3 i-bob monopoliya


Bozorni qamrab olish darajasiga ko`ra



Download 256,5 Kb.
bet4/15
Sana24.06.2022
Hajmi256,5 Kb.
#699984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
8.Monopoliya, uning turlari va xususiyatlari

1.2 Bozorni qamrab olish darajasiga ko`ra
monopoliyaning turlari
Monopoliyalarningx mohiyatini ochib berishda uning turlarini ko'rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. xMonopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga ko'ra ajratish mumkin:
Bozorni qamrab olish darajasiga ko'ra:sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya. Sofmonopoliya — biror bir tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. O'zbekistonda sof monopoliyalar sifatida «O'zbekiston havo yo'llari» DAK, «0'zbekiston temir vo'llari» DAK, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini misol qilib keltirish mumkin. Albatta, ular o'z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar.Shuningdekxba'zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko'payib borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab bo'Iadi. xMonopolistik raqobat — tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko'p hamda ular o'rtasida ma'Ium darajada raqobat mavjud bo'lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o'z tovar yoki xizmat ining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma'Ium darajada hukmronlik holati hisoblanadi. Shunga misol tariqasida ko'plab mebel, kiyim-kechak turlari, kir yuvish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni keltirish xmumkin. 
Oligopoliya – biron bir tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonda sement (asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko‘mir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg‘un) va Boysun (To‘da) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni, telefon aloqa kompaniyalarini misol keltirish mumkin.
Oligopoliya so‘zi grekcha so`zdan olingan bo‘lib (oligos - bir necha, poleo - sotaman) sotuvchilarning kamligini bildiradi. Oligopol tarmoqlarga misol sifatida rivojlangan mamlakatlardagi avtomobil sanoati, po‘lat, alyumin, elektrouskunalar va kompyuter tarmoqlarini keltirish mumkin. Shu tarmoqlarda ishlab chiqariladigan umumiy mahsulot hajmi bir necha firmalar hissasiga to’g’ri keladi. Misol qilib, Microsoft kompaniyasining prezidenti Bill Geyts oligopoliya maqomini yo‘qotmaslik uchun o‘zining raqobatchilarini doimiy ravishda moliyalashtirib turadi, chunki u bozorda monopol bo‘lib qolsa, davlatga juda katta soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashi kerak.xBazidax, oligopol iqtisodda va bozorda 2 tadan 15 tagacha bo‘lgan kompaniyalar bozordagi barcha talabni qondiradi.
Oligopol bozorning asosiy xususiyatlaridan biri bu biror bir firma faoliyatidagi o‘zgarish, albatta boshqa xuddi shunday tovar ishlab chiqarayotgan firmaga ta’sir o‘tkazishidadir. Ikkinchi firma raqobatda sinib qolmaslik uchun birinchi firma o‘zgarishiga javoban albatta biror o‘zgarish qilishi kerak. Bu o‘zgarish narxda, sotuv xajmida, bozordagi ulushida, investision va innovasion faoliyatda, xarajatlarni qisqatirish strategiyasida yoki sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatishni yaxshilab borishda namoyon bo‘lishi mumkin. Masalanx, bir firma o‘z mahsulotiga talabni rag’batlantirish uchun mahsulotining narxini 10 foizga kamaytirsa, u asosan raqobatlashuvchi firmalar hisobidan o‘z mahsulotini sotish hajmini anchaga oshirishi mumkin. xLekinx firmaning bu narx siyosatiga javoban boshqa raqobatlashuvchi firmalar har xil iqtisodiy siyosat olib borishi mumkin.
Narxlar janggi - bu raqobatlashadigan firmalar tomonidan oligopolik bozorda narxlarni bosqichma-bosqich tushirishidir.Oligopol xbozorda ishlab chiqarilayotgan tovar bir turdagi diversifikatsiyalashgan bo‘lishi mumkin. Agarda iste’molchilar biron bir firma savdo belgisiga alohida e’tibor qaratmasalar, bozordagi aksariyat tovarlar absolyut o‘rnini bosuvchi tovarlar bo‘lsa, bu bozor sof yoki bir turdagi oligopoliya bozori hisoblanadi.Shunday bozorlarga misol sifatida sement, alyuminiy, qog‘oz, kimyo mahsulotlari bozorini keltirish mumkin.Agardax tovarlar o‘z savdo belgisi bo‘yicha yuqori mavqega ega bo‘lsa va ularning absolyut o‘rnini bosuvchi tovarlari bo‘lmasa (ba’zi bir elementlariga ko‘ra), unda bu bozor differensiallashgan oligopoliya bozori deyiladi. xBu bozorga misol qilib, avtomobil, kompyuter, televizor, alkogolsiz ichimliklar bozorini keltirish mumkin.Oligopol bozor xsharoitida narxlarga ta’sir ko‘rsatish va bozordagi xokimlik darajasinisbatan yuqoridir. Lekin amaliyotda oligopoliyalar narx raqobatidan qochib, stabil narxlarni ushlab turishga xarakat qiladilar.

Download 256,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish