyektiv qonunlari talablarini hisobga olgan holda va 
menejment amaliyotini umumlashtirish asosida agroiqtisodiyotni 
samarali boshqarish uchun zarur bir maqsadga yo'naltirilgan harakatlar 
tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
H ar qanday davlat m ustahkam , har tom onlam a asoslangan 
boshqaruvga, mamlakatda ishlab chiqarishni va iqtisodiy o'sishni yo'lga 
qo‘yishga zarurat sezadi. Bu vazifalarni yuqori malakali, boshqaruv 
qonun-qoidalarini mukammal biladigan professional boshqaruvchilar, 
menejerlar olib boradilar.
Qishloq xo'jaligi korxona va tashkilotlarining boshqaruv tizimini 
muntazam takomillashtirib borish talab etiladi. Korxona va tashkilot- 
larning samarali ishlashini malakali rahbar xodimlar ta ’minlaydi.
Menejmentning mazmunini ochish bilan birga uning ikki tom o- 
nini, ya’ni, texnik va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni 
farqlash zarur. Amaliy tajriba shunday xulosa chiqarishga undaydiki, 
ishlab chiqarishning faoliyat samaradorligi faqat texnik, texnologik, 
tashkiliy rejalashtirish va boshqa omillarga bog'liq bo'lib qolmasdan, 
balki sezilarli darajada ish bajaruvchilar ishlarining sifatiga ham 
bog'liqdir. Faohyat sifati ancha keng tushuncha, bo'lib, ishlab chiqa­
rishni aniq tashkil qilish, m ehnat jarayonining aniq maromiga yetka- 
zishni ta ’minlash, texnologiyaga rioya qilish, moddiy materiallarni 
tejab ishlatish, o'zaro talabchanlik, o'zaro yordam berish va boshqa- 
lardan iborat.
Menejmentning oldidagi asosiy masala zamonaviy bilimlar majmua- 
sini ijodiy ishlatilishiga imkon yaratishdir. Bu belgilar iqtisodiy 
munosabatlar birlashmasi, ya’ni ular rahbar va ish bajaruvchilar orasida­
gi munosabatdir. Bu, o'z navbatida, ishlab chiqarishdagi muammolami 
yechish jarayonida vujudga keladi.
Menejmentning mazmuni ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog'liq 
holda o'zgaradi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy aloqalar 
murakkablashuvi bilan boshqaruv ham murakkablashadi. Ishlab chiqa­
rish vositalariga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo'lgan sharoitda 
tovar ishlab chiqaruvchilar o'rtasida raqobat vujudga kelib u ishlab 
chiqarishni boshqarish, foydani ko'paytirishga yo'naltiriladi.
Menejmentning asosini obyektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa 
qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlarni 
o'rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon bo'lishini hisobga
19


olgan holda xo'jalik rahbarlari qishloq xo'jaligini boshqarishning 
strategiya va taktikasini belgilaydilar.
Jamiyat hayotining barcha tomonlarini demokratik yangilanishi 
sharoitidagi asosiy masala iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy taraq- 
qiyotni rag'batlantirish, boshqariladigan bozor bilan shaxs va jamoa 
manfaatlarini samaraii bog'lash masalalaridan iboratdir. Nazariy va 
amahy nuqtayi nazardan ishlab chiqarish egalari bo'lgan mehnatkashlar 
manfaatlari eng muhim manfaat ekanligi, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy- 
texnikaviy taraqqiyotni jadallashtiruvchi qudratli harakatlantiruvchi 
kuch ekanligi shubhasizdir. Boshqaruvni isloh qilishning strategik 
g'oyasi mehnat qiluvchi shaxsning obro'sini ko'tarishdir. Chunki, 
vijdonan va mas’uliyat bilan mehnat qilish iqtisodiyotni sog'lom- 
lashtirish uchun xizmat qiladi. Xodimning mehnatdan manfaatdorligini 
keskin oshirish, uning o'z qobiliyatini to'liq namoyon etishiga sharoit 
yaratish, jamiyatni harakatlantiruvchi kuchlaming umumiy tizimiga 
qo'yishdan iborat. Bunga faqat xodim ishlab chiqarishning haqiqiy 
egasi sifatida mehnat qilgan holdagina erishish mumkin. Kishilar 
o'rtasidagi iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlami aks ettiruvchi manfaat- 
lar ularning maqsadlari, mehnat intizomi, faolhgiga bevosita ta’sir 
ko'rsatadi va harakatlarini tartibga soladi.
Bozor munosajatlariga o'tish ishlab chiqarish va bozoming samaraii 
o'zaro ta’sirini, davlat boshqaruvi va korxonalaming o'z-o'zini bosh- 
qarishning mutanosib nisbatda bo'lishini ta’minlovchi takomillashgan 
xo'jalik mexanizmini yaratishga yo'naltirilgandir. Mamlakatda amalga 
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asl maqsadi barqaror ijtimoiy 
yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini, kuchli demokratik huquqiy davlat 
va fuqarolik jamiyatini qurishdan iboratdir.

Download 9,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish