Andijon mashinasozlik instituti «avtomatika va elektrotexnika» fakulteti «axborot texnologiy


Yordamchi protokollar va TCP/IP stek vositalari



Download 21,45 Mb.
bet67/201
Sana31.12.2021
Hajmi21,45 Mb.
#209604
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   201
Bog'liq
КТТ

6.Yordamchi protokollar va TCP/IP stek vositalari.

Yordamchi protokollar va TCP/IP stek vositalarining asosiy maqsadi ilovalar, malumotlar, printerlar va modemlar kabi lokal resurslardan birgalikda foydalanishni taъminlab berish hisoblanadi. Bo’limlar tarmoqlari tarkibida bitta yeki ikkita fayl server va 30 ga yaqin foydalanuvchilarga ega bo’lib, odatda ular tarmoq osti tarmoqlariga bo’linmaydilar. Bunday tarmoqlarda korxona trafigining kattagina qismi aylanib yuradi. Odatda yordamchi protokollar va TCP/IP stek vositalari yoki shu oilaga mansub bir necha texnologiyalar Ethernet, Fast Ethernet, ba’zi xollarda Gigabit Ethernet asosida quriladi. Bunday tarmoqlarda asosan bitta yoki ko’pi bilan ikki xil operatsion tizmlardan foydalaniladi. (12-rasm)



12- rasm. Bo’lim masshtabidagi tarmoqqa misol.

Yordamchi protokollarida adminastratsiyalash masalalari ancha oson hisoblanadi: unda yangi foydalanuvchilarni qo’shish yoki hisobga olish, oddiy buzilishlarni bartaraf etish, yangi bog’lamalarni va programma taъminotining yangi versiyalarini o’rnatish kerak bo’ladi. O’z ish vaqtining bir qismidagina administrator vazifasini bajaruvchi biron-bir xodim, bunday tarmoqni boshqarishi mumkin bo’ladi. Ya’ni bunday tarmoq administrator vazifasini ko’p xollarda maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmagan xodim ham bajarishi mumkin bo’ladi.

Biron – bir yo’naltirish protokollari bo’limning tarmog’i, bino yoki kampus tarmog’i tarkibiga kirgan tarmoq ham bo’lishi mumkin, yoki korxonaning uzoqda joylashgan ofisi tarmog’i ham bo’lishi mumkin. Birinchi holda bo’lim tarmog’i bino yoki kampus tarmog’iga biron – bir lokal tarmoq texnologiyasi yordamida ulanadi. Ikkinchi holda esa uzoqdagi ofis tarmog’ini korxona korporativ tarmog’i magistraliga ulash uchun biron-bir WAN – texnologiyasidan, masalan Frame Relay texnologiyasidan foydalanishga to’g’ri keladi.

Bino tarmog’i–bitta korxonaning har-xil bo’limlarini bitta bino chegarasida birlashtiradi. Kampus tarmog’i esa, bir- necha kvadrat kilometrli xududni egallagan bir nechta binolardagi tarmoqlarni birlashtiradi. Odatda bino (yoki kampus) tarmog’i Gigabit Ethernet asosida qurilgan o’z magistraliga ega bo’lgan, ierarxik tuzilishdagi tarmoq ko’rinishida bo’ladi. Magistralь orqali bir-biriga ulanadigan bo’limlar tarmoqlarini qurishda esa Fast Ethernet yoki Ethernet texnologiyalaridan foydalaniladi.

13- rasm. Kampus tarmog’iga misol.

Yordamchi protokollar va TCP/IP stek vositalari deyarli har-doim uzib-ulanadigan axborot uzatish muxitiga ega bo’ladi, bu texnologiyaning axborot uzatish muhitidan birgalikda foydalaniladigan varianti ham mavjud.

Bunday tarmoqlardagi xizmatlarga asosan, bo’limlar tarmoqlarini birgalikda ishlashini ta’minlash, korxonaning umumiy malumotlar bazasiga ulanishni ta’minlash, umumiy faks-serverlarga, yuqori tezlikli modemlarga va printerlarga ulanish kabi xizmatlarni amalga oshiradi. Kampus tarmoqlari tomonidan ko’rsatiladigan hizmatlarning eng muhimi bo’lib, korxonaning malumotlar bazasi qaysi, kompyuterda joylashganligidan qatъiy nazar, ularga ulana olish xizmati hisoblanadi. Aynan kampus tarmoqlari sathida har-xil turdagi apparat va dasturiy ta’minotini birgalikda ishlashini ta’minlash muammolari paydo bo’ladi.

Bo’limlarda ishlatiladigan kompyuterlar, tarmoq operatsion tizmlari va tarmoq apparat taъminoti bir-biridan farq qilishi mumkin. Shu sababli kampus tarmog’ini boshqarish anchagina murakkab jarayonga aylanadi. Kampus tarkibiga kirgan bo’limlar tarmoqlari bir-biridan mustaqil holda ish yuritganligi va har-xil texnologiyalar asosida qurilganligi sababli, ularni birlashtirish uchun odatda IP-texnologiyadan foydalanishga to’g’ri keladi.

Korxona masshtabidagi yordamchi protokollar va TCP/IP stek vositalarda yoki korporativ tarmoqlarda, birinchi o’ringa axborot xizmatlari qo’yilganligi bilan, ular boshqa xil tarmoqlardan farqlanadilar. Korporativ tarmoqlar faqatgina transport xizmatlarini ko’rsatish bilangina cheklana olmaydi. Korporativ tarmoqning, xususiyatlaridan yana biri, bu uning anchagina katta-katta xududlarni qamrab olishning mumkinligidir. Bo’lim yoki bino masshtabidagi tarmoqni kamdan-kam hollarda korporativ tarmoq deb ataladi. Odatda “korporativ” degan nom, tarkibida, boshqa-boshqa shaharlarda joylashgan va global ulanish chiziqlari orqali ulangan. Ko’pgina binolar va bo’limlar masshtablaridagi tarmoqlari bo’lgan tarmoqqa nisbatan qo’llaniladi.

Yordamchi protokollar va TCP/IP stek vositalaridagi foydalanuvchilar va kompyuterlar soni bir, ikki, uch mingtaga, serverlar soni esa bir, ikki, uch yuztaga ham yetishi mumkin bo’ladi, alohida xududlarning tarmoqlari orasidagi masofalar esa, ancha katta bo’lib, ular o’rtasida axborot uzatishda global aloqalardan foydalanish zarur bo’lib qoladi.

Uzoqlarda joylashgan lokal tarmoqlarni va alohida kompyuterlarni bog’lash uchun. Korporativ tarmoqda turli xil telekommunikatsion vositalar ham qo’llanilishi mumkin, jumladan magistralь tarmoqlar kanallari, radiokanallar va yo’ldosh aloqa ham. Har-xil shaharlarda, xatto boshqa-boshqa davlvtlar xududlarida filiallari joylashgan korporativ tarmoqlarda, foydalanuvchilar haqidagi malumotlarni olib borish masalasi muhim ahamiyatga ega bo’lgan masalaga aylanadi. Bu masalani xal qilish uchun foydalanuvchilar haqidagi malumotlarni o’zida jamlagan markazlashgan tizim malumotlar bazasini hosil qilib olib undan foydalanishga to’g’ri keladi.



14- rasm. Korxona masshtabidagi korporativ tarmoqqa misol.
Aloqa operatorlari tarmoqlari o’z faoliyatlarini uning xizmatlaridan foydalanuvchilar bilan shartnoma tuzib, tijorat asosida amalga oshiradilar. Aloqa operatorlari bir-birlaridan quyidagi belgilari bilan farq qiladilar:

  1. Ularda ko’rsatilishi mumkin bo’lgan xizmatlarning xillari bilan.

  2. Xizmatlar ko’rsatiladigan xudud chegaralarining qanday ekanligi bilan.

  3. Xizmatlarning qanday mijozlarga mo’ljallanganligi bilan.

  4. Operatorga tegishli bo’lgan infrastruktura bilan, yaъni unda bor bo’lgan aloqa chiziqlari, kommutattsion qurilmalar, axborot servislari va shunga o’xshash vositalarning xillari bilan.

  5. Ma’lum bir xududga qay darajada xizmat ko’rsatishga ega ekanligiga qarab.

Zamonviy aloqa operatorlari, bir necha xil xizmatlar ko’rsatish imkoniyatlariga ega, masalan telefon xizmatlari va internetga ulanish xizmatlari. Unda ko’rsatilishi mumkin bo’lgan xizmatlarni bir nechta satxlarga va guruxlarga ajratish mumkin.

Bir vaqtning o’zida bir necha xizmatlarni ko’rsatish:

- IP telefoniya;

- Xabarlar tarqatishning universal xizmati.

Telefon xizmatlari:


  • So’rovlarga javob berish xizmatlari;

  • Ovozlarni yetkazish pochtasi;

  • Chaqiruvlarni ko’rsatilgan adreslarga yo’naltirish;

  • Ikki abonentni bir-biriga ulash.

Kompyuter tarmoqlari xizmatlari:

  • Axborot portallari

  • Elektron pochta

  • Internetga ulanish

  • LKT (LAN) larni birlashtirish.

Aloqa kanallarini arendaga berish.

Kompyuterlarning va boshqa tarmoq uskunalarining tarmoqdagi birgalikda aloqada bo’lish qoidalari asosida belgilanadi. Bunday qoidalar to’plami protokol deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, malumotlar uzatish protokoli – qoidalar, bitimlar, signallar va protseduralarning rasman qabul qilingan to’plami bo’lib, ikki yoki undan ortiq kompyuterlarning o’zaro axborot almashinuvi doirasini belgilaydi. Barcha satxlar protokollari protokollar stekiga birlashtiriladilar. OSI modelida protokollar steki bir satxning 7 turli protokollarini o’z ichiga oladi.

Yordamchi protokollar va TCP/IP stek vositalarining asosiy vazifasi tarmoqda malumotlar uzatishdan iborat. TCP/IP protokolida kompyuterlar maxsus raqamlardan iborat manzilga ega bo’lib bu manzil IP manzil dasturi tomonidan beriladi.

Bundan tashqari kompyuterning MAC manzili xam mavjud bo’lib bu manzil o’zgarmas hisoblanadi va manzil sifatida tarmoq kartasining maxsus kodi olinadi.

IP manzilni o’zgartirish imkoniyati mavjud. MAC manzilda IP manzillar uchun 4 bayt joy ajratiladi va u quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin 109.26.17.100.

IP manzilning guruxi tarmoq adminstratori tomonidan o’rnatiladi. IP manzilning oxirgi 2 ta raqami tarmoq nomerini va kompyuter raqamini bildiradi.

Misol uchun yuqorida keltirilgan IP manzil 17tarmoq nomeri, 100kompyuter raqami.

IP manzillarning 5 ta sinfi mavjud bo’lib, 1-A guruxga manzil nol dan boshlansa IP manzilning ikkilik kodi noldan boshlansa A guruxga tegishli, yaъni 1 dan 126 gacha (0 ishlatilmaydi 127 raqami maxsus maqsadlar uchun rezerf sifatida foydalaniladi).




A gurux

0ccccccc

yyyyyyy

Yyyyyyy

yyyyyyy

B gurux

10cccccc

ccccccc

Yyyyyyy

yyyyyyy

C gurux

10ccccc

ccccccc

Ccccccc

yyyyyyy

D gurux

1110aaaa

aaaaaaaa

Aaaaaaaa

aaaaaaaa

E gurux

11110zzz

zzzzzzzz

Zzzzzzzz

zzzzzzzz

Yuqoridagi rasm IP-manzil sinflari (c- tarmoq raqamiga taaluqli bit, y -tugun raqamiga taaluqli bit, a - multikast guruxi manziliga taaluqli bit, z - zaxiralangan manziliga taaluqli bit).

A guruxida 224 ta yaъni 16777216 tagacha kompyuter bo’lishi mumkin.

Bu yerda s-bit tarmoqka tegishli nomer u u-bit tugunga kompyuterga tegishli nomer a-bit multikast guruxiga kiruvchi nomer z-bit zaxiraga kiruvchi manzil.

Agar tarmoq manzilning 2 lik kodining 1-2 tasi 10 ga teng bo’lsa u xolda IP manzil V guruxga tegishli bo’ladi.

Bunda tarmoq nomeri va tugun nomeri uchun 16 bit joy ajratiladi. B guruxida 216 ya’ni 65536 gacha kompyuterlar bo’lishi mumkin. Agarda IP manzilning 2 lik kodining 1-3 ta rakami 110 bo’lsa u holda IP manzil S guruxga tegishli hisoblanadi. Bu holda tarmoq nomeri uchun 24 bit joy ajratiladi. Tugun nomeri uchun 8 bit joy ajratiladi. Bu gurux keng tarqalgan bo’lib, kompyuterlar soni 28 yani 256 gacha bo’lishi mumkin.

Agarda IP manzilning 2 lik kodi 1110 dan boshlansa, u holda manzil D guruxga tegishli xisoblanadi va multikast guruxiga tegishli muxim manzilliligini bildiradi. Bunday guruxdagi IP manzillardan jo’natilayotgan paketda IP manzil D guruxga tegishli bo’lsa u holda paket shu guruxga tegishli barcha kompyuterlarga jo’natiladi.

Agarda IP manzilning 2 lik kodi 11110 dan boshlansa, unda IP manzil E guruxga tegishli hisoblanadi. Bu guruxdagi manzil keyinchalik qo’llash maqsadida zaxiraga olingan hisoblanadi

Internetda manzillar oralig’ini ajratuvchi element tarmoq osti tarmoq deb ataladi. Tarmoq osti tarmoq bu - ko’plab tarmoqlar to’plami bo’lib, boshqa tarmoq osti tarmoqlar bilan kesishmaydi. Bu shuni bildiradiki, tashkilotning tarmog’i kismlarga ajratilgan bo’lib, bularning xar biri tarmoq osti tarmoqlardan tashkil topgan bo’ladi. Xar bir tarmoq osti tarmoq fizik jixatdan lokal tarmoqga mos keladi (misol uchun, Ethernet). Tarmoq osti tarmoq fizik jihatdan tarmoqda kabel uzunligi va kompyuterlar soni cheklanganligi tufayli tashkil qilinadi. Masalan: ingichka Ethernet segmentining maksimal uzunligi 185 metr va 32 tagacha tugunlarni ulash mumkin. Eng kichik tarmog’ S sinfi bo’lib 254 tugundan iborat bo’ladi. Bu natijaga erishish uchun bir nechta fizik segmentlarni birlashtirish zarur. Buni fizik qurilmalar (misol uchun, takrorlagichlar) yordamida yoki shlyuz-mashinalar yordamida amalga oshirish mumkin. Birinchi holatda mantiqiy tarmoq bir butundek ko’ringani uchun tarmoq osti tarmoqga bo’lish shart emas. SHlyuzni ishlatganda tarmoq tarmoq osti tarmoqlarga bo’linadi.

Tarmoqning tarmoq osti tarmoqlarga bo’linishda IP -manzilning kompyuter raqamiga birlashtirilgan qismini ishlatadi. Tarmoq admistratori IP -manzilning bir qismini niqoblashi mumkin va uni tarmoq osti tarmoqlarni raqamlash uchun qo’llashi mumkin. Amalda manzilning ikkiga bo’linish usuli kompyuter manziliga tarmoq osti tarmoqlarga bo’lishni amalga oshiradigan tarmoq IP -manzili tomonidan qo’llanadi.

Tarmoq osti tarmoq niqobi - bu tarmoq osti tarmoq raqamini olish uchun IP -manzilga biriktiriluvchi 4 baytli malumot. Masalan: 255.255.255.0 niqobi V sinf tarmog’ini 254 tarmoq osti tarmoqga, xar biriga 254 tagacha tugun ulash imkonini beradi. Tarmoq osti tarmoqlar nafaqat muammolarni hal etadi balki, bir qator muammolarni ham keltirib chiqaradi. Masalan, manzillarning yo’qolishi sodir bo’ladi. Bu jarayon fizik cheklovlar sababli emas balki, tarmoq osti manzillarini qurish vaqtida yuzaga keladi.

Tarmoqning standart sinflari uchun niqoblar quyidagi qiymatlarga ega:

Sinf A- 11111111. 00000000. 00000000. 00000000 (255.0.0.0);

Sinf B- 11111111. 11111111. 00000000. 00000000 (255.255.0.0);

Sinf C- 11111111. 11111111. 11111111. 00000000 (255.255.255.0).

Xar bir IP-manzilni niqoblab manzillar sinflari atamasidan voz kechish mumkin va manzillashtirish tizimini mustahkamlash mumkin. Misol uchun 185.23.44.206 manzil 128-191 oraliqga tushadi bu manzil V sinfga tegishli. Mos tarzda tarmoq raqami ikkita nol qo’shilgan birinchi ikki bayt - 185.23.0.0 bo’lib, tugun raqami esa - 0.0.44.206 bo’ladi. Agar bu manzilga 255.255.255.0 ko’rinishdagi niqobni qo’llasak, tarmoq osti raqami 185.23.0.0 emas balki 185.23.44.0 bo’ladi.

Niqoblarda tarmoq raqamini chegarasini aniqlovchi birlar soni ketma ketlikda manzilni baytlarga bo’lishni qaytarish uchun 8 likda keltirilgan bo’lishi majburiy emas. Olaylik 129.64.134.5 IP-manzil uchun 255.255.128.0 niqob ko’rsatilgan bo’lsin, bu esa ikkilik ko’rinishda:

IP-manzil 129.64.134.5 – 10000001.01000000.10000110.00000101

Niqob 255.255.128.0 – 1111111.11111111.10000000.00000000

Agar tarmoq raqami chegarasini aniqlash uchun niqob qo’llanilsa, IP-manzilda “joylashtirilgan” niqobdagi 17 ta ketma ket birlar ikkilikdagi tarmoq raqami sifatini aniqlaydi:

10000001.01000000.10000000.00000000 yoki o’nlik ko’rinishda– tarmoq raqami 129.64.128.0, tugun raqami 0.0.6.5.




Download 21,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish