Bitiruv malakaviy ish Mavzu: Erkin Vohidov lirikasi: badiiy mahorat va uslubiy individuallik


Turkiston bir, vatan bir. Bizga jondan azizroq



Download 155,32 Kb.
bet6/14
Sana21.07.2022
Hajmi155,32 Kb.
#834059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Hilola BMI

Turkiston bir, vatan bir.

Bizga jondan azizroq

Turkiston bir, vatan bir.

Al-Beruniy yodi bor,

Yassaviy faryodi bor,

Qoshg‘ariy ijodi bor,

Turkiston bir, Vatan bir.

Farobiy cholg‘usida

Navoiy orzusida,

Shoh Bobur qayg‘usida

Turkiston bir, vatan bir.

Yuqorida qayd qilgan mavzularni Erkin Vohidov mazmunan boyitib, lirik qahramon kechinmalari asosida parchalangan Turkistonning birligini, Vatanning ajralmas tarixi borligiga e’tibor qaratadi. Shuning uchun ham boshqa bir o‘rinda qayd etilganidek:

Yovlar pora qilgan tan,

Xomtalash bo‘lgan vatan.

Oh, bo‘lurmi qaytadan

Turkiston bir, Vatan bir...

misralarida lirik qahramonning qalb to‘la armonlari, umidlari mujassamlashgan.

II BOB. ERKIN VOHIDOV SHE’RIYATIDA SHAKLIY VA USLUBIY IZLANISHLAR 2.1. Shoir lirikasida hajviy talqin

O‘zbek she’riyatining zabardast vakili Erkin Vohidovning lirikada o‘ziga xos uslubi, o‘zi ochgan so‘qmog‘i, o‘zi kashf etgan dinamikasi bor. Shoirning jiddiylikka yo‘g‘rilgan she’rlari bilan bir qatorda hazil-mutoyiba, hajviya va yumor

bilan to‘yintirilgan betakror she’riyati ham o‘z o‘quvchilariga egadir.

Adabiyotshunos Matyoqub Qo‘shjonov hajviy, komik-yumoristik yo‘nalish haqida gapirar ekan, shunday deydi: “Yozuvchi hajvda har xil uslublardan foydalanishi mumkin. Shu asosda nuqson va kamchiliklarni, hayotda uchrab turadigan illatlarni qavartirib, ayrim joylarda oshirib tasvirlashi, zarur paytlarda noreal situatsiyalardan real xulosalar chiqarib, kamchiliklarni sog‘lom nuqtadan turib fosh qila bilishda, hayot bir daryo ekanligini, unga tushib qolgan ba’zi bir xas-cho‘plar, shox-shabbalar, shiddatli oqim natijasida paydo bo‘lgan yengil ko‘piklar uning tagli oqimiga putur yetkazishini anglagan holda ish tutishidadir”.

Erkin Vohidov shunday ish tuta olgan ijodkor sifatida o‘zining “Donishqishloq latifalari”, “Hajv daftari”, “Tabassum” rukni ostidagi ijod namunalarida komik-satirik detallar, belgi-chiziqlar topib ishlatganki, hayotning salbiy tomonlarini inkor etishda o‘ziga xos yumoristik galeriya yarata olgan. Birgina Matmusa obrazining o‘zi fikrimizning isbotidir. Ammo shoir kichik to‘rtliklari orqali ham yumor vositasida o‘z intellektual saviyasini namoyon qila olgan.


Download 155,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish