Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti «biotexnologiya»



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/113
Sana26.02.2022
Hajmi3,27 Mb.
#465174
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   113
Bog'liq
majmua Sanoat mikrobiologiyasi 2021

Muhit tarkibi.
Kessler muhiti 1% peptonli suv, 5% o’t sapro, 0,25% laktoza 
va grammusbat bakteriyalarning o’sishini to’xtatish uchun gensian binafshadan 
iborat. Temir sulfitli Vilson-Blyer muhiti 3% oziqli agar, 1% glyukoza, 2% natriy 
sulfit, 0,08% temir xloriddan qo’shilgan. Termofil (issiqni sevuvchi) bakteriyalarni 
aniqlash uchun suyultirilgan tuproq suspenziyasidan 1 ml Petri kosachasiga 
tomiziladi, ustidan eritilgan va sovutilgan oziqli agar quyiladi. Ekmalar 60°C da 
termostatda 1 kun saqlanadi. So’ng hosil bo’lgan koloniyalar sanalib, 1 g tuproqdagi 
bakteri yasoni aniqlanadi.
Aniqlash. 
Usulni mohiyati tekshirilayotgan suvni ikkitadan kam bo’lmagan 
na’munasi 1,0 ml olinib, oziqli muhitga ekib, o’sgan koloniyalarni sanab 
xisoblashga asoslangan. Tadqiqot usulini bajarilishi tekshirilayotgan suv yaxshilab 
aralashtirilib 1,0 ml dan olingan suvlar sterillangan Petri kosachasiga ( diametri 90-
100 mm) quyiladi, ustiga 10-12 ml eritilgan, 45-49°C gacha sovutilgan oziqli agar 
quyiladi va yaxshilab suv bilan aralashtiriladi. So’ngra ekilgan materiallar 37°C da 
termostatda 24 soatga qo’yiladi. So’ng har ikkala kosachadagi agar yuzasida va 
ichida o’sib chiqqan koloniyalar soni sanaladi, qo’shilib ikkiga bo’linib, suvning 1 


ml dagi umumiy mikroblar soni aniqlanadi (xisoblab topish tuproqning UMS 
aniqlashga o’xshash, faqat na’muna 1.0 ml lingani uchun 10 ko’paytirilmaydi) 
Natija 1 ml suvda topilgan bakteriyalarni koloniya hosil qiluvchi birligida (KHQB) 
beriladi.
Umumiy va termotolerant
 
koliform bakteriyalarni membra filtrlash usulida 
aniqlash.
Usulni mohiyati tekshirilayotgan suvni maxsus membrana filtridan 
o’tkazilib, laktoza tutuvchi differensial muhitda o’stirib, kultural va bioximik 
xususiyatlari bo’yicha identifikasiya qilishga asoslangan. Tadqiqot usulini 
bajarilishi. 3-nomerli membranali filtr Bunzep kolbasiga o’rnatilgan Zeyts 
voronkasiga joylashtirilib, so’ngra vakuum-nasos bilan birlashtiriladi Membranali 
filtrlar oldindan distillangan suvda qaynatilib, sterillanadi.Ichimlik suvlari uchun 
na’muna 300 -500 ml, ochiq suv havzasidan olingan toza suv 5, 10, 40, 100, 150 ml 
hajmda filtrlanadi. Agap suv nihoyatda ifloslapgai bo’lsa, filtrlashdan oldin steril 
distillangan suv bilan suyultiriladi. Ichimlik suvni tekshirishda 3 ob’yom 100 ml 
dan olinadi, har bir ob’yom suv filtrdan o’tkaziladi. Filtrlar Petri kosachasidagi 
Endo muhiti yuzasiga qo’yiladi va 37°C da termostatda 24 soat saqlanadi. Agar filtr 
yusasida 24 soat maboynida koloniyalar o’smasa yoki koliform bakteriyalarga xos 
bo’lmagan mog’ar zamburug’lari koloniyasi topilsa, umumiy koliform bakteriya 
(UKB) va termotolerant koliform bakteriya (TKB) topilmadi deb natija beriladi. 
Agar membrana filtrda tipik aloxida yotgan laktozamusbat, qizil metal singari 
yaltiroq, yoki rangsiz koloniyalar topilsa, har ikkala tip koloniyalar aloxida sanalib 
ularning UKB va TKB mansubligi aniqlaniladi. UKB tasdiqlash uchun filtrda 5 
tadan kam, lekin 3-4 tadan har bir tipdagi koloniyalardan, TKB ni tasdiqlash uchun 
hamma tipik aloxida koloniyalardan 10 tadan oshmagan holda oksidaza aktivligi, 
Gram usulida bo’yalishi va laktozani kisota gaz hosil qilib fermentlashi aniqlanadi. 
Oksidaza testini qo’yishda oksidaza disklaridan foydalaniladi (dimetil-p-
fenilendiamin shimdirilgan filtr qog’ozi). Membrana filtrlarda koloniyalar qalin 
o’sgan bo’lsa, oksidaza diski to’g’ridan to’g’ri filtr ustidagi koloniyalarga 
distillangan suv bilan namlab qo’yiladi, ko’k ranga kirsa reaksiya musbat bo’ladi. 
Agar filtr yuzasidagi hamma koloniyalar oksidazamusbat bo’lsa tekshirish 


to’xtatiladi va na’munadan UKB va TKB topilmadi deb javob beriladi. Agar 
koloniyalar oksidaza manfiy bo’lsa tekshirilayotgan koloniyalar qayta ekilib 
aloxida koloniyalar olinadi va ularni UKB va TKB mansubligi o’rganiladi. 
Koloniyalarni UKB mansubligi gram manfiy bakteriyalar koloniyasi oksidaza 
manfiy va laktozani kislota, gaz hosil qilib 37°C da fermentasiya qilsa, ularni UKB 
mansubligi tasdiqlanadi. TKB mansubligi esa shu testlarni 44°S da aniqlanadi. 
Boshqa hollarda agar na’munalardan UKB va TKB topilmasa tekshirilgan 100 ml 
suvda KHQB UKB va 100 ml suvda va KHQB TKB topilmadi deb javob beriladi. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish