Ўзбекистон республикаси олий ва


Psixologik ta’limotlar tarixidan



Download 2,43 Mb.
bet115/308
Sana25.09.2021
Hajmi2,43 Mb.
#184821
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   308
Bog'liq
Ахмедова Малохат Педгогика Психология

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Fales
Psixologik ta’limotlar tarixidan:

Ijtimoiy hayot ehtiyojlari qadim zamonlardan buyon kishining tevarak-atrofidagi odamlarning psixik jihatdan tuzilish xususiyatlarini farqlay bilishga va ularni o‘z xatti-harakatlarida hisobga olishga majbur etib kelgan. Dastlab bu xususiyatlarga jonning ta’siri deb izoh berilgan. "Jon" tushunchasining paydo bo‘lishi ibtidoiy odamlarning animistik qarashlari bilan bog‘liqdir. Marhumlarning ruhlari ham go‘yo odamlarniki kabi mashg‘ulotlar va sotsial tartib mavjud bo‘lgan hamjamiyatni tashkil etarmish. Tirik odamlar va marhumlarning ruhi o‘zaro aloqada bo‘lib, bir-biriga bog‘liqdir. Shaxsning ham, jamiyatning ham ruhdan shu tarzda tobeligi haqidagi tasavvurlar natijasida ruhga toat-ibodat tarzidagi munosabatlar tarkib topdi. Bu esa dinning dastlabki shakli edi.

Naturfaylasuflar-Fales (er.old. VII-VI asr), Anaksimen ( er.old. V asr), Geraklit (er.old. VI-V asr) ruhni olamning ibtidosini tashkil etuvchi narsa (suv, havo, olov)ning odamlar va hayvonlarga jon ato etuvchi shakli tarzida talqin qilishgan. Qadimgi yunon faylasuflarining bu g‘oyani izchillik bilan o‘tkazishlari, materializmning o‘ziga xos shakli - materiyaning jonliligi to‘g‘risidagi xulosaga olib keladi. Bu materialistik g‘oyalarning Demokrit ( er.old. V-IV asrlar), Epikur ( er.old. IV-III asrlar) va Lukretsiy (er.old. I asr) kabi atomistlar tomonidan rivojlantira borishi oqibati o‘laroq ruh tanaga jon bag‘ishlovchi moddiy jism, shuningdek moddiy asos hisoblanmish aql, ya’ni boshqacha qilib aytganda, hayotning butun jarayonini boshqarish vazifasini, bajaruvchi idrok bilan idora etiladigan a’zo sifatida talqin etila boshladi. .

Shunday qilib, psixik faoliyatni ilmiy tushunish yo‘lidagi dastlabki yirik muvaffaqiyatlar uning fizikaviy olam qonunlariga bo‘ysunishni isbot qilish bilan, uning ko‘rinishlari organizmning anatomik-fiziologik tuzilishiga bog‘liqligini kashf etish bilan uzviy bog‘liqdir

Faylasuflar orasida Aflotun (er.old. 427-347 y.y.) alohida ajralib turadi. U jonning qismlari to‘g‘risidagi tushunchani yaratdi. SHunday qismlardan a) aql-idrokni, b) jasoratni, v) orzu-istakni alohida ajratib ko‘rsatadi va ularni tananing turli qismlari (bosh, ko‘krak, qorin bo‘shlig‘i)ga joylashgan bo‘ladi degan fikrni ilgari suradi. Uning fikricha, jon qismlari odamlarda bir xil taqsimlangan bo‘lib, ulardan birining boshqalarga qaraganda ustun bo‘lishi individning u yoki bu sotsial guruhga mansubligini belgilaydi. Jumladan, oddiy mehnatkash jon quyi qismining, ya’ni nafsning ustunligi bilan ajralib turadi. Aflotun psixologiyada dualizmning, ya’ni moddiy va ruhiy olamni, tana bilan psixikani ikkita mustaqil va antagonistik ibtidolar tarzida tushuntiradigan ta’limotning asoschisidir.

Uning shogirdi Arastu (er. old.384-322 y.y.) ning ta’limoti ancha muvaffaqiyatli ilgarilab ketdiki, u psixologik fikrlarni tabiiy-ilmiy asosda qayta ko‘rib, uni biologiya va tibbiyot bilan bog‘ladi. Arastuning "Jon to‘g‘risida"gi asari psixologiyani bu davrga kelib o‘ziga xos bilimlar sohasi sifatida ajralib chiqqanligidan dalolat beradi. U ruhiy faoliyatni o‘rganishning tajriba metodini, ob’ektiv metodini himoya qilib chiqqan edi. Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo‘lib ruh va jonli tananing ajralmas ekanligi g‘oyasini ilgari surdi. Jon qismlarga bo‘lina olmaydi, lekin u faoliyatning oziqlanish, his etish, harakatga keltirish, aql-idrok kabi turlariga oid qobiliyatlarda namoyon bo‘ladi. Birinchi qobiliyat o‘simliklar uchun, ikkinchisi va uchinchisi hayvonlar uchun, to‘rtinchisi odamlar uchun xosdir. Sezgi dastlabki bilish qobiliyati hisoblanadi.

XVII asr biologik va psixologik bilimlar taraqqiyotida yangi davrni ochib berdi. Inson tanasi mashinaga o‘xshatiladi, texnika qurilmalarining tuzilishi qanday prinsiplarga asoslangan bo‘lsa, tana tuzilishi ham shunday prinsiplarga asoslangan deb tasavvur etiladi. Binobarin tana ham mashina singari ruhning boshqarishiga muxtoj emas deb qaraladi. Fransuz olimi Dekart (1596-1650) tomonidan xulq-atvorning reflektor tabiatga egaligini kashf etilishi ana shu g‘oya bilan uzviy bog‘langandir.

Refleks haqidagi tushuncha organizmning tashqi ta’sirga qonuniy javob reaksiyasi sifatida paydo bo‘ldi. Dekart mushaklar tashqi turtkilarga ruhning xech qanday aralashuvisiz, nerv sistemasining tuzilishi e’tibori bilan ham javob qaytarishga qodirligini isbotlab berdi va refleks deb nomladi. (Lotincha "refleks" so‘zi "aks etish" degan ma’noni anglatadi). Bu nuqtai nazar chinakamiga revolyusiya bo‘lib, nerv-mushak faoliyatini ob’ektiv ravishda bilish vositasiga aylandi. Dekart sezgilar, assotsiatsiyalar, kuchli ehtiroslar qanday yuzaga chiqishini tushuntirib berdi. Lekin u o‘z reflektor sxemasini butun psixik faoliyatga joriy eta olmadi. Uning ta’limotida ruh tanadan allaqanday mustaqil va alohida mohiyat sifatida refleks bilan bab-barobar tarzda qo‘yilgandir.

XVII asrda fanda va hayotda ratsionalizm hukmron edi. Unga ko‘ra haqqoniy bilimga faqat aql-idrok orqali erishish mumkin. Barcha bilimlarning tajribadan kelib chiqishi haqidagi qoida psixologiya uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Lokkning fikricha, tajribaning ikki manbai bor: biri tashqi sezgi a’zolarining faoliyati ( tashqi tajriba) va ikkinchisi o‘zining xususiy ishini idrok etuvchi aqlning ichki faoliyati (ichki tajriba)dir. kishi xech qanday g‘oyalarga ega bo‘lmagan holda dunyoga keladi. Uning ruhi - "toza taxta"bo‘lib, keyinchalik unga tajriba yozuvlari bitiladi. Tajriba oddiy va murakkab g‘oyalardan tarkib topadi. Bu g‘oyalar yo sezgilardan, yo ichki idrok (refleksiya) lardan hosil bo‘ladi. Ikkinchi holda ong real narsalarga emas, balki o‘z xususiy mahsuliga yo‘naltirilib, o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qoladi. Lokkning refleksiya ta’limoti (refleks tushunchasi bilan aralashtirib yurmaslik kerak) kishi psixologik faktlarni fizika faktlaridan farqli o‘laroq introspektiv tarzda bilib oladi, degan taxminga asoslangan edi.

Materialistlar Gartli (1705-1757) bosh bo‘lgan ingliz, Didro (1713-1784) bosh bo‘lgan fransuz, A.Radishchev (1748-1802) bosh bo‘lgan rus materialistlari olamni bilishda tashqi tajribani asos qilib olib, inson psixikasining ichki mazmuni asosida odamning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabati yotadi degan edilar. Idealistlar (Berkli boshchiligida) bu mohiyatni birlamchi va hech narsadan kelib chiqmaydi deb e’lon qilishdi. kishining murakkab psixik faoliyati qay tariqa alohida g‘oyalardan tarkib topadi, Lokkdan keyin g‘oyalar assotsiatsiyasi (bog‘lanishi) qonuni psixologiyaning asosiy qonuni deb hisoblanadi, degan fikr o‘rnashib qolgan edi. Assotsianizm psixologiyada hukmron yo‘nalish bo‘lib qoldi.Assotsianizmda ham ikki yo‘nalish - materialistik va idealistik yo‘nalishlar bir-biriga qarama-qarshi edi.




Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish