Xalilova nasiba rustamovnaning


Yotar bo`lsam qumga botib yuzlarim



Download 403,63 Kb.
bet2/10
Sana22.04.2022
Hajmi403,63 Kb.
#572621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ssenariy Muhammad Yusuf ta

Yotar bo`lsam qumga botib yuzlarim,
Ko`nglimni ko`chkiday bosadi bir g`am-
Yig`lashni ham bilmas mening qizlarim…
-deb yozgan bo`lsa,
2-Boshlovchi:- ,,Onaizor’’ nomli she’rida:
Sig`may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona,
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…
Gulday kulib yurmasmidi,o`g`lim deb,
Ko`rib ko`nglim to`lmasmidi, o`g`lim deb,
Onang o`lsa bo`lmasmidi o`g`lim, deb,
Onam yig`lar, onam yig`lar, onam u…
- deya shoir xuddi umri qisqa bo`lishini oldindan bilgandek yozgan edi.
1-Boshlovchi: Ha, shoir qizlarining yig`lashga o`rganishini kutib o`tirmay, baqoga sayr qilib, onaizorini,yaqinlarini va minglab muxlislarini yig`latib og`ir judolik o`tiga tashlab ketdi.
2-Boshlovchi:
Bir arsloni ketdi O`zbekning ,
Ohi ko`kka yetdi O`zbekning.
Quyosh yig`la, osmon, aza tut,
Muhammadi ketdi O`zbekning.
1-Boshlovchi:
Baland ketdi, shoniga ketdi,
Jannatning ayvoniga ketdi.
Turk yukini yelkalashay deb,
Yassaviyning yoniga ketdi.
(H. Xudoyberdiyeva)
( Monitorda Muhammad Yusufning hayoti va faoliyatiga doir ma’lumotlar , fotosuratlar slayt orqali namoyish qilinadi.)
O`zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954-yil 26- aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog`ida oddiy zahmatkash odamlar oilasida tavallud topdi.
O`rta maktabni tugatgandan so`ng Respublika Rus tili va adabiyoti institutini 1978 yilda tamomladi. Uning dastlabki she’rlaridan namunalar 1976-yilda ,,O`zbekiston adabiyoti va san’ati ‘’ haftaligi sahifalarida chop etiladi.
1978-1980-yillarda Respublika ,,Kitobsevarlar’’ jamiyatida , 1980-1986-yillarda ,,Toshkent oqshomi’’ ro`znomasida , 1986-1995-yillarda esa G`afur G`ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida , 1992-1995-yillarda ,,O`zbekiston ovozi ro`znomasida, O`zbekiston milliy axborot agentligi (o`zA)da xizmat qildi. 1997- yildan e’tiboran shoir O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o`rinbosari etib tayinlandi.
She’riy to`plamlari: ,,Tanish teraklar’’ (Birinchi she’riy to`plami) (1985),,,Bulbilga bir gapim bor’’ (1987), ,,Iltijo’’ (1988), ,,Uyqudagi qiz’’(1989), ,,Halima enam allalari’’ (1989), ,,Ishq kemasi’’ (1990), ,,Ko`nglimda bir yor’’(1990), ,,Bevafo ko`p ekan’’ (1991), ,,Yolg`onchi yor’’, ,,Erka kiyik’’(1992), ,,Osmonimga olib ketaman’’.

Download 403,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish