2-mavzu. Yo‘l qurilish ishlarini tashqil qilishning asosiy xususiyatlari. Reja



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/17
Sana12.04.2022
Hajmi0,9 Mb.
#546742
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2-Mavzu-1

108-rasm. Xususiy potoklarning so‘tka davomidagi ishi davomiyligi 
grafigi: 
1- yorug kun davomiyligi; 2 - sement-beton koplamani qurish bo‘yicha smena davomiyligi; 3 
sement-grunt asosni qurish bo‘yicha smena davomiyligi. 
Bu operatsiyalarda ishlar davomiyligi bir yarim yillik yoz oylarida (may - 
avgust) tegishlicha so‘tkasiga 13,6 va 14,3 soatga etdi (bu paytda yorug kun 
davomiyligi 15 soatni tashqil kilgan). 
Yo‘l to‘shamai qurilishi sur’ati uzgarmasdan so‘tkasiga 830 metrni tashqil 
kilgani sababli, sement-beton va sement-grunt korishmalarini kuyishda 
smenalarning ko‘p aytirilishi DS-110 jamlamasi unumdorligining o‘rtacha 9 foizga 
kamayishiga oib keldi. Birok bu samosvalga maksimal extiyojning kamayishi, ya’ni 
mashina parkining 1,5 baravarga kiskarishi xisobga koplandi. 
Avtomobil transportiga extiyoj epyurasini tekislash, birinchi varinatda bo‘lganidek, 
qumni ob’ekt oldidagi omborlar va zavodlarga tashish xisobiga amalga oshirildi. 
Kuz va bahor paytlarida qum qattiq koplamali mavjud yo‘ldan ABZ va SBZga 
etkaziladi. 
Optimal kalendar grafikni (qurilish muddatlari va odamlar va texnikadan 
samarali foydalanish 
bo‘yicha ) faqatvariantli loyihalashtirish asosida tuzish 
mumkin. Masalan, grunt ishlarini bajarish ketma-ketligining, yo‘l to‘shamai 
qurilishi bo‘yicha potok yo‘nalishining, chiziqdi binolar va inshootlar qurilishining 
turli variantlarini kurib chiqish mumkin. Koplamani qurishda samosvallarga extiyoj 
epyurisini tekislashga SBZni kayta bazalashtirish xisobiga, asos qurilishida esa - 
muayyan hajmdagi sement-grunt korishmasini karerda emas, balki bevosita yo‘lning 
o‘zida tayyorlash hisobiga erishish mumkin.
Yo‘l qurilishi jarayonlari juda murakkabdir. To‘g‘ri karorlar qilish uchun 
zarur axborot hajmi ko‘p ayib boradi. Bunda xar qanday axborot emas, balki uz 
vaqtida beriladigan, xal qiluvchi axamiyatga ega bo‘lgan, raxbariyat e’tiboriga 
molik axborot kerak. Raxbariyatni butun axborot oqimini shaxsan taxlil qilishdan va 
uning asosida ayni paytda rejani bajarish uchun zarur bo‘lgan asosiy vokea-
xodisalarni ajratishdan ozod kila oladigan tizimga zarurat paydo bo‘ladi. Ko‘p incha 
bunday tizim bo‘lmagan da e’tibor asosiy vokealarga emas, balki ikkinchi darajali 
holatlarga karatiladi, natijada qurilishda yashirin shaklda oksashlar ko‘p aya boradi, 
ular esa ishlar barcha zarur vositalar bilan ta’minlangan sharoitda xam rejaning 
bajarilmasligiga olib kelishi mumkin. 


SHunday usul kerakki, uning yordamida qurilishni samarali rejalashtirish va 
boshqarish mumkin bulsin. Tarmokli rejalashtirish va boshqarish usullari bunday 
talablarga javob beradi, ularda asosiy dasturilamal hujjat tarmokli grafik 
xisoblanadi. 
109-rasm. Ish mehnat qilish jarayoni bo‘lib, mehnat xarajatlarini, resurslarni, hajmni talab 
qiladi. 
Ish tushunchasiga ko‘tish jarayoni, ya’ni tarmokdi grafik kurilayotgan 
ob’ektning grafik modeli bo‘lib, u barcha ishlarni texnologik alokada va uzaro 
bog‘liqlikda ifodalaydi. Grafik masshtabsiz strelkalar bilan birlashtirilgan 
rakamlangan doirachalar ko‘rinishiga ega (6.16-rasm). Uzluksiz chiziqlar bilan 
chizilgan strelkalar odamlar va mashinalar ishini shuningdek, texnologiya bo‘yicha
oldingi ishlar bilan bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Doirachalar keyingi ishlarni boshlash 
uchun zarur natijani ifodalaydi. Bu natija vokea deb ataladi. U guyoki ishlarni 
"biriktirish" xususiyatiga ega. Barcha strelkalar - ishlar - bitta tomonga (oxirgi 
vokeaga) karatilgan xamda zanjir, yoki yo‘lni xosil qiladi. SHunday qilib, tarmokdi 
grafik asosiy uchta elementdan iborat. Bular: ish, vokea, yo‘l. mednat xarajatlarini, 
resurslarni talab kilmaydigan, birok vaqtni oladigan jarayon xam kiritiladi, masalan, 
betonning kotishini ko‘tish grafikda uzluksiz strelka bilan belgilanadi va ko‘tish 
vaqti ko‘rsatiladi. "Mantikiy aloqa", yoki "fiktiv ish", ya’ni xech qanday xarajatlarni, 
vaqtni talab kilmaydigan jarayon xam shu erga kiritiladi, u punktir chiziq bilan 
belgilanadi. Ishlar davomiyligi t xarfi bilan belgilanadi. Grafikda ishni bajarish 
uchun zarur vaqt (so‘tkalarda yoki smenalarda) strelka tagida ko‘rsatiladi. 
Vokea - bitta yoki bir nechta ishlarni bajarish natijasi. Bu jarayon emas, shuning 
uchun vaqt davomiyligiga ega emas. Vokeaga kirgan barcha ishlar bajarib bulingan 
bo‘lsa, vokea yuz bergan xisoblanadi. Tarmokdi grafik boshida turgan, birorta xam 
ish kiritilmagan vokea dastlabki vokea xisoblanadi; grafikning oxirida turgan, undan 
birorta xam ish chikmaydigan vokea yakunlovchi vokea deb ataladi. Grafikda vokea 
doiracha bilan belgilanadi, uning ichiga tartib rakami yoki kod yoziladi. 
To‘liq yo‘l - tarmokning dastlabki vokeasidan boshlanadigan va yakunlovchi 
vokeada tugaydigan uzluksiz ketma-ketlikdagi ishlar yigindisi. To‘liq yo‘l 
davomiyligi tj bilan belgilanadi. Qurilish grafigida (6.16- rasmga karang) turtta 
to‘liq yo‘l bo‘lib, ularning xar biri davomiyligi quyidagicha: 
0, 1,2, 6,9 = 3+3+3+4= 13; 
0, 1,4, 5, 7,9 = 3+2+6+8=19; 
0, 1, 2, 3, 5, 7, 9 = 3+3+2+6+8=22; 
0, 1,8,9 = 3+3+4=10. 
Yo‘llarni solishtirganda ularning eng uzuni aniklanadi. Mazkur holda bu t
1
0, 
1, 2, 3, 5, 7, 9 bo‘lib, u 22 kunga teng. Bunday yo‘l kritik deb ataladi va t
Kp
deb 
belgilanadi. Kritik yo‘l grafikda tuk chiziq bilan, bo‘tun grafik kaysi rangda 


chizilgan bo‘lsa, usha rangda yoki kizil chiziq bilan ko‘rsatiladi. 
Kritik yo‘l operativ tarzda ob’ektiv usullarda aniklanadi (EXM yordamida). U 
qurilishning xdkikatdagi axvoliga bog‘liq; bo‘lib, ishlarni boshqarish uchun zarur 
bo‘lgan eng muham axborot xisoblanadi. Mazkur vaqt davomida kritik yo‘ldagi 
ishlarni bilgan holda, mavjud resurslar va imkoniyatlar chegarasida e’tiborni shu 
ishlarga jamlash va xavfli oksashlarga yo‘l ko‘ymaslik mumkin. Bunda qurilishning 
kundalik boshqaruvchi hujjati hisoblanmish tarmok grafigini o‘zgartirishga xojat 
bulmaydi. 
Tarmok usulining asosiy afzalliklari: 
loyihalashtirish va ishlab chiqarish ishlari davomida rejalashtirish, ishlarni tashqil 
etish va nazorat qilish borasida qabul qilinadigan karorlar ob’ektiv asosga ega 
bo‘ladi, bu esa rejaning bajarilishi ko‘rsatkichlarini ancha jiddiy (15-30%ga) 
yaxshilash imkonini beradi, ya’ni qurilishda ritmiklik, katiylik va ishchanlik muxiti 
mustahkamlanadi; 
-
boshqaruv oksayotgan zvenolarni doim tortib turish asosida emas, balki 
nosozliklarni oldini olish yo‘li bilan amalga oshiriladi; 
-
Tarmokli rejalashtirish va boshqarish (TRB) usuli ishlarning umumiy 
davomiyligini xamda vaqt rezerviga ega bo‘lgan ishlarni aniklash imkonini beradi; 
tegishlicha, raxbarlar bo‘tun dikkat-e’tiborni va kuchni kritik yo‘ldagi ishlarga 
karatishlari mumkin; 
-
bunday usul ishlarni amalga oshirish loyihalarini to‘zib chiqish sifatini oshiradi, 
chunki tarmok grafiklarini tuzishda eng malakali ijrochilar - bevosta ob’ekt 
quruvchilari: ustalar, brigadirlar, yo‘l qurilishi boshqarmalarining boshliklari va 
bosh muhandislari ishtirok etadi; xar bir mutahassisning mas’uliyati va javobgarligi 
aniklashtiriladi; 
-
usul jarayon xakida anik tasavvur beradi; 
-
qurilishning borishi xakidagi axborot muntazam, uz vaqtida va talab etilgan 
miqdorlarda tushib turadi, bu esa rperativ nazoratning eng munosib tarzda tashqil 
etilishini ta’minlaydi. Natijada xar bir axborot asosida kritik yo‘lning yangi xrlati 
aniklanadi yoki oldingisi tasdiklanadi, kritik yo‘lga tushmagan barcha ishlar 
bo‘yicha vaqt zaxirasi ko‘rsatiladi. 
Bularning xamma si raxbarlarning okilona boshqaruv ishlarini olib borishlari uchun 
kulay imkoniyat yaratadi, ular yo‘l qurilishini nafaqatuz tajribasi, vijdoni va 
intuitsiyasi asosida, balki hisob-kitob usullari, tashqiliy tadbirlar va nazorat uslublari 
majmuasidan iborat tizim asosida boshqaradilar. 
TRB usulining kamchiliqlariga quyidagilarni kiritish mumkin: rejalashtirish, 
tashqil etish va nazorat qilishning tarmok usullari, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini 
yaxshilash imkonini bersada, vazifani ishlab chiqarishning barcha sharoitlarini 
hisobga oladigan kat’iy matematik bog‘liqliklar asosida optimal xal qilishni 
ta’minlamaydi; katta hajmdagi ishlarda va murakkab ob’ektlarda tarmok grafiklari 
ishlarni tashqil qilish, quvvatlarni va vositalarni joylashtirishning yakkol kurgazmali 
sxemasi bula olmaydi. Birok bu kamchiliqlar jiddiy emas. Birinchi aytilgan 
kamchiliq usulning mukammal emasligini, uni kaysi yo‘nalishda rivojlantirish 
kerakligi, xususan, yo‘l qurilishini tashqil qilish yo‘llarini ko‘rsatadi. Ikkinchi 
kamchiliq tarmok grafiklarini ishlab chiqishda bartaraf etilishi mumkin. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish