Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti «biotexnologiya»



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/113
Sana26.02.2022
Hajmi3,27 Mb.
#465174
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113
Bog'liq
majmua Sanoat mikrobiologiyasi 2021

Aspirasion usul.
 
Bu havodagi UMS aniqlashda juda ham aniq usul 
hisoblanadi. Havo apparat yordamida ekiladi. Havoni tekshirish uchun boshqa 
apparatlardan (Dyakov, Rechmenskiy, Kiktenko, PAB-1 aerozol bakteriologik 
namuna oluvchi, POV-1 havodan tekshirish uchun namuna oluvchi apparat) ham 
foydalaniladi. Bu aparatlar yordamida ma’lum hajmdagi havo, suyuqlik yoki 
filtrlardan o’tkaziladi. So’ngra o’lchab, oziqli muhitga ekiladi. PAB-1 va POV-1 
apparatlari yordamida ko’p hajmdagi havoni tekshirish orqali patogen bakteriya va 
viruslarni topish mumkin. Hozirgi vaqtda kasalxonalar ichida yuqadigan 
infeksiyalarning qo’zg’atuvchilari bo’lmish patogen va shartli-patogen 
baktsriyalarii (stafilokokklar, ko’k-yiring tayoqchalari va boshqa grammanfiy 
bakteriyalar) bevosita jarrohlik, akusher-ginekologik va boshqa bo’limlarning 
havosini tekshirish mobaynida topish mumkin. Kasalxona ichida stafilokokk 
etiologiyali infeksiya paydo bo’lganida, tekshirishlar infeksiya manbaini, tarqalish 
yo’llarini aiiqlashga qaratiladi. Atrof-muhitdagi ob’ektlardan, shuningdek bemorlar 
va kasalxona xizmatchilardan ajratib olingan stafilokokk kulturasi na’munasini bir 
xilligini ularni fagotiplarini tekshirish yo’li bilan aniqlanadi.
 
 
 
 
 


2-AMALIY MASHG‘ULOT.
 
MAVZU: 
FERMENTLARNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI. 
Reja: 
1.
Mikroorganizmlar fermentlaridan xalq xo‘jaligining turli xil sohalarida 
foydalanish. 
2.
Yuvish vositalari ishlab chiqarishda mikrob fermentlari. 
3.
Ishlab chiqarish sanoatida ba’zi bir fermentlarni ishlab chiqarish uchun 
foydalaniladigan mikroorganizmlar. 
Fermentlarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. 
Mikroorganizmlar fermentlaridan xalq xo‘jaligining turli xil sohalarida 
foydalanish juda ham istiqbollidir. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlardan olingan 
ferment preparatlari sanoatning ko‘p sohalarida qishloq xo‘jaligida va tibbiyotda 
qo‘llanib kelinmoqda. Pivo va vino tayyorlashda solod o‘rniga zamburug‘ning 
amilaza ferment preparatidan foydalaniladi. Bu ishlab chiqarishni arzonlashtiradi va 
qalla harajatini kamaytiradi. Shunga o‘xshash amilaza eriydigan kraxmal, dekstrin 
olish uchun ham ishlatiladi. Amilaza fermenti bilan berilgan, sabzavot va 
mevalardan olingan mahsulotlar o‘zining tarkibida ko‘p miqdorda qand moddalari 
saqlaydi va yaxshi hazm bo‘ladi, ayniqsa, bu bolalarga foydalidir. Non va non 
mahsulotlari tayyorlashda amilaza xamirni achishini tezlashtiradi va nonning sifatini 
yaxshilaydi. Konditer sanoatida achitqi zamburug‘ining invertazasidan (saxarozasi) 
foydalaniladi, saxarozani glyukoza va fruktozaga aylantirib beradi, u saxarozani 
yuqori miqdorida kristallanishining oldini oladi. Zamburug‘larning pektinazasi 
meva va uzum sharbatini tindirish uchun ishlatiladi. Vino ishlab chiqarishda uzum 
sharbati chiqish miqdorini ko‘paytirish uchun va kofe ishlab chiqarishda 
qo‘llaniladi. Glyukoamilazadan pivo tayyorlash sanoatida pivodan dekstrin 
qoldig‘ini tozalash uchun ishlatiladi. Glyukoizomeraza saxarozani o‘rniga 
glyukoza-fruktozali sharbat olishda foydalaniladi. Laktoza, laktozasiz sut olish 
uchun ishlatiladi. Laktozalar yordamida tarkibida ko‘p miqdorda laktoza bo‘lgan sut 


zardobidan qand (glyukoza, galaktoza) olinadi. Zamburug‘larni glyukozaoksidazasi 
katta ahamiyatga ega, chunki bular oziq ovqat mahsulotlarini glyukoza qoldig‘idan 
va molekulyar kisloroddan ozod qiladi va bu bilan ularni saqlash muddatini 
o‘zaytiradi. Glyukozaoksidazani tuxum kukuniga, mayonezga, pivoga ularni uzoq 
muddatga saqlash uchun ma’lum miqdorda qo‘shiladi. Bu ferment yordamida 
askarbin 
kislotasining 
(S-vitamin) 
oksidlanishi 
sekinlashadi. 
Sellyuloza 
preparatidan kartoshkani qandlashtirishda, kartoshka va g‘alladan kraxmal olishda, 
suv o‘tidan agar-agar chiqarishni ko‘paytirishda, sabzavot pastasi tayyorlashda
tsitrus mevalari qobig‘ini ajratishda foydalaniladi. O‘simlik tsellyulozasini 
qandgacha parchalashda ishlatilmoqda. Mikroorganizmlardan olingan proteolitik 
fermentlar pishloq tayyorlashda, uni quyuqlashtirish uchun ishlatiladigan renin 
o‘rnini bosishi mumkin, keyinchalik ulardan go‘shtni yumshatish (tendirizatsiya) 
uchun foydalanila boshlandi. Bundan tashqari, baliq tuzlanganda uning pishishini 
tezlatish, vino va pivo tayyorlashda ishlatilmoqda. Lipaza sutni quruq holda ishlab 
chiqarishda o‘z o‘rnini topgan, pishloq tayyorlashda, uning pishishini tezlashtirish 
uchun, pishloqqa maxsus ta’m va yoqimli hid berish uchun ishlatiladi. 
To‘qimachilik sanoatida mikroorganizmlarning fermentlari zig‘irning samoniga 
ishlov berib, undan tola olish uchun ko‘pdan beri va keng qo‘llanib kelinmoqda. 
Zig‘irni namlash jarayonida ishtirok etadigan asosiy mikroorganizm sifatida 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish