Xudoyo, rahmat ayla barcha ajdodi izomimni



Download 79,47 Kb.
bet3/12
Sana21.01.2022
Hajmi79,47 Kb.
#394794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Nodira

Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun,

misralari bilan tugallanadi.



Bu ikki satr asarning bosh leytmotivini belgilab bergan. Unda hijron azobini chekkan lirik qahramon kayfiyati shundoq bo’rtib turibdi. Muashshaming har bandi o’n niisradan iborat bo’lgani uchun she’rni bandma-band ko’rib, tahlil qilib o’tgan ma’qul. Amalda o’n misrali band besh baytli bir kichik g’azal hajmini tashkil etadi. Shuning uchun shoira yuksak mahorat ko’rsatib, muashshaming har bandi badiiy qurilmasini mukammallashtirish, ohangdorlik quvvatini imkon qadar oshirishga harakat qilgan. Banddagi o’n misraning oldingi sakkiz satri o’ziga xos qofiya (ba’zilari, hatto, qofiya va radif) tizimiga bo’ysundirilgan. Birinchi bandda «aylar falak”, ikkinchi bandda «aylar meni», beshinchi bandda «qilmadi», yettinchi bandda «bo’lmadi», sakkizinchi bandda «ayladi» so’zlari radifga olingan. Qolgan besh band esa radifsiz qofiyalar bilan tugaydi. Birinchi bandda lirik qahramon aybni falakka qo’yadi. Sakkiz misraning ham «aylar falak” radifi bilan tugashi shundan. Falak ¬ mumtoz she’riyatimizdagi an’anaviy timsollardan biri. O’zi, asli, falak osmonni, koinotni anglatadi. Inson taqdirini falak jismlarining harakatlari belgilaydi, degan qarash bo’lgan. Munajjimlik ilmi shu asosda kelib chiqqan. Shuning uchun astronomiya bilan astrologiya fanlarini bir-biriga aralashtirib yubormaslik kerak. Astronomiya — osmon jismlari qonuniyatlarini o’rganadigan fan. Astrologiya esa osmon jismlari harakatlaridan kelib chiqib, kishilar taqdirini belgilash, fol ochish, bashorat qilish bilan shug’ullangan. Hozirgi paytda ommalashib ketgan yulduzlar bashorati (goros¬koplar) — amalda ana shu astrologiya mahsullari. Shoirlar taqdirini falakka bog’lab tushuntirishga moyil bo’ladi. Falakni dunyo deb ham, tarix — zamon deb ham, taqdir deb ham tushunish mumkin. Kengroq ma’noda falak timsoli zamirida Alloh ko’zda tutiladi. Chunki, axir, taqdir bevosita Yaratganning o’zidan-ku. Tilimizda, mumtoz adabiyotimiz namunalarida ham «falakning gardishi», «charxi falak”, «charxi dun» degan va boshqa shu kabi so’z birikmalariga ko’p duch kelamiz. Eski tasavvurda doimiy ravishda davom etib turadigan tarix muntazam aylanishda bo’lgan gardish yoki charxga qiyoslangan. Shoira lirik qahramoni oh chekib, falakning unga behad jabr-u jafo ko’rsatib, ayriliqda qismatini dard-u balo aylashi, boshiga ko’p mojaro solishidan, bu kulfat uning yuzini kahraboga aylantirgani, ya’ni sarg’aytirgani, shu tariqa g’am-hasratga mubtalo etganidan noliydi, bu ayriliq gul bilan bulbulni «bebarg-u navo» qilganini aytib, fig’on chekadi. Shuning uchun ham band xulosasi bo’lib kelgan ikki bayt mantiqan juda asosli. Falak timsoli ikkinchi bandda ham bor. Endi muallif, hatto, «charxi dun»ni ham ishlatadi. Lirik qahramon ana shu falak yoxud charxi dunning jabr-u jafosiga sabr etmoqchi ham. Biroq buning iloji yo’q: ishq dardi uni beqaror aylaydi. Aqlimni yig’ib olay («kasbi hush etsam») desa, junun (so’zma-so’z — jinnilik, aqlni yo’qotib qo’yish) uni beixtiyor qiladi. Hajr o’ti («dog’i») uni firoq qo’lida («ilkida») zor etadi, oxiri, majnunshior, ya’ni jinnisifat qilib qo’yadi. Bu va keyingi barcha ban
dlar oxirida har gal yuqorida keltirilgan bayt aynan takrorlanib kelaveradi. shu taxlit banddan bandga hijron dardi ifodasi yanada kuchayib boradi. Uchinchi bandda lirik qahramon yori bilan birga o’tkazgan
davrlarini eslaydi, u kezlari hijron dardini xayoliga ham keltirma¬ganini aytadi. U paytdagi hijronlar nuqson emas, qaytanga, kamo¬lot belgisi yanglig’ tushunilgan:

Ul zamon erdi bu nuqsonlar menga ayni kamol.

Misrada «nuqson» va «kamol» tushunchalari bir-biriga tazodqilingan. To’rtinchi bandning o’ziga xosligi shundaki, lirik qahramon boshiga tushgan ayriliq kulfatini endi bevosita o’sha yo’qotib qo’ygan yorining o’zi bilan hasratlashishga o’tadi, band «qaydasen, yorim», deya unga murojaat qilish bilan boshlanadi. Lekin lirik qahramon «aybdor»ni unutgani yo’q, uni endi «charxning qari kampiri» («pirazoli charx») deb yozg’iradi, uni oshiqni o’ldirguvchi, jabr-u zulmidan yurakda yara paydo qilguvchi sifatida qoralaydi:




Download 79,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish