Ózbekston Respublikası qishloq XójaligI vazirligi toshkent davlat agrar universiteti



Download 354,09 Kb.
bet3/30
Sana31.12.2021
Hajmi354,09 Kb.
#234354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Бино ва иншоотлар ОМК

Mustaqil órganish uchun savollar.

1. «Kadastr» sózi kishilik jamiyatiga qachon kirib kelgan va bu sóz oldinlari nimani anglatgan?

2. Kadastr, ya`ni er kadastri uchun xaritalar yaratish amaliyoti qachon belgilangan?

3. Rossiyadagi chegaralash ishlari bilan er kadastri tadbirlari Órtasida qanday boǵliklik mavjud?

4. Kadastr bóyicha butun danyoda yuritilayotgan tadbirlar qanday hususiyatlarga ega?

5. Ózining mohiyati bóyicha kadastr qanday toifalarga bólinadi?



2-mavzu. Binolar va inshootlar davlat kadastri faniniig maqsadi va Vazifalari
Binolar va inshootlar davlat kadastri davlat xokimiyati va boshk;aruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni Binolar va inshootlar davlat kadastri obektlari tugrisidagi ishonchli ma`lumotlar bilan ta`minlash uchun muljallangan. Binolar va inshootlar davlat kadastri Ózbekistan Respublikasida Davlat kadastrlari yagona tizimi va binolar va inshootlarning yagona davlat xisobini yaratish hamda uning yuritilishini tashkil kilishni ta`minlash maksadida yuritiladi.

Binolar va inshootlar davlat kadastri hududiy prinsip bóyicha tashkil etiladi va bu obektlarning huquqiy, xójalik va arxitektura-qurilish maqomi tóǵrisidagi ma`lumotlar tizimini mujassamlashtiradi.

Binolar va inshootlar davlat kadastri binolar va inshootlardan samarali foydalanishni va ularni muhofaza qilishni, mulk egalarining va bu obektlardan boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini, shuningdek binolar va inshootlarga egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat róyxatidan ótkazilishini (keyingi órinlarda binolar va inshootlarni davlat róyxatidan ótkazish deb ataladi) ta`minlash uchun yuritiladi.

Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bóyicha munosabatlar Ózbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi tóǵrisidagi nizom bilan tartibga solinadi. Davlat shaharsozlik kadastrini, davlat er kadastrini, foydali qazilma konlari davlat kadastrini, kóp yillik ósimliklar davlat kadastrini yuritish bóyicha munosabatlar boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Binolar va inshootlar davlat kadastri ma`lumotlari barcha davlat-organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy yuridik kuchga egadir. Kadastr hujjatlari binolar va inshootlar bilan fuqarolik-huquqiy bitishuvlarni amalga oshirishda, ularni soliqqa tortishda, loyihalashtirishda va boshqa yuridik harakatlarda huquqiy, iqtisodiy va texnik ma`lumotlar sifatida qabul qilinishi kerak.

Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bu ob`ektlar tóǵrisidagi kadastr ma`lumotlarini shakllantirishdagi ishonchli hujjatlar va boshqa ma`lumotlardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Binolar va inshootlar tóǵrisidagi kadastr ma`lumotlari mulk egalari, ularga ashyoviy huquqlarga ega bólgan shaxslar, uchinchi shaxslar, davlat róyxatidan ótkazuvchi órgan va boshqa davlat órganlari tomonidan sudda talashilishi mumkin.

Binolar va inshootlar davlat róyxatidan ótkazuvchi shaxslar davlat róyxatidan ótkazishda qonun buzilishlarini ochgan taqdirda, bu haqda tegishli davlat órganlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokuraturaga xabar berishga majburdirlar.

Mulk egasi bólgan binolar va inshootlarga ashyoviy huquqlarga ega bólgan yuridik va jismoniy shaxslar ularga tegishli binolar va inshootlar davlat róyxatidan ótkazilganligi tóǵrisidagi hujjatlarga ega bólishlari shart


Bino va inshootni davlat róyxatidan ótkazish majburiyati mulk egasiga yoxud bino yoki inshootga ashyoviy huquqlarga ega bólgan shaxsga yuklanadi. Ular bino yoki inshootni davlat róyxatidan ótkazish bóyicha barcha yoki ayrim majburiyatlarini uchinchi shaxslarga yuklashlari mumkin. Bu huquqlarni va majburiyatlarni róyobga chiqarish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 2 iyundagi 278-soni qarori tasdiqlangan Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi tóǵrisidagi nizomning
7-bandida kórsatib ótilgan shaxslar yoki ular tomonidan vakil qilingan shaxs mulkka egalik huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar paydo bólgan, ózgargan, tóxtatilgan yoxud bino yoki inshootning huquqiy holati ózgargan paytdan boshlab bir oy muddatda shahar, tuman hududidagi davlat róyxatidan ótkazuvchi órganlarga ularni binolar va inshootlar kadastr, reestr daftarida róyxatdan ótkazish uchun hujjatlarni taqdim etishga majburdirlar.

Binolar va inshootlar meros qilib olingan taqdirda binolar va inshootlarga egalik huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar merosxórga yoki davlatga qonunchilikda belgilangan tartibda ótgandan keyin davlat róyxatidan ótkaziladi.

Binlar va inshootlar davlat kadastrini tashkil etish va yuritish tuman, shahar er resurslari va davlat kadastri bólimiga yuklanadi. Binolar va inshootlar davlat kadstrini yurituvchi organlar kadastr hujjatlarini va kadastr ma`lumotlarini ruxsatsiz olish va oshkor etishdan himoya qilinishini ta`minlashlari shart.

Binolar va inshootlar davlat róyxatidan ótkazishni, kadastr ma`lumotlarini, ayrim ob`ektlar bóyicha ma`lumotlar tayyorlashni róyxatdan ótkazuvchi organlarning faqat vakolat berilgan xodimlariamalga oshirishlari mumkin.

Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bóyicha ishlar binolar va inshootlarni davlat róyxatidan ótkazganlik uchun undiriladigan mablaǵlar va boshqa manbalar hisobidan mablaǵ bilan ta`minlanadi.

Binolar va inshootlar egalik huquqi yoxud boshqa ashyoviy huquqlar paydo bólganligini, boshqa shaxsga ótganligini davlat róyxatidan ótkazganlik uchun yuridik shaxslardan eng kam ish haqining yarmi, jismoniy shaxslardan óndan bir qismi miqdorida tólov undiriladi. Egalik huquqi yoxud boshqa ashyoviy huquqlar subektini ózgartirmagan holda obektning huquqiy holati ózgarganda kórsatib ótilgan summalarning yarmi undiriladi.

Davlat mulki bólgan obektlar bóyicha davlat kadastrini yuritish ishlari davlat byudjeti hisobidan mablaǵ bilan ta`minlanadi.

Binolar va inshootlarga egalik huquqini yoxud boshqa ashyoviy huquqlar tóxtatilganligini yoxud ularning cheklanganligini davlat róyxatidan ótkazganlik uchun tólov undirilmaydi.





Download 354,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish