Bitiruv malakaviy ish Mavzu: Erkin Vohidov lirikasi: badiiy mahorat va uslubiy individuallik


Erkin Vohidovday buyuk so‘z san’atkori vaqtning zalvorli g‘ildiragi ta’sirida



Download 155,32 Kb.
bet7/14
Sana21.07.2022
Hajmi155,32 Kb.
#834059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Hilola BMI

Erkin Vohidovday buyuk so‘z san’atkori vaqtning zalvorli g‘ildiragi ta’sirida

Erkin Vohidovday buyuk so‘z san’atkori vaqtning zalvorli g‘ildiragi ta’sirida

yo‘qlik olamiga jisman ketgan bo‘lsa-da, ammo uning ruhi yetuk ijod namunalari orqali asrlar osha xalqimizning, har bir muxlisining qalbidagi mustahkam o‘rni tufayli barhayotlik kasb etishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. Shoir butun umrini ijodga baxshida etdi, takrorlanmas san’at asarlari bilan o‘zbek adabiyotiga o‘ziningtengsiz hissasini qo‘shib bordi.

Shoirning istiqlol yillarida yaratgan she’rlari orasida hajviy mavzu alohida o‘rin tutadi. Shoirning “Donishqishloq latifalari” kabi turkum hajviy she’rlarida mustabid mafkuraning salbiy jihatlari yoritilgan bo‘lsa, so‘nggi davrdagi asarlarida ijtimoiy hayotda uchrab turadigan illatlar, inson atalmish murakkab tilsimning o‘zligi bilan bog‘liq muammolar aks ettirilganligining guvohi bo‘lish mumkin.

“Donishqishloq latifalari” turkumiga diqqat qilsangiz, uning kitobxon qah-qahasini jumbushga keltiradigan latifalardan iborat ekanligiga guvoh bo‘lasiz. Lekin har bir latifaning zamirida davrning ijtimoiy yutuq, kamchiliklari yumorga o‘rab beriladi. Shoirning o‘zi latifalar haqida shunday degan edi: “Donishqishloq latifalari”ni o‘qib hamma kuladi. Vaholanki, men ularni alam bilan yozganman. Matmusa tashqaridan qaraganda kulgu vositasi bo‘lsa ham, aslida matmusalar jamiyatimizning fojiasi edi”.

Haqiqatan ham, aql-idrokka zid, teskari ishlarimiz el boshiga kulfat va uqubatlar keltirib yotgani sir emas-ku. Hozirgi kunda ham “kosasi teskari qurilgan charxpalak”lar kammi? Bir pardani tutgancha qolavergan, bir hil ohangni qo‘ymay chalavergan Matmusalar ozmi? O‘zimiz yaratgan qoliplarni tandirday kiyib olib, yo‘lni ko‘rolmay, osmonga qaragancha ketayotgan hollarimiz yo‘qmi? Bular kulguli ishlar emas, achinarli hodisalardir.

Xalq og‘zaki ijodida hayotning og‘ir-yengilini, achchiq-chuchugini, yaxshi-yomonini, ezgu va noshud voqealarini, musbat va manfiy munosabatlarni ulug‘lovchi xalq kuychisi obrazi yaratilgan. O‘zbeklarda Afandi, qozoqlarda Aldarko‘sa, tojiklarda mulla Mushfiq, turkmanlarda Mirali kabi donolar obrazi xalq qiyofasini ifodalab kelgan. Erkin Vohidov o‘z hajviy lirikasida ana shu donishmand xalq obrazlari vakillarining zamonaviy tipi – Matmusa obrazini yaratgan.


Download 155,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish