Fitotsenozlarning shakllanishi



Download 58,29 Kb.
bet11/11
Sana06.01.2022
Hajmi58,29 Kb.
#323409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
FITOTSENOZLARNING SHAKLLANISHI

Fitotsenozning tasnifi
Yer yuzida tarqalgan o‘simliklar jamoasida juda ko‘plab turlar uchrab, tur tarkibiga ko‘ra jamoalar bir-biridan farq qilish bilan birga, ma’lum darajada bir-biriga o‘xshaydi. Shuning uchun ham ularni bir-biridan ajratish uchun alohida birliklar qabul qilingan. O‘simliklar jamoasini — fitotsenozni tasniflashda V.N.Sukachev (1928) taklif etgan sistematik birlikdan foydalanish mumkin.
Fitotsenozning o‘simliklari bir xil bo‘lgan hamma qismlari birgalikda assotsiatsiyani (qavm) tashkil qiladi. Fitotsenoz bilan assotsiatsiya o‘rtasidagi farq xuddi o‘simlik tushunchasi bilan tur tushunchalarining farqiga o‘xshaydi.
Fitotsenoz o‘simlik tushunchasi singari umumiy, assotsiatsiya esa turga o‘xshash aniq tushunchadir. Ya’ni assotsiatsiya fitotsenozning alohida olingan, aniq holati. Tur — o‘simliklar sistematikasida eng kichik asosiy birlik, turlar yig‘indisi florani tashkil etadi.
Assotsiatsiya esa fitotsenologiyadagi asosiy birlik bo‘lib, ularning yig‘indisi o‘simliklar qoplamini, o‘simliklar olamini tashkil etadi. Tur flora evolyutsiyasining bosqichi hisoblanadi. Assotsiatsiya esa o‘simliklar olami taraqqiyotining olamidir.
Fitotsenozni xarakterlovchi bir necha belgilar assotsiatsiya uchun ham xarakterlidir. Assotsiatsiyalar floristik tarkibiga ko‘ra hamda undagi edifikator turlariga qarab bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham geobotanikada eng asosiy kichik sistematik birlik assotsiatsiyadir. Aniq bir kichik maydondagi assotsiatsiya, Sukachev ta’rificha bir xil tarkibga, tuzilishga, munosabatga o‘xshash sinuziyaga ega bo‘lgan o‘simliklar turlaridan tashkil topgan, deyarli bir xil yashash sharoitga, tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan to‘da turlarning qavm bo‘lib yashashiga aytiladi.
Har qanday assotsiatsiya tashqi muhit va tuproq tarkibi bilan doimiy aloqada bo‘lib turadi.
Assotsiatsiyalarni bir-biridan farqlashda subdominant turlar etiborga olinadi. O‘simliklar sistematikasida tur lotin tilida qo‘sh nom bilan ataladi. Geobotanikada ham assotsiatsiyani nomlashda shu usuldan foydalaniladi. Assotsiatsiya edifikator va sub edifikator turlar nomi bilan ataladi. Masalan, assotsiatsiyada jusan edifikator, qo‘ng‘irbosh subedifikator bo‘lganda lotin tilida yozilishda avval sub edifikator tur keyin oxirida edifikator tur yoziladi. Edifikator turnng oxirgi qo‘shimchasi tushib qoldirilib, o‘rniga «etum» qo‘shiladi, subdominant turga esa «osum» qo‘shiladi. Masalan, lotin tilida yozganda Poa bulbosum – Artemisia diffetum bo‘lib, bunda jusan dominant ekanligi bilinadi.
Ba’zan ba’zi bir assotsiatsiyalarni bir nechta o‘simlik nomi bilan (3, 4, 5) ataladi. Bu o‘simliklarning pog‘onalik darajasiga bog‘liq. Bunda birinchi pog‘onada siyrak daraxtlar, ikkinchi pog‘onada siyrak butalar, uchinchi pog‘onada o‘tlar yoki efemer turlar bo‘lishi mumkin. Bunday assotsiatsiyalarni murakkab tartibli assotsiatsiya deb yuritiladi. Bunda bir xil pog‘onadagi dominant va sub dominant turlar (+) plyus belgisi bilan, har xil yarusda uchraganlari esa (-) minus belgisi bilan ifodalanadi. O‘xshash assotsiatsiyalarning yig‘indisi bir oz yirik sistematik birlik assotsiatsiya gruppasiga birikadi. Misol uchun Hisor tog‘ining shimoli-g‘arbida shuvoqli archazorlar, butali archazorlar, o‘tli archazorlar gruppasi mavjud.

Asosiy edifikatorlari va sub edifikatorlari bir xil bo‘lgan assotsiatsiyalar gruppasi birlashib formatsiya (jamoani) tashkil etadi. Formatsiya lotincha-hosil bo‘lish, shakllanish degan ma’noni bildirib, o‘simliklar olamidagi, taksonomik natijadir. U dominant turlari bir-biriga o‘xshash bo‘lgan assotsiatsiyalar yig‘indisidan iborat. Yuqoridagi misolda ko‘rsatilganidek Zarafshon archasi tarqalgan maydonlardagi assotsiatsiyalar qora archa formatsiyasini tashkil qiladi. Formatsiyani nomlashda, shu formatsiyadagi edifikator tur nomi qo‘llaniladi. Misol uchun qora archazorlar formatsiyasi, shuvoqzor formatsiyasi, bug‘doyiqzorlar formatsiyasi, yantoqzorlar formatsiyasi kabilar.


Formatsiyada uchraydigan dominantlarning hayotiy shakllari bir xil bo‘lsa bular bitta formatsiya gruppasiga birikadi. Bular, asosan, daraxt va butalar mavjud bo‘lgan formatsiyada juda yaxshi namoyon bo‘ladi.
Bundan tashqari formatsiya sinfi degan tushuncha ham bo‘lib, bular dominantlari bir-biriga yaqin bo‘lgan hayotiy shaklga ega turlardan tashkil topgan formatsiyalar gruppasining yig‘indisidir. O‘zbekiston sharoitida uchraydigan bargini to‘kadigan o‘rmonlar formatsiyasi sinfi, nina bargli o‘rmonlar formatsiyasi sinfi kabilar mavjud.
Fitotsenologiyada formatsiya sinflarga birikib eng katta taksonomik birlik — tipni tashkil etadi. Tip — grekcha tipos — iz, qiyofa degan ma’noni anglatib, eng yirik taksonomik kategoriyadir. O‘simlik tiplari ekologik va ekomorfologiya belgilariga qarab guruhlarga ajratiladi. Ye.P.Korovin «O‘rta Osiyo va janubiy Qozog‘iston o‘simliklari olami» nomli yirik asarida shu hudud o‘simliklar qoplamini 6 ta tip gruppasiga birlashgan 21 ta tipga bo‘ladi.
O‘simlik tiplarini atashda joyning geografik holati ham inobatga olinadi. Misol uchun cho‘l o‘simliklari tipi, dasht mintaqasi o‘simliklari tipi, tog‘-o‘rmon o‘simliklari tipi, archazorlar tipi, to‘qaylar tipi.
Yuqorida aytib o‘tilgan, geobotanik birliklar orqali o‘simliklar qoplami o‘rganilib, o‘zbek tilida tushunarli bo‘lishi uchun tip oxiriga «lari», formatsiya oxiriga «zor», assotsiatsiya oxiriga «lar» qo‘shimchalarini qo‘shib atash va yozish maqsadida muvofiqdir. Masalan, efemer o‘simliklari tipi, shuvoqli archazor formatsiyasi, efemer bug‘doyiqlar assotsiatsiyasi.

Adabiyotlar

1. Butnik A.A., Nigmanova R., Payziyeva S.A., Saidov D.K. «Ekologicheskaya anatomiya pustыnnыx rasteniy». Iz. «FAN», Tashkent, 1991. S. 147

2. Vasilev A.Ye., Voronin N.S., Yelenevskiy A.G., Serebryakova T.I., Shorina N.I. «Botanik morfologiya i anatomiya rasteniy». Iz. prosveщeniye. Moskva. 1988. s. 480.

3. Vexov V.N., Lotova P.I., Filin V.R. «Praktikum po anatomii i morfologii rasteniy». Iz. MGU. Moskva. 1980. S.190.

4. Voronin N.S. «Rukovodstvo k laboratornыm zanyatiyam po anatomii i morfologii rasteniy». Moskva. Iz. Prosveщeniye. 1981. S.154.

5. Jizn rasteniy. Tom I. 1974. Iz. Prosveщeniye. S. 487.

6. Grin N., Staut U., Teylor D. «Biologiya». Iz. Mir. Moskva. 1990. S.368.

7. Reyvn P., Evert R., Aykxorn S. «Sovremennaya botanika» Iz. Mir. Moskva. 1990. S. 347.

8. Xrjanovskiy V.G. «Kurs obщey botaniki» Iz. Vыsshaya shkola Moskva. 1976. s. 272.

9. Esau K. «Anatomiya rasteniy». Iz. Mir. Moskva. 1969. S. 564.

10. Ezau K. «Anatomiya semennыx rasteniy». T. I, 2. Iz. Mir. Moskva. 1980. S.218.



11. Yakovlev G.P., Chelembitko V.A. “Botanika”. Iz. Vыsshaya shkola, Moskva. 1990. S.367.
Download 58,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish