2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat falsafasi. Reja: 1



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/39
Sana01.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#722226
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Bog'liq
2 - mavzu boyicha maruza matni

o‘z-o‘zini inkor etish tamoyili 
nihoyatda muhim. 
Bunda 
vorislik — e
skining inkori va
 
yangilikning shakllanishi sifatida namoyon bo‘ladi. Ana shu 
jarayonlarning doimiy takrorlanishi 
inkorni ipkor qonunini 
mohiyatini bildiradi. 
Mazkur qonunga muvofiq obektiv voqeliqdagi narsa va hodisalarning rivojlanishi 
jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilinishi ro‘y beradi. Biroq, aksariyat hollarda, eskilik 
butunligicha inkor qilinmaydi, undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi. 
Inkor 
tushunchasi kundalik ongda «yo‘q», so‘zi bilan qo‘shilib keladi, inkor qilmoq — 
«yo‘q» demakdir, biror narsani rad etmoqdir. Lekin dialektikada inkor kundalik ongda 
ishlatiladgan tushunchadan farq qiladi. Dialektikada inkor qilish to‘g‘ridan- to‘g‘ri «yo‘q» degani 
emas, yani narsani mavjud emas, deb elon qilmoq yoki uni har qanday usul bilan yo‘qotib 
tashlamoq emas. 
Inkorni dialektik tushunish 
yangining eski bilan oddiy almashuvi bo‘lmasdan, balki 
eskining bag‘rida vujudga kelib, undan foydalanib, qaror topishini tan olishdir. Dialektik 
inkorning muhim ikki jihati mavjud: birinchisi, eskining o‘rniga yangining kelishi tabiiy-tarixiy 
jarayon bo‘lganligi uchun taraqqiyotning muhim sharti hisoblansa; ikkinchisi, birinchi eski bilan 
vorisiy bog‘liq ekanligini ham ifodalaydi. 
Inkorni inkor qonunini tushunish uchun uni nega shunday atalishini izohlamoq lozim. 
Falsafaning bu ta’limotini ikki marta takrorlanuvchi inkorda ifodalanishi olamdagi narsa va 
hodisalarning doimiy ravishda o‘zgarib, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib borishi va oqibatda, 
rivojlanish yo‘lida ekanligidan kelib chiqadi. 
Bu qonunga ko‘ra, har bir mavjud bo‘lgan narsa va hodisalargacha bo‘lgan sifat va miqdor 
inkor etilishining mahsuli, shy bilan birga, ana shu narsa va hodisalarning o‘zi ham sharoitining 
o‘zgarishi, vaqtining o‘tishi bilan inkor etilishga mahkumdir. Demak, har bir narsa va hodisaning 
o‘zgarishi va rivojlanishi hamisha ikki va undan ko‘proq inkor etishlar bilan amalga oshadi. 
Insoniyat tarixi — avlodlar almashinuvi tarixidir, deyilganida ham ana shunday hol nazarda 
tutiladi. 
Inkorni inkorning yana bir muhim belgisi shuki, taraqqiyotdagi davriylikning muayyan 
halqasida, yani navbatdagi inkor bosqichida uning oldingi bosqichidagi bazi belgilar 
miqdorlanadi. Masalan, don o‘simliqdan yana donlarga aylanadi, keyinroq yana o‘simlikka va 


hokazo. 
Inkorni inkorning amal qilishi tufayli taraqqiyot to‘g‘ri chiziq shaklida emas, doira shaklida 
bo‘ladi, uning oxirgi nuqtasi boshlang‘ich nuqtaga yaqinlashadi. Lekin bu yaqinlashuv uning 
oxirgi nuqta bilan tutashishi bo‘lmasdan, balki yuqori bosqichda sodir bo‘lishi sababli taraqqiyot 
spiral shaklga ega buladi. Bu spiralning har bir yangi o‘rami oldingi o‘ramiga nisbatan yuqoriroq 
bosqichda yuzaga keladi. 
Dialekgak inkor yangi bilan eski o‘rgasidagi bog‘lanishni Butkul rad qiladi, deb 
tushunmaslik kerak. YAngi qanchalik ilg‘or bo‘lmasin, u yo‘q joydan paydo bo‘lmaydi, balki 
eskining qobig‘ida asta-sekin shakllanadi. SHuning uchun ham ko‘p hollarda eskidan yangiga 
o‘tilayotganda eski butunlay tashlab yuborilmaydi, SHuning ijobiy tomonlari saqlanib qoladi va 
rivojlanish davom ettiriladi. Demak, yangi bilan eski o‘rtasida vorislik mavjuddir. Inkorni inkor 
qonuni taraqqiyotda vorislik va o‘zgaruvchanlikning birligini tavsiflaydi. Dialektik inkorning 
muhim xususiyati ana shundan iborat. 
Inkorni inkor qonuni mustaqillik va bozor iqtisodiyoti jarayonida ro‘y berayotgan hodisalar 
mohiyatini ilmiy anglashda katta ahamiyat kasb etadi. YAngi jamiyatni barpo etishga qaratilgan 
o‘zgarishlar hamma narsani butunlay yo‘q qilishni bildirmaydi. Aksincha, bu — xalqimiz 
taraqqiyoti jarayonida erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, manaviy yutuqlarni saqlab qolib, 
ularni yanada boyitib, rivojlantirishdan iboratdir. Mazkur jarayonning asosiy tamoyili yangisini 
qurmasdan, eskini buzmaslik lozimligi to‘g‘risidagi xulosada yaqqol o‘z asosini topgan. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish