Bitiruv malakaviy ish Mavzu: Erkin Vohidov lirikasi: badiiy mahorat va uslubiy individuallik



Download 155,32 Kb.
bet9/14
Sana21.07.2022
Hajmi155,32 Kb.
#834059
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Hilola BMI

Umuman, ushbu turkumning o‘ziga xos jihati shundaki, undagi she’rlarning yagona qahramoni – Matmusaning mavjudligi, yagona makon – Donishqishloqdagi hangomalar aks ettirilganligi, yagona zamon, ya’ni Matmusa yashayotgan zamon tasvirlanganligi, she’rlarning hammasi hajviy usulda yozilganligi, g‘oyaviy-mavzuviy jihatdan umumiy mazmunni, ya’ni Matmusa bilan bog‘liq latifalar tasviriga bag‘ishlanganligi, she’rlardagi yaxlit tasvir noma’lum, ya’ni hayotda borligi gumon bo‘lgan makon bo‘lsa-da, badiiy to‘qima uchun o‘rinli bo‘lgan shartli-kinoyaviy nomlangan Donishqishloq tushunchasining mavjudligidir.

Erkin Vohidovning “Bizlar arra tortmoqdamiz” nomli satirik ruhdagi she’rida o‘zi o‘tirgan shoxni arralayotgan kishilar obrazi tasvirlangan:

Bizlar arra tortmoqdamiz,

Arramizning tishi yo‘q.

Nega arrang tishi yo‘q, deb

So‘raydigan kishi yo‘q.

Yuqoridagi bandda jamiyatdagi loqaydlik va o‘z xohishiga qarshi ish qilayotgan, undan ham aniqrog‘i, o‘zi yashayotgan jamiyati tanazzuliga xizmat qiluvchi vazifa bajarayotgan insonlarning faoliyati nazarda tutilmoqda. Shu tanazzulda o‘zlari ham barbod bo‘lishini bilgan kimsalar tishsiz arra bilan o‘z ishlarini bajarmoqdalar:

Chunki bizlar anoyimas,

Pishib ketgan ko‘zimiz.

Arra tushgan o‘sha shoxda

O‘ltiribmiz o‘zimiz.

Lekin bu holatda tishsiz arra orqali vaqtni cho‘zishga erishish va o‘zlarini qutqargani keladigan biror qahramondan umidvorlik ma’nosi ham yo‘q emas.

Erkin Vohidovning “Majlis qiling” she’rida vaqtni behudaga sarflab majlisbozlik qilish holati hajv qilinadi. Shoir bunday holatga munosabat bildirar ekan, har bir band yakunida “majlis qiling!” degan kinoyali murojaatni keltiradi. Xalq dardini eshitish, unga chora toppish o‘rniga quruq safsata sotib, majlis o‘tkazishdan boshqasiga yaramaydigan boshliqlarga kinoyali xitob she’rdagi satirik pafosni yuzaga keltirgan badiiy tasvir usulidir:

Vaqtingiz bo‘sh bo‘lsa ham,

Bo‘sh bo‘lmasa, majlis qiling,


Download 155,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish